Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini



Yüklə 90,98 Kb.
səhifə12/14
tarix11.01.2022
ölçüsü90,98 Kb.
#82802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Psixik jarayonlar Diqqat va Xotira sezgi idrok ong tafakkur xayol

tafakkur haqida umumiy tushuncha

Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak formasidir. Tafakkur atrofidagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.

Tafakkur jarayonida fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafak­kur nutq – til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafak­kur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o’z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ra­vishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.

Sezgi va idroklarga, xotira va tasavvurlarga nisbatan tafakkur odamlarning bilish va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega.

Chunonchi, kishi fikr qilish faoliyati jarayonida o’z idroki, tasavvuri va fikrlarining to’g’riligini, aniqligini va haqiqiyligini belgilab oladi shularning voqelikka muvofiqmi yoki muvofiq emasligini belgilab oladi.

Masalan, biz quyoshning har kun sharqdan chiqib, g’arbga botayotganligini hammamiz ko’ramiz (idrok qilamiz). Biz Erning qimirlamay turganligini, quyosh esa er atrofida aylanayotganligini ko’ramiz. Ko’p asrlar davomida juda ko’p kishilarning qilgan fikriy faoliyati natijasidagina, uzoq davom qilgan kuzatishlar va tadqiqotlar natijasidagina xaqiqatda quyosh er atrofida aylanmasdan, balki er o’z o’qi atrofida va quyosh atrofida aylanayotganligi aniqlandi. Demak, quyoshning harakati to’g’risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka, haqiqat holga to’g’ri kelmas ekan, voqelikning to’g’ri aks etishi, ya’ni haqiqat hol - bunda tafak­kur yordami bilan aniqlandi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlaridagi hosil bo’lgan hukmlar va tushunchalar ularning chinligini yoki chin emasligini aniqlashda ifodalanadi.


Yüklə 90,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə