Biologiya fakulteti Biologiya ( turlari bo'yicha) yo'nalishi 3- kurs 303-guruh O’simlik Fiziologiyasi fani Muxtorova Diloromning tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 276,62 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü276,62 Kb.
#137215
1   2   3   4
O\'SIMLIKLARNING HARAKATI

Nastik harakatlar. Butun o‘simlikka baravar ta’sir qiladigan qo‘zgatuvchilar (harorat, yorug‘lik va boshqalar) vositasi bilan bo‘ladigan harakatlarga – nastik harakatlar deyiladi.
O‘simliklarda u yoki bu quzg‘atuvchiga nisbatan nastik harakatlar foto-, termo-, gidro-, nikti-, xemo-, tigmo-, seysmo-, travmo- va elektronastiyalarga bo‘linishi mumkin. Umuman o‘simliklardagi nastik harakatlar ular organlarining himoyasiga (barg og‘izchalarining yopilishi) yoki narsalarni olishga (barg muylovchalarining harakati) qaratilishi mumkin.
Nutasiya harakatlari. Tabiatda boshqa o‘simliklarning tanasiga o‘ralib yoki chirmashib o‘suvchi o‘tchil o‘simliklar mavjud. Bunday harakatga nutasion harakat deyiladi. Bu gruppaga kiruvchi o‘simlikning o‘sish nuqtalaridagi doiraviy harakat, poyaning ichki va tashqi tomonlarining bir meyorda o‘smaganligi natijasida sodir bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi evolyutsiya davomida muhim bir joyda o‘tganligi sababli ularda bir qancha hayotiy harakatlanish mexanizmlari vujudga kelgan. Bu hol o‘z navbatida ularning quyosh nurlaridan va tuproq oziqasidan keng foydalanishga va yashash uchun kurashga yordam beradi.
O‘simliklarning harakatlanish usullari. Ma’lumki, o‘simliklar evolyutsiya jarayoni mobaynida o‘troq yashashga moslashgandir. Shuning uchun ularning o‘suvchi organlari tashqi ta’sirlarga o‘z harakatlari bilan javob reaksiyalarini beradi.
Harakatlanish - bu organizm yoki uning qismlarining tuproq va havo muhitida siljishidir. Metabolik energiya sarflanishi bilan boradigan faol harakatlanish barcha organizmlar uchun xosdir. O‘simliklarning faol harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi oziqlanish, himoyalanish va ko‘payish uchun zarurdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning harakatlanishi juda ham sekin borganligi sababli ularni ko‘z bilan ilg‘ash qiyin. O‘simliklarning tepa novdalari va ildiz uchlari aylanma (nutatsiya) harakatlanadi. Shuningdek novdalar va barglar quyosh nurlari tomonga intiladi (tropizmlar). Gullarning ochilishi va yopilishi tun va kunning almashishiga (nastiyalar) bog‘liq. Ushbu barcha holatlarni seytrafer pribori yordamida kuzatish mumkin. Masalan mimozalar, uyatchanlar, hashororxo‘rlar va boshqalarning harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi o‘ta tez ro‘y beradi. Shuningdek hujayra ichkarisidagi sitoplazma va organoidlarning harakatlanishi, bir hujayralilarning xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanishi ham juda tez sodir bo‘ladi.

Yüklə 276,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə