Bino va inshootlarni loyihalash



Yüklə 451,98 Kb.
səhifə5/7
tarix15.02.2023
ölçüsü451,98 Kb.
#100849
1   2   3   4   5   6   7
Tushuntirish xati

7.Z I N A L A R


Zinalar qavatlar orasidagi aloqani amalga oshirishga xizmat qiluvchi


asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalardir, bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yong’in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish xizmatini bajarishi kerak. Loyihalanayotgan « Bekobod tuman xokimyati binosi »ning zinalari temir-betondan iborat bo'lib, o'zaklar va to'rlar bilan armaturalangan.





      1. P O L L A R


Bino polixonalarga qarab turlicha bo'lishi mumkin. Loyihada bino xonalar raqamlariga mos ravishda polning turlari va maydoni qabul qilingan. Labaratoriya fizika, hojatxonalarda pollar 30x30sm o'lchamdagi keramik plitkalardan qilingan. Bunday pollarni qilishda zichlangan grunt 80 mm ustiga sinfi V 7,5 bo'lgan beton qatlami 100 mm to'shaladi. Keyin ikki qavat ruberoid to'shaladi, ustiga esa M150 bo’lgan qalinligi 50 mm sement qumli suvoq va 50 mm M150 bo’lgan sement qumli suvoq bilan keramik plitkalar teriladi.
Karidor va vestibyullar mozaika pollardan tashkil topgan. Bunday pollarni qilishda zichlangan grunt 80 mm ustiga sinfi V 7,5 bo’lgan beton qatlami 100 mm to’shaladi. Xonalarga esa ora yopma plitasiga, keyin ikki qavat ruberoid to’shaladi, ustiga esa M150 bo’lgan qalinligi 20 mm sement qumli suvoq qilinadi. Ustiga qalinligi 5mm sintafan uning ustiga 8mm tarket yetkiziladi.


      1. QAVATLARARO YOPMALAR


Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko'taruvchi va to'sib turuvchi gorizontal konstruksiyalar bo’lib, binoning balandligi bo’yicha qavatlarga bo’lib turadi. Qavatlararo yopmalar o’zining xususiy og’irligini, vertikal to’sib turuvchi konstruksiyalar yukini, undan tashqari, intererda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko’tarib bu yuklarni binoning yuk ko’taruvchi devoriga uzatib beradi.
Qavatlararo yopmalar ovoz izolyatsiyasi va issiqlik izolyatsiyalarini ta’minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimligi, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko’ra bino devorlari kabi muhim va ma’suliyatli konstruksiya hisoblanadi. Loyihalanayotgan « Bekobod tuman hokimyati binosi » ning qavatlararo yopmalar konstruksiyalari temirbetondan yig'ma usulda yaratiladi. Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220 mm.




Yüklə 451,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə