Biologiya fakulteti Biologiya ( turlari bo'yicha) yo'nalishi 3- kurs 303-guruh O’simlik Fiziologiyasi fani Muxtorova Diloromning tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 276,62 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü276,62 Kb.
#137215
1   2   3   4
O\'SIMLIKLARNING HARAKATI

Tropizmlar. Tropizm harakatini o‘simliklarga bir tomonlama ta’sir qiladigan tashqi sharoit omillari vujudga keltiradi. Tropizm grekcha so‘z bo‘lib, («tropos») burilish ma’nosini bildiradi. Tabiatda tropizm harakatlariga ko‘plab misol keltirish mumkin. Ularning asosiy sababi shundaki poya, ildiz va barg o‘suvchi qismlarining bir tomonidagi hujayralar tezroq cho‘ziladi va o‘sadi. Hujayralarning bunday tez o‘sishiga fitogormonlar (ISK, ABK) sababchi bo‘ladi. Bu o‘stiruvchi moddalar ishtirokida o‘suvchi organning tezroq o‘sgan tomoni tashqariga qarab qubbasimon bo‘lib chiqadi, o‘sish sekinlashgan tomoni ichiga qarab bukiladi va o‘simlik organi o‘sish sekinlashgan tomonga egiladi. Tropizmlar musbat va manfiy bo‘ladi. Ta’sir etuvchi manbaga qarab yo‘nalgan harakatga musbat, manbadan qochuvchi harakatga manfiy deyiladi.
Geotropizm – o‘simliklarning yerning tortish kuchiga asosan o‘sish harakatidir. Ya’ni urug‘ yerga qanday tushishidan qat’iy nazar uning poyasi yer o‘stiga ildizi pastga qarab o‘sadi. Bunda pastga qarab o‘sadigan ildizlarda musbat geotropizm, yuqoriga qarab o‘sadigan poyada manfiy geotropizm mavjud. Shu tufayli ildiz tuproq ichiga kirib undan suv va oziqa moddalarni suradi, poyasi esa yer o‘stiga chiqadi va barglari yordamida yorug‘lik energiyasidan foydalanadi. Organlarning gorizontga nisbatan o‘sishi muhim biologik moslashuv bo‘lib, o‘simlikning butun hayoti davomida saqlanadi. Agar o‘simliklar biror tashqi ta’sirdan egilsa yoki yotib qolsa, ularning yosh o‘suvchi organlari yana tik bo‘lib o‘sadi. Bu ularning o‘sish jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, no‘xat o‘simtasini gorizontal holatga qoysak, bir necha soatdan so‘ng uning poyasi yuqoriga, ildizi pastga qarab egiladi.
Geotropizm hodisasi
Fototropizm deb o‘simliklarning yorug‘lik energiyasining yo‘nalishiga qarab burilish qobiliyatiga aytiladi. Yosh o‘simliklar va ularning o‘sish qismlari yorug‘lik manbasi tomonga qarab buriladi. Bunday harakat musbat fototropizm deyiladi. Bunday fototropizmni uylarda o‘stiriluvchi o‘simliklarda yaqqol kuzatish mumkin. O‘simlik o‘stirilgan tuvaklar derazaga yaqinroq joyda saqlansa, o‘simlik yorug‘lik tushgan tomonga egiladi. Yorug‘lik manbaidan teskari tomonga qarab egilish manfiy fototropizm deyiladi.
Uzoq muddatli tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yorug'lik manbasiga (ijobiy fototropizm) og'adigan o'simlik organlariga yosh kurtaklar va barglar kiradi. Nur ildiz o'sishi yo'nalishiga ta'sir qiladi. O'simliklarning germinal ildizlari, paychalari, gipokotillari va o'simliklarning boshqa qismlari salbiy fototropikdir.
Tigmotropizm. Bu o‘simliklarga tekgandagi javob reaksiyalari bo‘lib o‘sish davomida buralishlar yuz berishi bo‘lib, ayrim hollarda giptotropizm ham deyiladi. Masalan, koleoptileyning tigmotropik harakatlari, devorlar va daraxtlarga o‘rmalab o‘suvchi ayrim o‘simliklarning gajaklari, havo ildizlarining uchki qismlari va ko‘pchilik o‘simliklardagi barglar qandlarining buralishlari.
Elektrotropizm (galvanotropizm). Ushbu holat o‘simlik orqali elektr toki yuborganda yoki o‘simlikning organlarini elektr maydoniga joylashtirganda sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, koleoptilning apikal zonasi bo‘ylab 2 daqiqa davomida 20 mkA tok yuborilsa uning egilishi kuzatiladi. Shuningdek maysalarni yuqori kuchlanishli (1 sm yuzaga nisbatan yuzlab volt kuchlanish) kondensator plastinkalari orasida joylashtilsa novda musbat zaryadga, ildiz esa manfiy zaryadlangan plastinkalar tomonga bo‘riladi.

Yüklə 276,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə