Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#107918
1   2   3   4   5   6   7   8
Toknamolar qabilasi

Mavzuning dolzarbligi: Toknamolar qabilasi o’simliklar bo’limi ya’ni ochiq urug’li o’simliklar oilasi vakillarning tarqalishi, hayot tarzi va ularning klassifikatsiyalarini o’rganishdan iborat. Toknamolar qabilasi o’simliklari xususiyatini o’rganib, ularni muhofaza ostiga olish, hamda ularni tur sonini saqlab qolish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir . Bugungi kunda meditsinada ishlatiladigan dori-darmonlarni anchagina qismi Toknamolar qabilasi o’simliklari turkumi vakillaridan olinishini ham nazarda tutdim.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Mavzuning maqsadi: Tokdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning biologiyasini va tarqalish arealini o’rganish orqali, bu oilaga kiruvchi o’simliklarning noyob turlarini o’rganish va ularni asrab tabiatga qaytarishdan iborat. Bundan tashqari bu oilaga kiruvchi o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini ham o’rganishdan iborat. Bu noyob va kamyob o’simliklarni kamayib borishining oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Toknamolar qabilasi o‘simliklarining sinflari, kichik sinflari, qabilalari, oilalari , turkumlari va ularning vakillari kurs ishining ob’ekti hisoblanadi. Toknamolar qabilasi o’simliklar sinflari, kichik sinflari, qabilalari, oilalari , turkumlari, vakillarining tarqalishi, o’ziga xos tuzilishi, ularning xususiyatlari va keng tarqalgan vakillarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati to’g’risida mutaxasis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi 27 bet, Times New Romanda 14 lik shriftda, 1.5 intervalda yozilgan bo’lib, 3 bobdan: Kirish, Asosiy qism, Xulosalardan iborat. Mazkur ishda 4 ta rasm bor.
II BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

Tokdoshlar (Vitaceace) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joylashgan, yonbargchali. Novdasida poyaning oʻzgarishidan hosil boʻlgan gajaklar bor. To’pgullari kichik, roʻvak. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, koʻkimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Tokdoshlarga 12 turkum, 700 tur kiradi. Koʻpincha subtropik va tropik mamlakatlarda oʻsadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi.


O`simliklar haqida qo`shimcha ma‘lumotlar Mahmud Qoshg`ariyning (XI asr) «Devonu Lug`atiy turk» asarida ham keltirilgan. Sharqiy Turkistonning ensiklopedik va geograf olimi 200 ga yaqin o`simliklarni geografik, ekologik tarqalishi va morfologiyasiga oid ma‘lumotlarni bergan. Mashhur arab geografi Ibn Boyto`t (Muhammad Ibn Abdulloh) o`zining Afrika, Osiyo va Janubiy Yevropaga qilgan sayohatida 14-asrning birinchi yarimida Xorazm, Buxoro va Samarqandga ham kelgan. Uning asarlarida geografik ma‘lumotlar bilan birga O`zbekistonning o`simliklar dunyosi haqida ham o`ta muhim ma‘lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik dunyosini o`rgangan fransuz Kopyu va Bonvanlarning ishlari diqqatga sazovordir. Kopyu 1880 yilda Samarqand atroflarini va Samarqand tog`lari, Qarshi-Sherobod, va Zarafshonning yuqori qisimlari o`simlik dunyosini tadqiq qildi. A.F.Middendorf 1878yildan boshlab Farg`ona vodiysining barcha hududlarini ilmiy jihatdan o`rgangan. 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti (keyinchalik O`rta Osiyo davlat Universiteti SAGU) deb nomlangan) tashkil etiganligi munosabati bilan O`zbekistonga M.G.Papov, E.P.Korovin, M.V.Kultiasov, R.I.Abolin, A.I.Vvedenskiy, P.A.Baranov, V.P.Drobov, I.A.Raykova, M.M.Sovetkina kabi mashhur botaniklar O`rta Osiyoga, xususan O`zbekistonga kelib, uning flora va o`simlik qoplamini o`rganishda o`zlarining muhim hissalarini qo`shganlar.
Universitet tasaruffida «Tuproqshunoslik va geobotanika» (1923-1932y) instituti tashkil etildi va unga N.A.Dimo rahbarlik qildi. Institut 10 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat ko`rsatdi. Bu davrda botaniklarning eng ilg`or vakili M.G Popov hisoblanar edi. Institutning geobotanika bo`limiga esa R.I.Abolin rahbarlik qildi. M.G.Popov O`rta Osiyo florasi va o`simlik dunyosining migratsion nazariyasini yaratdi. Uning fikricha Tetisning o`rnida hosil bo`lgan –Qurg`oq yerda Janubiy Afrikaning «Velvagiya florasi va shimolning migrant florasi-«Ginkgo florasi» ning elementlari to`qnash kelgan. Natijada chatishish jarayoni ketib, O`rta Osiyo florasi kelib chiqqan.
1828 yilda SAGU tasarrufida «Yuksak o`simliklar» va «O`simliklar geografiyasi» kafedrasi ochilib, unda shu bugunga qadar 400 dan ortiq mutaxassilar yetishib chiqadi. Ulardan ko`pchiligi Fan sohasida xizmat qiladilar ham ularni ko`pchiligi faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston florasi va o`simliklar dunyosini o`rganishga V.G.Kultiasov I.I.Granitov, A.YA.Bo`tkov, S.X.Chevrinidi, R.S.Vernik, I.F.Momotov, R.D.Melnikov, O.N.Bondarenko kabi rus olimlari qatorida M.M.Orifxonova, Q.Z.Zokirov, T.A.Odilov, A.U.Usmonov, P.K.Zokirov, O`.P.Pratov, A.M.Maxmedov, T.X.Xudoyberdiyev, M.M.Nabiyev, I.Sottiboev, S.Holiqov kabi olimlar o`z xissalarini qo`shganlar. 1920 yilda O`rta Osiyo universiteti tashkil etilishi munosabati bilan Farg`ona vodiysidagi botanik tadqiqotlar ham ancha kuchayadi. Universitetga taniqli botaniklar P.A. Baranov, E.P. Korovin, V.P. Drobov, I.A. Raykova, A.I. Vvedenskiy, M.M. Sovetkinalar tashrif buyurishadi. Ular bilan birga 1932-1933 yillar tashrif buyurishgan Leningradlik botaniklar P.N. Ovchinnikov, F.A. Zapryagaev, V.I. Zapryagaeva, Yu.S. Grigorev, A.S. Koroleva, K.S. Afanasev, V.N. Nikitinlar ham Farg`ona vodiysi florasini o`rganish va tahlil qilishda katta ishlar olib borishadi. O`sha davrdagi yirik olimlardan ta‘lim olgan mahalliy botanik olimlarning hizmatlari Farg`ona vodiysining o`simliklarini o`rganishga katta xissa qo`shadi 1967 yil M.M. Arifxonova Farg`ona vodiysi o`simliklari qoplamini o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlariga yakun yasab, «Rastitelnost Ferganskoy dolinы» nomli monografiyasini chop etadi. Bu asarda bu xududda mavjud bo`lgan barcha o`simlik tiplari to`g`risida ba‘tavsil ma‘lumotlar berilgan. Bizning tadqiqotimiz ob‘ekti bo`lgan to`qay o`simliklari borasidagi ilk to`laqonli ma‘lumotlar ham aynan M.M. Arifxanovaning izlanishlarining natijasi hisoblanadi.
Farg`onalik professor A.M.Maxmedov birinchi marta O`rta Osiyo yalpizdoshlarini sistematik tahlil qilib bir necha yangi turlarni aniqlagan. T.X. Xudayberdiev tomonidan birinchi marta Farg‘ona vodiysida tarqalgan Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi flora va o‘simliklar qoplami tarkibidagi taksonomik birlik sifatida tadqiq qilingan. Ish asosan oila vakillarining o‘simliklar qoplamida tutgan o‘rni, tur tarkibini aniqlashtirishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya ishida markaziy o‘rinni turlarning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni va oqilona foydalanishning asoslariga bag‘ishlangan. Muallif ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hudud florasida 36 turkumga mansub bo‘lgan 184 tur uchrashini qayd etilgan.
Flora davlatimizning yirik tabiiy boyligi undan oqilona foydalinib, muhofaza qilish uchun uning turlarini botanika nomenklaturasi nuqtai-nazaridan puxta o`rganish zarur. Aks holda juda murakkab chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Ta‘kidlash joizki, so`ngi 20 yil ichida, ayniqsa chet ellarda sistematikaga oid qator asarlar nashr etildi, ularda tavsiya etilgan fikr va taksonomik birliklar jahon botanik olimlari tomonidan ma‘qullandi, «Xalqaro botanika nomenkaturasining kodeksi»ga sistematik taksonlarga oid qator o`zgarishlar kiritildi. O`zbekistonda esa «Flora Uzbekistana» nomli monagrafiyalar nashr etilgandan so`ng fan uchun yangi ko`plab tur va turkumlar kashf etildi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə