Biologiya va uni o‘qitish metodikasi



Yüklə 21 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü21 Kb.
#109849
303 Ekspert xulosasi


Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Kadirova Shoistaning 2023 yil 28-aprel kuni 1-smena 1-juftlik soat 09:30 da, ofline dars 304-xona “Biologiya o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 303-guruhida Genetika va seleksiya asoslari fanidan o‘tkaziladigan “Mevali o‘simliklarning xilma-xil formalarini taqqoslash” mavzusiga doir o’tkazilgan ochiq darsiga
EKSPERT XULOSASI
Kadirova Shoistaning dars mavzusi ishchi fan dasturi va kalendar tematik rejaga mos keladi. O‘quv metodik majmua mavjud. Darsning maqsadi, rejasi, mazmuni hayot bilan bog‘lanishi, zamon talablariga mosligi, mavzuning amaliyot bilan bog‘liq ravishda olib borilishi pedagogning ilmiy salohiyatli ekanligidan dalolat beradi. Laboratoriya mashg‘ulotining pedagogik texnologiyalar asosida ya‘ni “Hamkorlikda o‘qitish” texnologiyalarida tashkil etilishi talabalarning bilish faoliyatini faollashtirilishi uchun asos bo’ldi.
O‘qituvchining nutqi ravonligi, o’z fanini so‘nggi yangiliklar bilan boyitishi, o‘z ustida doimo ishlashi ushbu laboratoriya mashg‘ulotida yaqqol namoyon bo’ldi. Shuningdek darsning mustahkamlash bosqichida aqliy hujum, blits-so‘rov, baxs-munozara, rasmli topshiriq, jamoa bilan ishlash metodlaridan foydalanildi hamda laboratoriya mashg‘uloti materiallari taqdimot ko‘rinishida talabalarga ko‘rsatildi.
Laboratoriya mashg‘ulotni hayot bilan bog‘lab o‘tganligi uchun dars samaradorligi yanada oshdi hamda talabalarning bilish faoliyati faollashib teran fikrlashi ortdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javoblar berildi va ular mavzuni yanada chuqur o’zlashtirib oldilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, dars yuqori ilmiy-metodik darajada tashkil etildi.


Ekspert: Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi S.Abidova
Yüklə 21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə