Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini


II. Diqqatning fiziologik asoslari



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə2/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

II. Diqqatning fiziologik asoslari.

Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po’sti qismidagi «optimal qo’zg’alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib ko’rsatish uchun I. P. Pavlov shunday tasvirlaydi:

«Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi yiltillab ko’rinadigan bo’lsa edi, ongi sog’lom bo’lib, bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g’alati jimjimador forma bo’lib, surati va hajmi har lahzada bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug’ narsaning u yoqdan-bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa erlari birmuncha xira tortib turganini ko’rar edi». (Polnoe sobranie sochineniy, III tom, 1-kitob, 248-bet).

Optimal qo’zg’alish nuqtasi manfiy induktsiya qonuniga ko’ra, bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi.

«Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida, – deydi I. P. Pavlov, – yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil bo’ladi va differentsirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib, optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim shar­larining ijodga layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’dagi funktsiyasi, juda nari borganda, tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb ataydigan sub’ektiv faoliyatdan iboratdir»1.(O’sha kitob, 277-278 bet). Bosh miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta’sir qiluvchi qo’zg’ovchilar idrok va tasavvurning yorqin obrazlarini tug’dira olmaydi.

Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə