Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə44/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga javob.Rasmga izoh.

Dastlab aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holga keladi va t-RNKlar yordamida ribosomalarga tashib keltiriladi. oqsil to‗g‗risidagi axborot DNK molekulasidan i-RNKlar yordamida ko‗chirib olinadi va ribo-somaga beriladi. Demak, DNKning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi DNK molekulasidagi nuk-leotidlar ketma-ketligiga mos (komplementar)

Barcha imtihon javoblari tekin! Faqat bizning telegram kanal @UzBMBA
bo‗ladi. oqsil sintezi transkripsiya va translyatsiya bosqichlarda amalga oshadi. DNKdagi oqsil to‗g‗risidagi axborotni i-RNKga ko‗chi rib o‗tilgandek yozili shiga transkripsiya deyiladi. Transkripsiya yadroda kechadi. I-RNKdagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar ko‗rinishida namoyon bo‗lishiga translyatsiyadeyiladi. Translyatsiya jarayoni ribosomada kechadi. Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va i-RNKdan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo‗ladi. Ribosoma i-RNK bo‗ylab harakat qiladi va polipeptid zanjirning hosil bo‗lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomaga ketma-ket ravishda aminokislotalar kelib qo‗shiladi. Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini t-RNK belgilaydi. oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptid zanjir ribosomadan ajraladi. Ribosoma va i- RNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin.

  1. savolga ja:vob

Kerakli jihozlar. Probirka, suv, yod, don maysasi. Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi.
Amilaza fermenti unayotgan donlarning tarkibida va odam so‗lagida ko‗p bo‗ladi. Shuning uchun ferment shirasini unayotgan don maysalaridan (sumalakni eslang) yoki so‗lakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun og‗izni bir-ikki ho‗plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so‗ng bir ho‗plam suvni 2–3 daqiqa davomida og‗izda ushlab turiladi va bo‗sh stakanga solinadi. Shu yo‗l bilan tayyorlangan so‗lak eritmasi amilaza fermenti shirasi hisoblanadi. Тajriba uchun yana yodning 1 % li va kraxmalning 0,5 % li eritmasi tayyorlanadi.
Ishning borishi. 1. Ikkita quruq probirka olamiz. 2. Birinchi probir kaga 1–2 ml suv va 1–2 ml kraxmal eritmasi quyi ladi va yaxshilab aralashtiriladi. uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. ko‗k rang hosil bo‗ladi. 3.
Ikkinchi probirkaga 1–2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1–2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o‗tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko‗k rang emas, balki qizg‗ish yoki sariq rang paydo bo‗ladi. Bu kraxmalni ferment ta‘sirida parchalanganidan darak beradi.



    1. Yüklə 1,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə