Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

senga juda o‘xshaydi...” 
(99-bet) 
She’rda qo‘llanilgan “senga juda o‘xshaydi” birikmasining takrorlanishi 
kitobxonga she’r qahramonining kim yoki nima haqida fikr yuritayotganligini, 


52 
asardagi voqea-hodisalar unga ilgaridan tanish ekanligini anglatadi.Asarda ayol 
tilidan hikoya qilinayotgan voqea aslida bir uyda ayol va begona erkak borligi, 
erkakning uxlayotganligi, derazadan esa iztirob chekayotgan boshqa bir erkak 
arvohining boqib turganligi badiiy tasviridan iborat. Hayotning beshafqat qonun-
qoidalari inson sevgisi, his-tuyg‘ularidan yuqori turishi, ruhan qiynalayotgan ayol 
ham,iztirob chekayotgan arvoh ham uning oldida ojiz va notavon ekanligi ayon 
bo‘ladi. Muallifning poetik mahorati shundaki, u inson ruhiyati tasvirini berishda 
mavhum tushuncha hisoblangan arvoh obrazini she’rga olib kiradi va uni 
jonlantiradi.Lingvopoetikaning jonlantirish usuli vositasida hosil qilingan bu tasvir 
she’rning boshdan- oxirigacha yetakchilik qiladi. 
Ayol asta pardani tortar, 
Karavotda uxlar bir odam. 
Arvoh tunga o‘zini otar 
Va chirqillay boshlaydi birdan (100-bet). 
O‘quvchini arvohning psixologik holatini tasvirlashda, arvohning o‘z 
sevgisidan va oilasidan voz kechib keta olmaganligi holatini poetik tasvirlashda 
Usmon Azim takror usuliga murojaat qiladi.Endi arvohning ichki kechinmalari, 
hatto to‘lqinlanib, gapira olmaslik holati takror vositasida yaqqol ifodalanadi: 
Yuzga bosib bargi xazonni, 
O‘kirib-o‘kirib yig‘laydi, yohu!.. 
G‘uldiraydi bitta kalomni: 

Axir, menga o‘xshamaydi-ku... 
 
 
Axir menga o‘xshamaydi-ku...” 
(100-bet) 
Usmon Azim ushbu she’rida nutq ko‘rinishlaridan, lingvopoetik 
vositalardan ustalik bilan foydalanadiki, buning natijasida o‘quvchiga she’r 
mazmuni to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot olishga imkoniyat yaratadi. Bu ma’lumot
she’r qahramonlarining iztiroblari, ichki kechinmalarini ifodalashda qulay vosita 
hisoblanuvchi takror orqali o‘z poetik ifodasini topadi. Ijodkor til birliklarini 
o‘rinli qo‘llay olsagina u tomonidan yaratilgan asar o‘quvchi tomonidan yaxshi 


53 
qabul qilinadi.To‘g‘ri tanlangan til vositalari badiiy matnda qo‘llanilar ekan, 
o‘quvchiga badiiy-estetik ta’sir qilish vositasiga aylanadi va unda asarda 
tasvirlangan voqea-hodisa, kishilar xarakter-xususiyatlari badiiy tarzda o‘z 
ifodasini topadi.Bu esa badiiy asar ijodkori tili va uslubi to‘g‘risida ma’lum bir 
xulosalarga kelishga asos bo‘ladi. 
Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalar muhim o‘rin egallaydi. Shoir 
she’riyati tilini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish jarayonida uning badiiy 
tasvirning usul va vositalarini yaxshi bilishi va o‘z she’rlarida ulardan mohirona 
foydalana olishining guvohi bo‘lamiz. Tahlil jarayonida shoir asarlarida 
lingvopoetik vositalarning keng qamrovli ekanligi, ularning xalqona ohang hosil 
qilishda, takrorlanmas badiiy obrazlar yaratishda hamda boshqa shoirlar ijodida 
uchramaydigan turli xil ma’no nozikliklarini poetik tasvirlashda eng muhim
vositalardan ekanligi tobora oydinlasha boradi. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə