Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə5/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#107918
1   2   3   4   5   6   7   8
Toknamolar qabilasi

2.3. Keng tarqalgan uzum navlari.


O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: O‘zbekiston muskati, G‘alaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarqand kishmishi, Jo‘rauzum, Tarnoye, Rizamat, Aleatiko, Aleksandriya muskati, Aligote, Andijon qora uzumi, Anzob, Bastardo, Bihishti, Buvaki, Charos, Chillaki, Daroyi, Dili kabutar, Echkiemar, Go'zal qora, Hasayni, Husayni, Kishmish, Marmar kishmish, Murvedr, Muskat, Narekatsi, Obaki, Oq kishmish, Parkent, Pobeda, Qorajanjal, Rizamat, Saperavi, Shuturangur, Suramush, Sohibi, Soyaki, Sultoniy, Tuyatish, Venger muskati, Xaliliy, Xoja ahroriy, Xurmoy, Xusayni, Nimrang, Kattaqo'rg'on, Qirraburun, Toyfi, Tuyatishi, Chillaki, O`zbekiston muskati, Rizamat, Xo`ja Axrori.


Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Uzum yetishtiriladigan tokzorlarning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Asosan kuzda - sentabr-oktabr oylarida pishib yetiladi, ertapishar navlari iyun-iyul oylarida yetiladi. Hosilni yig`ishtirib olish vaqti uning pishganligi yoki ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish uchun uzumdagi qand va kislota miqdorining ko`zlangan maqsadga to`g`ri keladigan miqdori bilan belgilanadi. Kishmish navlari qandliligi 24-25% ligida, mayizbop navlar 22-23% ligida uzib olinadi. Oq musallas ishlab chiqarish uchun uzum qandliligi 17-18%, qizil musallas ishlab chiqarish uchun uzum qandliligi 18-20% liligida, xo`raki navlarda qand miqdori 16-17% va undan yuqoriligida uzib olinadi. Uzumni havo quruq vaqtida uzish lozim. Xo`raki navlar tanlab, faqat pishgan uzum navlarigina uziladi. Uzum boshlari o`tkir bog` qaychi yoki maxsus qaychilar bilan kesiladi, bunda uzum boshini bandidan ushlab turish lozim. Zararlangan yoki shikastlangan mevalar alohida joylanadi. Uzulgan uzum boshlari sig`imi 10-12 kg. li qutilarga yoki savatlarga joylanadi. Navlarni aralashtirib yuborishga yo`l qo`ymaslik zarur.
Veles- U 2 kg gacha, ba'zi hollarda esa 3 kg gacha bo'lgan pushti rezavorlar bilan go'zal to'plamga ega. Uzumning aniq muskat yong'og'i aromati bor. Butalar juda baland. O'simlik minus 21 ° gacha sovuqqa toqat qiladi. Veles kasalliklarga yaxshi qarshilik ko'rsatadi, o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori. (2.3. 1-rasm)


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə