Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


78 
UMUMIY XULOSA 
1.Insonning qanday jamiyatda voyaga yetganligi, qanday oilada tarbiya 
topganligi, e’tiqodi, qanday g‘oyalar bilan yashayotganligi, ma’naviy qiyofasi, 
voqeylikda bo‘layotgan har bir o‘zgarishni qay darajada idrok qilishi uning eng 
nozik his-tuyg‘ulari ifodasi bo‘lgan badiiy matnlarda turli lingvopoetik vositalar 
yordamida namoyon bo‘ladi. Lingvopoetik vositalar badiiy matnning asosiy 
mazmunini kitobxonga badiiy tarzda yetkazishning muhim vositalari hisoblanadi. 
Badiiy matnlar matnning boshqa turlaridan til birliklarining qo‘llanishi, 
leksik-frazeologik birliklar, lingvopoetik vositalarga boyligi bilan ajralib turadi. 
Badiiy matn xalqimizning asrlar mobaynida shakllangan va san’at darajasiga 
ko‘tarilgan badiiy ijodi mahsuli bo‘lib, u xalqimizning og‘zaki ijodi bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Xalqimizning milliy qiyofasini aks ettiruvchi urf-odatlar, 
marosimlar,an’analar badiiy matnlarda turli lingvopoetik vositalar orqali 
o‘quvchiga yetkazib beriladi

Badiiy ijod nafosat, go‘zallikni idrok etishning 
o‘ziga xos usuli ham bo‘lib, unda xalqimizning ijtimoiy hayot tarzi, kechasi va 
buguni, ertasi, ma’naviy qadriyatlari, e’tiqodi kabilar o‘z aksini topadi.Bularning 
barchasi badiiy ijod vositasida namoyon bo‘ladi.Badiiy matnda til bajaradigan eng 
muhim ijtimoiy vazifalardan biri – ta’sir etish doimo birinchi o‘rinda turadi.

2.
Badiiy matnlarni o‘rganish o‘zbek ijodkorlarining muallif nutqi va 
personaj nutqini individuallashtirish, portret, turli tabiat manzaralari va poetik 
obraz yaratishda ifoda-tasvir, lingvopoetik vositalaridan, leksik-frazeologik 
resurslar,xalq tili birliklaridan unumli foydalanish mahorati, ularning o‘zbek 
adabiy tili xazinasini boyitishga qo‘shgan munosib hissalarini aniqlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan 
 
tovushdan tortib butun 
boshli gapgacha bo‘lgan lingvistik birliklar she’riy asarlar tilida kitobxonga matn 
mazmuni to‘g‘risida ma’lumot yetkazish bilan chegaralanib qolmaydi

Ularni 
qo‘llashda Usmon Azim kitobxonga ta’sir etish maqsadini ham ko‘zlagan.Shunga 
ko‘ra lingvopoetika badiiy matnlarda qo‘llanilgan birliklarning badiiy-estetik 
vazifalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.Lingvopoetika tilshunoslikning alohida 


79 
bir bo‘limi sifatida badiiy matnlarni tadqiq etadi, shoir va yozuvchilar individual 
uslubi, til birliklarining badiiy matnlardagi o‘rni va vazifasi haqida ma’lumotlar 
beradi.
 
3.
Usmon Azim ijodida she’riy asarlar tilining badiiy jihatdan obrazi va 
bo‘yoqdor, ifodali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlovchi lingvopoetik vositalardan 
o‘xshatish, metafora ,sinekdoxa, metonimiya, antiteza, jonlantirish kabilar faol 
ishtirok etgan. Usmon Azim poetik matnlarda jamiyat hayotida, kishilarning 
kundalik turmushida yuz berayotgan turli voqea-hodisa, narsalarni kitobxon ko‘z 
o‘ngida aniq gavdalantirish uchun o‘xshatish, metafora, metonimiya, jonlantirish 
kabi vositalardan mahorat bilan foydalanadi. Bunda ular lingvopoetik vosita 
sifatida kitobxonga badiiy-estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi. Usmon Azim 
tilimiz qonun-qoidalariga amal qilgan holda o‘rni bilan o‘ziga xos betakror poetik 
manzaralar, ruhiy holatlar tasvirlarini yaratadi.Lingvopoetik vositalar shoir 
asarlarida tilga olingan tushunchalar, fikr va tasavvurlarni ma’lum bir obrazlar 
sifatida kitobxon ongida muhrlaydi hamda badiiy-estetik vosita sifatida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
 
4.
Usmon Azim ijodida individuallik u tomonidan qo‘llanilgan
 
lingvopoetik 
vositalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning she’riy asarlari tilida boshqa shoirlar 
ijodida uchramaydigan metonimiyalarni, sinekdoxalar va jonlantirishlarni ko‘plab 
uchratish mumkin. Usmon Azim tomonidan to‘g‘ri tanlangan va o‘rinli ishlatilgan 
lingvopoetik vositalar o‘zlarining poetik ta’sirchanligi,matn mazmuniga 
bog‘liqligi, kitobxon ruhiyatiga ta’sir etib, unda turli his-tuyg‘ularni uyg‘ota 
olishi bilan boshqa lisoniy vositalardan farqlanib turadi.Bu ham Usmon Azimning 
o‘ziga xos so‘z san’atkori ekanligidan dalolat berib turadi. Shoir ijodida 
lingvopoetik vositalar lirik qahramon ruhiyatini ochib berishning eng qulay 
vositalaridan ekanligi ma’lum bo‘ladi. Insoniy munosabatlar so‘zlovchining nutq 
qaratilgan shaxsga bo‘lgan munosabati qanday ekanligiga qarab ijobiy yoki salbiy 
tushunchalarni ifodalaydi. Lingvopoetik vositalar munosabat ifodalovchi, 
baholovchi birlik sifatida Usmon Azim ijodida muhim o‘rin tutadi. 


80 
5. 
Usmon Azim ijodida yaqqol bo‘rtib turadigan jihat shuki, unda shoir 
tilimizda mavjud bo‘lgan, badiiy ijodda tez-tez murojaat qilinaverib ma’lum 
darajada o‘z badiiy-estetik qimmatini yo‘qotgan vositalardan foydalanilmaydi. 
Balki shoir hayotni teran ko‘z bilan kuzatadi, u tabiat va jamiyat hayotida 
boshqalar ko‘ra olmagan jihatlarni ko‘ra oladi va ularni she’riyatga ko‘chirish 
bilan o‘z maqsadiga erishadi. Shuning uchun shoir tomonidan favqulodda hosil 
qilingan noyob va obrazli ifodalar kitobxonni o‘ziga jalb etadi, tanlangan 
ifodalarda Usmon Azimga xos badiiy tafakkur, asosli va mantiqiy xulosalar aks 
etadi.Bu esa Usmon Azimning mustaqilligimizning noyob kuychisi, badiiy 
ijodning mohir san’atkori ekanligidan dalolat beradi.
 


81 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə