Bino va inshootlarni loyihalash


HAJMIY - TARXIY YECHIMLAR



Yüklə 451,98 Kb.
səhifə3/7
tarix15.02.2023
ölçüsü451,98 Kb.
#100849
1   2   3   4   5   6   7
Tushuntirish xati

3.HAJMIY - TARXIY YECHIMLAR


Yangiyer shahrida atelye binosi 2 qavatdan iborat.
Shartli belgi (otmetka) sifatida 1-qavat toza polining sathi 0,000 qabul qilingan. Hajmiy-tarxiy yechimlar asosida imoratning o'lchamlari va shakli qabul qilinadi. « Atelye binosi »ning tarxdagi o’lchamlari 1-10 o’qlari bo’yicha 45.5 m., 1-2 o'qlari bo'yicha 3 m, 2-3 o’qlari bo’yida 6 m va umumiy balandligi pol sathidan 6.6 m ni tashkil etadi. 1-qavat balandligi – 3.3 m., 2-qavat balandligi ham 3.3 m. « Atelye » ning konstruktiv sxemasida yuk ko'taruvchi devorlar bo'ylama joylashgan.
« Atelye binosi» ning konstruktiv yechimlariga, materiallariga va binoni pardozlashga qo'yiladigan talablar:
-binoning intereri va tashqi pardozini yechishda, binoning uzoq xizmat qilishini, yong’inga va sanitariya talablariga javob beruvchi zamonaviy pardozlash materiallari va ashyolarini ishlatish kerak.



4.P O Y D E V O R L A R


Poydevorlar - yer osti konstruksiyalari bo’lib, o’zidan yuqorida turgan konstruksiyalar og’irliklarini qabul qilib, gruntlarga uzatib beruvchi konstruksiyalardir. Poydevorga yuqoridan devor va ustunlarning xususiy og’irligi, pastdan esa zaminning teskari bosimi ta’sir etadi. Loyihalanayotgan binoning poydevorlari yuk ko’taruvchi g’ishtli devorlar tagida V20 (M250) sinfli portlandsementda tayyorlangan o’zaro kesishuvchan monolit temir-beton lentasimon, ustunlar ostida esa, ustunsimon qilib loyihalangan bo’lib, tagini (podoshva) balandligi 400 mm dan iborat. Poydevor Ø16A-III, Ø 8A-I, S1, S2, S16 (RSTUz86598) to'rlari bilan o'zaklanadi va V20 sinfli betondan tayyorlanadi. Betonlashda qo'l bilan vibrator yordamida uzluksiz ravishda betonni zichlash kerak. Poydevorlarni gruntlarga o'rnatishdan avval quyidagi tayyorgarlik choralarini ko’rish zarur. Kotlovan qazib, o'simlik qatlami, hamda sochiluvchan grunt qatlamini olib, qurilish maydonchasidan tashqariga olib borib tashlash kerak. Bino perimetri bo'yicha asfalt beton otmostka shag'al asosga kengligi 0,9 m. qalinligi, t q 100mm qilib loyihalangan.
5.D E V O R L A R
Devor konstruksiyalarini tanlash, binolarni loyihalashda eng asosiy masalalardan biridir. Chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muhim qismini tashkil etadi. Binoning mustahkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshqa konstruksiyalar bilan bog’lanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatatsiya qilish shart – sharoitlariga bog'liq. «Seksiyali turar joy binosi»ning to'sib turuvchi konstruksiyalari sifatida qishtli devorlar ishlatiladi. G’ishtli devorlar qalinligi 380 mm bo'lib, M75 markali g'ishtdan M50 qorishmada tayyorlanadi. G’ishtin terimlar to'rlar bilan armaturalangan bo'lib, qadami 675 mm. ni tashkil qiladi. G’ishtin terimlar shtukaturkalar bilan suvoq qilinadi, hamda tarzda ishlatiladigan bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Devorning qalin va yupqa, yigʻma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari boʻladi. Har qanday devor tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va boshqalar) suvab qoʻyiladi. devor koʻzli (deraza va eshik oʻrinlari tashlab ketilgan) va koʻzsiz yoki yaxlit boʻladi; biror narsaning (oshqozonning, dvigatelnuing) atrofini oʻrab olgan yoki boʻlimlarga ajratgan qismi (oshqozon devori, silindr devori); biror yerni (masalan, hovlini), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turgan gʻov, toʻsiq; paxsa, shox-shabba, taxta, temir-beton, gʻishtdan qilinishi mumkin; qalʼa, qoʻrgʻon, shahar va hatto biror davlatni oʻrab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot. Masalan, XV asrda Toshkent bir necha darvozali keng paxsa devor bilan oʻralgan. XIX asr oʻrtalarida Toshkent beklarbegisi taʼmirlattirgan devorning 12 darvozasi va 2 qofqasi (oʻrtacha eshigi) boʻlgan.


Yüklə 451,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə