Bino va inshootlarni loyihalash



Yüklə 451,98 Kb.
səhifə4/7
tarix15.02.2023
ölçüsü451,98 Kb.
#100849
1   2   3   4   5   6   7
Tushuntirish xati











6. P A R D A D EV O R L A R


Pardadevorlar ichki vertikal to'sib turuvchi konstruksiya ҳisoblanib, bir xonani ikkinchi xonadan ajratib turadi. Pardadevorlar o'z og'irligini yopmalarga yoki gruntga qurilgan pol zaminiga uzatadi. Pardadevorlar o'rnatilgandan keyin hamma choklarini shpaklevka qilish kerak va hamma yog'och elementlarni antipiren bilan to'ydirish lozim. Loyihalanayotgan bino g'ishtli qalinligi 120 mm va gips kartonli pardadevorlardan iborat. Parda devorlarni o‘rnatishda ularning tovush o‘tkazmaslik xususiyatlarini yaxshilash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Birinchidan, parda devorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri toza pol satxiga hamda pol lagasi ustiga o‘rnatilmasligi kerak. Ular to‘sinlar ustiga yoki temir-beton ora yopma plitalari ustiga o‘rnatiladi.
Bunda devor ostiga qorishma to‘shaladi. Polning parda devorga tutashgan joylariga xam tovush o‘tkazishini kamaytirish uchun yumshoq to‘shama qatlami to‘shaladi. Parda devorlarning o‘zaro yoki asosiy devorlar bilan tutashtirilgan joylari zich birikkan bo‘lishiga jiddiy e’tibor beriladi. Buning uchun yoriqlarga kanop tolalari tiqilib, ustidan loy bilan suvaladi. Parda devorlar shiftdan 10-15 mm
pastroq qilinadi, hosil bo‘lgan yoriqlarga kanop tolasi tiqilib, ustidan 25-30 mm qalinlikda loy surtib chiqiladi. Parda devorlarni shiftga qotirish uchun ora yopma plitalari orasiga
kiritiladigan maxsus xalqalardan yoki po‘lat plastinkalardan foydalaniladi. Shu maqsadda plitaning shift qismida bolg‘alar bilan chuqurligi 10-15 mm bo‘lgan o‘yiqlar, plastinalarni o‘rnatish uchun panel karkasining yuqori reykasiga mix yoki shuruplar yordamida qotiriladi.
Shu uchun bilan parda devorlarning har bir tomoni 2-3 joyidan shiftga yoki devorga qotiriladi. Agar parda devor o‘rtasi ora yopma plitalari orasidagi chokka to‘g‘ri kelsa, u xolda po‘lat simlarning bir uchi parda devordagi ko‘tarish xalqasiga bog‘lanib, ikkinchi uchi ora yopma plitasi orasidan yuqoriga o‘tkaziladi va ankerlar bilan qotiriladi. Agar parda devorlar progon to‘sinining ikki tomoniga po‘lat plastinalarni o‘rnashtirilib, plastinalar boltlar yordamida tortib qo‘yiladi. Ko‘pchilik xollarda binokorlik to‘pponchalari yordamida platsinalarni shiftga yoki devor konstruksiyasiga qotirish usullari ham qo‘llaniladi.

Yüklə 451,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə