Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


54 
Bob xulosasi 
1.Insonning jamiyatda tutgan o‘rni, ma’naviy qiyofasi, voqeylikda 
bo‘layotgan har bir o‘zgarishni qay darajada idrok qilishi uning eng nozik his-
tuyg‘ulari ifodasi bo‘lgan badiiy matnlarda namoyon bo‘ladi. 
Badiiy matnlar xalqimizning asrlar mobaynida shakllangan va san’at 
darajasiga ko‘tarilgan badiiy ijodi mahsuli bo‘lib, u ajdoddan – avlodga o‘tib 
kelgan ruhiyat hodisasi hisoblanadi, hamda u tildagi badiiy vosita va usullar 
yordamida o‘z badiiy qiyofasiga ega bo‘ladi. Badiiy ijod nafosat, go‘zallikni idrok 
etishning o‘ziga xos usuli ham bo‘lib, unda xalqimizning ijtimoiy hayot tarzi, 
kechasi va buguni, ertasi, ma’naviy qadriyatlari, e’tiqodi kabilar o‘z aksini 
topadi.Bularning barchasi badiiy ijod vositasida namoyon bo‘ladi.
2.Tilimizda tovushdan tortib butun boshli gapgacha bo‘lgan lingvistik 
birliklar she’riy asarlar tilida kitobxonga matn mazmuni to‘g‘risida ma’lumot 
yetkazish bilan chegaralanib qolmaydi. Ularda poetik matnlarda qo‘llanilgan 
birliklar vositasida kitobxonga ta’sir etish ko‘zda tutiladi.Shunga ko‘ra 
lingvopoetika badiiy matnlarda qo‘llanilgan birliklarning badiiy-estetik 
vazifalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.Lingvopoetika tilshunoslikning alohida 
bir bo‘limi sifatida badiiy matnlarni tadqiq etadi, shoir va yozuvchilar individual 
uslubi, til birliklarining badiiy matnlardagi o‘rni va vazifasi haqida ma’lumotlar 
beradi. 
3.Usmon Azim ijodida she’riy asarlar tilining badiiy jihatdan obrazli va 
bo‘yoqdor, ifodali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlovchi lingvopoetik vositalardan 
biri o‘xshatish hisoblanadi. Usmon Azim poetik matnlarida jamiyat hayotida, 
kishilarning kundalik turmushida yuz berayotgan turli voqea-hodisa, narsalarni 
kitobxon ko‘z o‘ngida aniq gavdalantirish uchun o‘xshatishdan mahorat bilan 
foydalanadi. Bunda o‘xshatish lingvopoetik vosita sifatida kitobxonga badiiy-
estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi. Usmon Azimning poetik matn mazmuniga 
mos keladigan o‘xshatish hosil qiluvchi til birligini to‘g‘ri tanlanishi tilimizdagi 
so‘z va iboralarni emotsional-ekspressiv vositaga aylanishiga zamin yaratadi. 


55 
4.Usmon Azim tilimiz qonun-qoidalariga amal qilgan holda o‘rni bilan 
o‘ziga xos betakror poetik manzaralar, ruhiy holatlar tasvirlarini yaratadi.Ana 
shunday vositalardan biri metafora bo‘lib, shoir ijodida poetik tasvirni berish
jarayonida hosil bo‘ladi. Usmon Azim ijodida metaforaning vujudga kelishi
to‘g‘ridan to‘g‘ri shoirning idroki, tafakkuri qamrovi bilan bog‘liq holda namoyon 
bo‘ladi. Metaforalar shoir asarlarida tilga olingan tushunchalar, fikr va 
tasavvurlarni ma’lum bir obrazlar sifatida kitobxon ongiga muhrlaydi hamda 
badiiy-estetik vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
5.Usmon Azim ijodida individuallik u tomonidan qo‘llanilgan lingvopoetik 
vositalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning she’riy asarlari tilida boshqa shoirlar 
ijodida uchramaydigan metonimiyalarni ko‘plab uchratish mumkin. Usmon Azim 
tomonidan to‘g‘ri tanlangan va o‘rinli ishlatilgan metonimiyalar o‘zlarining poetik 
ta’sirchanligi,matn mazmuniga bog‘liqligi, kitobxon ruhiyatiga ta’sir etib, unda
turli his-tuyg‘ularni uyg‘ota olishi bilan boshqa lingvopoetik vositalardan 
farqlanib turadi.Bu ham Usmon Azimning o‘ziga xos so‘z san’atkori ekanligidan 
dalolat berib turadi. 
6. Usmon Azim she’riyatida qo‘llanilgan sinekdoxalar tropning bir turi 
bo‘lib, predmetlarga nisbatan qo‘llanadigan son bilan bog‘langandir, ya’ni 
predmetlarning son jihatdan birining (qismi, to‘la) ma’nosi ikkinchisiga 
ko‘chiriladi.Shoir o‘z ijodida mahorat bilan butun o‘rnida qism (yoxud, aksincha) 
yoki birlik o‘rnida ko‘plik (yoki aksincha) qo‘llash orqali badiiy tasvirda o‘ziga 
xos ifodalar yaratadi. 
7.Jonlantirish metaforaning maxsus bir turi sifatida og‘zaki nutqda ham, 
badiiy nutqda ham, o‘xshatishlar kabi juda qadimdan ishlatilib keladi. Bu usuldan 
Usmon Azim mahorat bilan foydalanganligi seziladi. Shoir tomonidan tanlangan 
jonlantirishlarda kishilarning harakatlari, his-tuyg‘ulari: so‘zlash va fikrlashlari 
jonsiz predmetlarga ko‘chiriladi. Boshqacha qilib, aytganda, shoir ijodida jonsiz 
predmetlar insonlar kabi harakat qiladigan, fikrlaydigan, so‘zlaydigan qilib 
tasvirlangan. Shoir ijodini kuzatar ekanmiz, jonlantirishlar lirik qahramon 


56 
ruhiyatini ochib berishning eng qulay vositalaridan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi. 
Insoniy munosabatlar so‘zlovchining nutq qaratilgan shaxsga bo‘lgan munosabati 
qanday ekanligiga qarab ijobiy yoki salbiy tushunchalarni ifodalaydi. Usmon Azim 
o‘z she’rlarida buni to‘g‘ridan to‘g‘ri aks ettirmaydi, balki ana shu tushunchalar 
doirasida qaraluvchi mavhum otlarni jonlantiradi. Shoir ularni harakatlantirish, 
so‘zlatish orqali ularga o‘z munosabatini, bahosini ifoda etadi.Shunday ekan, 
jonlantirishlar munosabat ifodalovchi, baholovchi birlik sifatida ham namoyon 
bo‘ladi. 
8. Usmon Azim she’riyatida ma’lum hodisa yoki hodisalar 
tasvirlanayotganda ularni ana shu kabi antonim so‘zlar vositasida birini 
ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib qiyoslanadi va shoir ularga nisbatan o‘zining 
munosabatini bildiradi yoki bir hodisani turli tomondan tasvirlash orqali 
o‘quvchida unga ijobiy yoki salbiy munosabat uyg‘otadi. 
Shoir tomonidan favqulodda hosil qilingan noyob va obrazli ifodalar 
kitobxonni o‘ziga jalb etadi, tanlangan ifodalarda Usmon Azimga xos badiiy 
tafakkur, asosli va mantiqiy xulosalar aks etadi.Shunisi xarakterliki,
 
Usmon Azim 
o‘zbek tilining boy, go‘zal ifoda imkoniyatlari cheksiz ekanligini o‘z she’riyati 
orqali to‘la namoyon eta olgan. 


57 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə