Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini


Tafakkur – voqelikning umumlashtirib aks ettirili



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə14/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

Tafakkur – voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim-ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to’g’risida, umuman mebel va umuman narsa to’g’risida esa fikrlashimiz mumkin. Umumiylash natijasida bir hukmning o’zida ayni vaqtda yakka bir narsa to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, bal­ki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkimi to’g’risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan «O’zbekistonning fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan, balki O’zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.

Narsa yoki hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko’raylik. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, uning taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasavvur qilishimiz mumkin. Lekin biz bunda hodisalarning ma’lum vaqt ichida birin-ketin sodir bo’lishini idrok qilamiz, xolos, ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodisalarning bir-biriga qonuniy bog’lanishidagi chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi. Biz hodisalarning birin-ketin o’tayotganliginigina qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo’lgani uchun ikkinchi hodisa ro’y beradi, undan keyingi hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldingi hodisa ro’y berganligi uchun (qalam stolga urilganligi uchun) sodir bo’ldi, deb aniq qilib aytamiz va oldingi hodisaning ro’y berganligi keyin shu hodisani muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz. Bu hodisalarda ularning ma’lum bir vaqt ichida birin-ke­tin sodir bo’lganligini idrok qilganimizdan tashqari, ular o’rtasida sabab-natija bog’lanishi, ya’ni qonuniy bog’lanish bor, deb aniq qilib aytamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.


  • «Pedagogika va psixologiya» fanidan ma’ruzalar matni.

  • Umumiy psixologiya. T. Ukituvchi, 1992

  • Islom Karimov. Uzbekiston XX1 asrga intilmokda. T. Uzbekiston,  1999.

  • www.referat.ru

  • www.ref.uz

  • www.google.com.uz

Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə