Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini


Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustah



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə4/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo’lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.

Xotiraning ayrim jarayonlarini – esda olib qolish, es­da saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ko’rib chiqaylik.



esda olib qolish

Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron nar­sa haqida o’ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda olib qolamiz.

Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po’stida idrok qilinayotgan narsalarning–buyum, surat, so’z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo’lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o’rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o’rtasida bog’lanish vujudga kelishidan iboratdir.

Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stida yangi muvaqqat nerv bog’lanishlari hosil bo’lishidan ibo­ratdir.

Esda olib qolishning tezligi, to’laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil bo’lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning tezligi, to’laligi va aniqligiga, shuningdek nechog’li tez yoki sekin unutilishiga qarab aniqlanadi. Tez, to’la va aniq esga tushirish va tezda unutib qo’ymaslik esda qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir.



Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam bo’lish-bo’lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi yoki sira unutilmaydi.

Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nimaga bog’liq degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Xotiraning sifatini belgilovchi shartlarni bilish pedagogika uchun amaliy ahamiyatga ega, chunki bu shartlarni bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq uchun nimalar qilish va nimalarni hisobga olish kerak ekani ma’lum bo’ladi.

Turmushdagi kuzatishlar pedagogik amaliy va mahsus eksperimental tekshirishlar ko’rsatishcha, esda qoldirishning sifatlari – uning tezligi, to’laligi, aniqligi va puxtaligi, birinchidan, esda qoldirish xillariga, ikkinchidan, esda olib qolinayotgan materialga kishining (shaxsning) munosabatiga va uchinchidan, esda qoldirish uchun qo’llanilgan mahsus metodik usul va priyomlarga bog’liq bo’lar ekan.

Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə