Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə42/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga javQoablq.onsimon bez ichki sekretsiya bezlari ichida eng yirik bezdir. Massasi 5-10 yoshli bolalarda 10 g, katta yoshdagi odamlarda 25—30 g keladi. Qalqonsimon bez bo'yinning oldingi qismida joylashgan bo'lib, hiqildoqni oldingi va ikki yondan yopib turadi. Bez chap va o‗ng bo‗laklardan iborat bo'lib, juda ko‗p qon va limfa tomirlari hamda nervlar bilan ta‘minlangan. Qalqonsimon bez gormoni tiroksin tarkibida yod moddasi ko‗p bo‗ladi. Tiroksin organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‗zg‗alishlarini kuchaytirish xususiyatiga ega. Bu gormonning yetishmasligi yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda og‗ir xastaliklarni paydo qiladi. Tiroksin yetishmaganida yosh bolalarning o‗sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashib, kretinizm xastaligi paydo bo‗ladi. Katta yoshdagi


Barcha imtihon javoblari tekin! Faqat bizning telegram kanal @UzBMBA
odamlarda bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi miksedemani paydo qiladi. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‗zg‗alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Ayrim hududlarda suv tarkibida yod yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez yiriklashib, bo‗yinda shish paydo
bo‗ladi. Endemik buqoq deb ataladigan bu kasallikning oldini olish uchun osh tuziga yod qo‗shib,
ishlov beriladi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayib, tiroksin gormoni ortiqcha ishlab chiqarilganida organizmda
moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasi qo‗zg‗aluvchanligi ortadi va kishi ozib ketadi. Bazedov ka salligi deb ataladigan bu xastalikda ko‗pincha kasal odammng ko‗zlari notabiiy chaqchaygan bo‗ladi Kasallikni davolashda qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi. Ba‘zan bezning bir qismi olib tashlanadi.Qizlar balog‗atga yetishi davrida qalqonsimon bez funksiyasi birmuncha kuchayib, tireo to ksiko zxastaligining yengil alomatlari: tez jahl chiqishi, uyqusizlik, ishtahaning pasayishi, terlash paydo bolishi mumkin.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə