Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi


Quloqlashtirish siyosatining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy omili



Yüklə 496,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix04.05.2023
ölçüsü496,21 Kb.
#108511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
1.2.Quloqlashtirish siyosatining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy omili 
– yoppasiga jamoalashtirish oqibati ekanligi 
 
Bir qator yirik agrar tarixchilar, masalan V.P.Danilov, N.V.Efremenkov, 
V.P.Taran, YU.D.CHensov va boshqalar jamoalashtirish arxivshunosligini KPSS 
ning XX s‘ezdi va uning qarorlari bilan bog‗lab, bu yo‗nalishda yangi bosqichga 
asos soldilar. Bu davrga kelib agrar tarixni o‗rganish umumarxivshunoslining eng 


20 
muhim sohalaridan biriga aylandi. YAngi nashr qilinayotgan kitoblardi va davriy 
matbuotda e‘lon qilingan maqolalarda agrar tarixni o‗rganishning metodologiyasi, 
uning problematikasi xususida takliflar, mulohazalar ilgari surildi. 
Bularning natijasida agrar masalaga bag‗ishlangan tadqiqotlarning soni ortib
bordi va ularning mavzular doirasi kengaya boshladi. Qishloq xo‗jaligini 
jamoalashtirish masalasiga bag‗ishlangan fundamental tadqiqotlar ham yuzaga kela 
boshladiki, tobora bu mavzuning yangidan-yangi o‗rganilishi kerak bo‗lgan 
qirralari ochila boshladi. Bularning barchasi qishloqning sotsialistik asosda qayta 
qurilishi arxivshunosligi yangi bosqichga ko‗tarilganligidan dalolat berar edi.
1
Arxivshunoslikda yuz bergan bunday o‗zgarishlar butun mamlakatda 
bo‗lganidek, O‗zbekistonda ham yangidan-yangi tadqiqotlarning yaratilishiga, 
agrar arxivshunoslikning mavzular diapazonining kengayishiga sabab bo‗ldi. 
Respublikada agrar masalaga doir bir qator ilmiy asarlar yaratildi va o‗zining 
butun faoliyatini o‗zbek qishlog‗i tarixini o‗rganishga safarbar etgan va
arxivshunoslikda «agrar tarixchilar» deb nom olgan bir guruh tarixchilar etishib 
chiqdilar. Bu davr mualliflari muayyan manbalarga va faktik materiallarga 
asoslanib tarixiy jarayonlari tahlil qilish jihatlari bilan avvalgi tadqiqotchilardan 
tamoman farqqiladilar. O‗zbekistondagi er-suv islohoti, qishloq xo‗jaligini 
jamoalashtirish va ular bilan bog‗liq masalalarni kompleks tarzda o‗rgangan va bu 
masalaga doir ko‗plab ilmiy tadqiqotlar olib borgan tarixchilar jumlasiga 
O.B.Jamolov, G.Rizaev, S.Saidaliev, V.YA.Nepomnin, A.YU.Ibragimova, 
R.X.Aminova, B.A.Tulepbaev, A.M.Davidov va boshqalarni kiritish mumkin.
2
Bu 
tarixchilar asarlarida agrar masalalar birmuncha ilmiy jihatdan aniq, faktik 
ma‘lumotlar asosida fikr mulohazalar bildirilgan.
Agrar mavzudagi asarlardan A.M.Davidovning monografiyasi
2
asosan 1925-
1929 yillardagi er-suv islohoti masalasigabag‗ishlangan. Monografiyada bitta bob 
1
В,И.Погудин, Путь советского крестьянства к социализму. Историографический очерк. М., «Мисль», 1975, 
1975, Б.92 
2
Абдуллаев М./ Ўзбекистонда советларнинг «қулоқ» қилиш сиѐсати ва унинг фожиали оқибатлари (1929-
1945 йиллар) Тарих фанлари номзоди илмий даражаси учун ѐзилган диссертация автореферати. Тошкент, 
2002, Б.6 
2
Давидов А.М. Аграрное преобразования и формирования в Узбекской ССР. Т., «Фан», 1965. 


21 
birinchi besh yillikda O‗zbekistonda sotsialistik asosda erdan foydalanish usulining 
shakllanish masalasiga bag‗ishlangan. Muallif respublikadagi jamoalashtirish 
jarayoniga qisqacha to‗xtalib o‗tar ekan, bu jarayon respublikadagi erdan 
foydalanishga qanday ta‘sir ko‗rsatganini izohlaydi. Uning fikricha erdan jamoa 
shaklida foydalanish mehnat unumdorligining oshishiga va mahsulot ishlab 
chiqarishning ko‗payishiga sabab bo‗lgan. SHuningdek, erga agrotexnik ishlov 
berish va sug‗orishning ancha ilg‗or usullaridan foydalanishga ham ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatgan. 
O‗zbekistondagi 
jamoalashtirish 
tarixiga 
bag‗ishlangan 
A.YU.Ibragimovaning 1969 yilda nashr qilingan «O‗zbekistonda lenincha 
kooperativ planining g‗alabasi (1929-1933 yy)
»
nomli kitobi
3
bu mavzuda maxsus 
o‗rganilgan ilmiy tadqiqotlarning eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Kitobda keng 
miqyosdagi faktik arxiv materiallari asosida respublikadagi jamoalashtirish 
jarayoni va tashkil etilgan kolxozlarning tashkiliy-xo‗jalik jihatdan birlashtirilishi 
ko‗rib o‗tilgan. Muallif O‗zbekistonda jamoalashtirish siyosatini o‗tkazishda 
kompartiyaning rahbarlik va etakchilik rolini tahlil qilgan va bu jarayonda 
mahalliy rahbarlar tomonidan yo‗l qo‗yilgan ayrim kamchiliklarhaqida ham 
to‗xtalib o‗tgan. Kitobda asosiy e‘tibor respublikadagi kommunistik partiya 
tashkilotining rahbarlik va rahnamolik roliga qaratilganva unga yuqori baho 
berilgan. 
«A.YU.Ibragimova 
monografiyasida 
respublikadagi 
yoppasiga 
jamoalashtirish va mamlakatni paxta mustaqilligiga erishtirish vazifalari 
o‗rtasidagi umumiy aloqalar etarlicha yoritilmagan» - deb yozadi taniqli agrar-
tarixchi, akademik R.H.Aminova o‗zining bu masalaga bag‗ishlangan yirik 
asarida.
1
SHuningdek, jamoalashtirish tarixining muhim masalalaridan bo‗lgan 
respublikadagi kambag‗al va o‗rtahol dehqonlar qatlamining jamoalashtirish 
3
Ибрагимова А.Ю. Победа ленинского кооперативного плана в Узбекистане. (1929-1933 гг.) Т., «Фан», 
1969. 
1
Р.Х.Аминова Осушествление коллективизации в Узбекистане (1929-1932 гг.) Изд. «Фан», УзССР, Ташкент, 
1977, Б.35 


22 
harakatiga munosabati ham nisbatan bo‗sh yoritilgan. Muallif bu masala 
yuzasidan qisqacha to‗xtalib o‗tgan va bir-ikkita misol keltirish bilan cheklangan. 
Eng muhim narsa shuki, A.YU.Ibragimova respublikadagi jamoalashtirish 
siyosati tarixini batafsil o‗rgangani holda uning tarkibiy qismi bo‗lgan quloqqilish 
masalasiga juda kam e‘tibor bergan. Bu masala ham kitobda bir-ikkita dalil 
bilangina eslatib o‗tiladi xolos. 
O‗zbekiston qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosati tarixi 
mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan «O‗zbekistonda lenincha kooperativ 
planining tantanasi» nomli asarda
2
ham batafsil o‗z ifodasini topgan. Asarda 
respublikadagi jamoalashtirish harakatining huquqiy asoslari va jamoalashtirish 
jarayonining asosiy davrlari ham shu tarzda yoritilgan. Bu asarda masalaga 
oydinlik kirituvchi qonuniy hujjatlar, statistik ma‘lumotlar ilova qilingan. 
Jumladan, bu asarda birinchi bor ishchilar sinfining jamoalashtirishga qo‗shgan 
hissasi, qishloqqa ko‗rsatgan modiy va texnikaviy yordami alohida masala sifatida 
dalillar bilan o‗rganilgan. 
Jamoalashtirish davrida davlatning, xususan ishchilar sinfining qishloqqa 
ko‗rsatgan yordami mayda dehqon xo‗jaliklari ishlab chiqarishdan kollektiv ishlab 
chiqarishga o‗tishda faqat iqtisodiy jihatdangina emas, balki siyosiy jihatdan ham 
katta ahamiyatga ega bo‗lgani asarda alohida ta‘kidlanadi. YA‘ni shu davrdan 
e‘tiboran ishchilar bilan dehqonlar o‗rtasidagi ittifoq kengayib, ularning o‗zaro 
aloqalari mustahkamlanib borgan. SHuningdek asarda ishchilar sinfining qishloqda 
sotsialistik g‗oyalarning shakllanishi va rivojlanishidagi yo‗lboshchilik roli ham 
alohida ko‗rsatib o‗tilgan. Bunda asosan shahardan qishloqqa safarbar qilingan 
«yigirmabeshmingchilar» faoliyatiga juda yuqori baho beriladi. Bu holat ishchilar 
sinfining qishloq bilan o‗zaro aloqalariga doir yangidan-yangi tadqiqotlarning 
vujudga kelishiga asos bo‗ldi. 
O‗zbekiston SSR dagi kolxoz qurilishiga ishchilar sinfing yordami masalasi 
L.V.Gentshke monografiyasida juda keng miqyosdagi materiallar asosida 
2
Торжество ленинского кооперативного плана в Узбекистане (под ред. М.Г.Вахабова), Ташкент, 
«Узбекистан», 1971 


23 
o‗rganilgan.
1
Bunda O‗zbekiston ishchilarining jamoalashtirishning turli 
bosqichlarida kolxoz qurilishiga ko‗rsatgan yordamining mazmuni tahlil qilingan. 
L.V.Gentshke 
Toshkent 
shahar 
ishchilarining 
qishloqlardagi 
faoliyati, 
dehqonlarning kolxozlarga uyushtirishdagi tashviqotlari, kambag‗al dehqonlar 
bilan o‗rtahol dehqonlar o‗rtasida ittifoqo‗rnatish, quloq xo‗jaliklarini cheklash va 
siqib chiqarish siyosatini o‗tkazishdagi sa‘y-harakatlari tahlil qilinadi. Asarda 
ishchilar tomonidan otaliqqa olingan kolxozlarga ko‗rsatilgan moddiy yordamlar – 
ya‘ni traktor, qishloq xo‗jalik inventarlari va pul mablag‗lari haqida ko‗plab faktik 
ma‘lumotlar keltirilgan. 
O‗zbekistonda jamoalashtirish harakati tarixining qisqacha ocherklari 
«O‗zbekiston SSR tarixi» ning 3-tomida va «O‗zbekiston Kommunistik partiyasi 
tarixi ocherklari» da ham o‗rin olgan. 
«O‗zbekiston SSR tarixi» ning uchinchi tomida mualliflar asosiy e‘tiborni 
jamoalashtirish jarayonida nokapitalistik taraqqiyot yo‗liga o‗tishdagi o‗ziga xos 
xususiyatlarga qaratganlar. Bunda yoppasiga jamoalashtirishning shart-sharoitlari, 
dastlabki davrdagi qiyinchiliklar va qishloq xo‗jaligining jamoa xo‗jaliklari usuliga 
o‗tish bosqichlari yoritilgan. Ushbu asarda jamoalashtirish arafasidagi va 
jamoalashtirishdan keyingi ilk yillarda qishloq xo‗jalik kooperatsiyalarining turli 
ko‗rinishlarining umumiy qishloq xo‗jaligidagi salmog‗i, tutgan o‗rni v 
ahamiyatiga keng va atroflicha baho berilgan. SHu bilan bir qatorda respublikaning 
ayrim oblast va rayonlarida jamoalashtirishning o‗tkazilishi, ushbu hududlarga hos 
tabiiy sharoit va xususiyatlar, joylarda mahalliy rahbarlar tomonidan yo‗l qo‗yilgan 
kamchiliklar va ularning bartaraf qilinishi kabi masalalar yoritilgan. 
Respublikada yoppasiga jamoalashtirish siyosatini amalga oshirishda kolxoz 
va sovxozlarda partiya yacheykalarini tashkil etishda va MTS larda tayanch partiya 
tashkilotlarini shakllantirish va qishloq aholisini bu tashkilotlar tevaragida 
birlashtirishda respublika partiya va sovet rahbariyatining faoliyatiga mualliflar 
1
Л.В.Гентшке. Шефство рабочих Узбекистана над кишлаком (1924-1930 гг) Ташкент, Изд-тво САМГУ, 
1963, Уша муаллиф Исторический опут участия профсоюзов Узбекистана в социалистическом 
строительстве (1926-1932 гг.) Ташкент, «Наука», 1966.


24 
juda yuqori baho beradilar. Ayniqsa, tashkil qilinayotgan kolxoz va sovxozlarning 
faoliyatini tashkil etish va moddiy bazasini mustahkamlash uchun Mahalliy 
Sovetlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga ham juda yuqori baho berligan. 
YOppasiga jamoalashtirish siyosatining amalga oshirilishi – lenincha 
kooperativ rejasining bajarilishi yo‗lidagi muhim bosqich ekanligi «O‗zbekiston 
Kommunistik partiyasi tarixi ocherklarida» alohida ta‘kidlab o‗tilgan, bu masalaga 
ancha keng o‗rin ajratilgan. Bunda jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish 
jarayonida partiya ichidagi bo‗linish va partiya arboblariningo‗ng og‗machilikka 
qarshi olib borgan kurashi masalasi ham batafsil yoritib o‗tilgan. Mualliflar 
ta‘kidlaydilarki, respublika partiya arboblari o‗ng og‗machi elementlar faoliyatiga 
tanqidiy baho berib, o‗z vaqtida ulargaqaqshatqich zarba berganlar. Asarda 
yoppasiga jamoalashtirish uchun kommunistlarning olib borgan kurashi va 
avangarlik rolini yoritishga katta o‗rin ajratilgan. 
50-yillarning ikkinchi yarmi va 60-yillarning boshlarida O‗zbekistondagi 
kolxozlashtirish harakati masalasini keng va atroflicha tahlil qilgan, ancha keng 
manbalarga va faktik materiallarga asoslangan bir qator ilmiy maqolalar ham 
nashr qilindi. Bu ilmiy maqolalar umumiy jamoalashtirish tarixining ayrim 
masalalarini o‗rganish va to‗ldirishda muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Respublika 
qishloq xo‗jaligining turli tarmoqlari tarixi va uning o‗ziga xos xususiyatlari 
V.A.Beshev, G.Oripov maqolalarida qiziqarli v hilma-xil materiallarga tayangan 
holda tasvirlangan.
1
O‗zbekistondagi quloqlashtirish harakati jarayoni va undan keyingi yillarda 
qishloq xo‗jaligining rivojlanishi masalasi M.X.Zaynutdinov, V.A. Belyaev, 
A.Nuritov, A.YU.Ibragimova maqolalarida o‗z aksini topgan
2
. Bu mualliflar o‗z 
1
В.А.Бешев. Из истории колхозного строительства в Узбекистане в начале 30-х годов. «Обҳественое науки в 
Узбекистане» 1959 №3. Г.Арипов. К истории развития и укрепления колхозного строя в Узбекистане (1928-
1932 гг) . Научное собҳения Ан УзССР, Отд. Обҳественних наук, Ташкент, Изд-во Ан УзССР, 1961. 
2
М.Х.Зайнутдинов. Сельское хозяйство Узбекистана в период создания фундамента социалистической 
экономики (1928-1932 гг). Научное записки Ташкентского института народного хозяйства, вп. 22, 1964. 
А.Ю.Ибрагимова. Социалистическое переустройство сельского хозяйства Узбекистана. В сб,: «Очерки 
истории коллективизации сельского хозяйства в союзних республиках» Москва, Госполитиздат, 1963. 
В.А.Беляев. Из истории колхозного строительства в Узбекистане в начале 30-годов. «Исторические науки» 
КН 31; А.Нуритов. Организационно-хозяйственное состояние колхозов Узбекистана к концу первой 
пятилетки, Научноое труди Таш ГУ, вп. 293, Ташвкент, «Фан», УзССР, 1967.


25 
maqolalarida respublikadagi kolxoz va sovxozlarning sifat va miqdor jihatdan 
yuksalib borishiga asosiy diqqat qaratadilar. SHuningdek, birinchi besh yillikda 
qishloq xo‗jaligining tarkibiy tuzilishidagi o‗zgarishlar hamda umumiy ekin 
maydonlari miqdorining yil sayin ortib borishihaqidagi ma‘lumotlar ham ushbu 
maqolalarda yoritib o‗tiladi. Biroq, ushbu maqolalar ayrim xato va kamchiliklardan 
ham xoli emas. Masalan, M.Zaynutdinov o‗z maqolasida jamoalashtirish davrida 
va undan keyingi dastlabki yillarda paxta xosildorligining keskin pasayib 
ketganligi va chorva hayvonlari sonining qisqarib ketish sababini kolxozlarga a‘zo 
bo‗lib olgan sobiq boy va «quloq»lar hamda ularning tashviqotiga uchgan 
kolxozchilarning zararkunandalik faoliyati bilan bog‗laydi. Bunday xulosalar 
V.A.Belyaev maqolasida ham uchraydi. A.Nuritov maqolasida esa partiya va sovet 
hukumatining o‗ng og‗machilikkka qarshi ko‗rgan chora-tadbirlari etarlicha 
o‗rganilmagan. 
Ayrim maqolalarda O‗zbekistonda quloqlashtirish harakatining alohida 
masalalari yoritilgan. Jumladan, respublikada mashina-traktor stansiyalarining 
tashkil qilinishi va ularningfaoliyatiga bag‗ishlangan maqolalar ham bor
1
. Bu 
maqolalarda mualliflar jamoalashtirish asnosida mashina–traktor stansiyalarini 
tashkil etilishining muhimligi, mashina va traktorlarning bir joyda to‗planganligi, 
ulardan foydalanishni ancha osonlashtirganligini va ularning faoliyati kolxoz va 
sovxozlarni tashkil etish va rivojlantirishga katta xissa qo‗shganligini 
ta‘kidlaganlar. SHu bilan bir qatorda MTSlarning tashkil qilinishi ilgarida ishchilar 
bilan dehqonlar o‗rtasidagi ittifoqni mustahkamlanishiga ham muhim asos bo‗lib 
xizmat qilgan. 
1960-yillardagi 
bir 
qator 
maqolalarda 
O‗zbekistonning 
alohida 
viloyatlaridagi yoppasiga jamoalashtirish jarayonlari va ularning o‗ziga xos 
xususiyatlari yoritilgan. A.Kamolovning maqolasida Samarqand viloyatida 
1
А.Нуруллаев Из истории формирования кадров рабочих совхозов и МТС Узбекистана (1929-1932 гг). 
Ученое записки ТГПИ им. Низами Т. 46, вп. 3 Ташкент 1964 ва бошкалар. 


26 
jamoalashtirishning o‗tkazilishi va natijalari yoritiladi.
1
Lekin bu maqolada 
viloyatdagi kolxozlashtirish jarayoni barcha masalalarda to‗la o‗z ifodasini 
topmagan. 
F.Jumaboev maqolasida esa Qashqadaryo viloyatidagi jamoalashtirish 
siyosatining o‗ziga xos tomonlari o‗rganiladi.
2
Muallif bu viloyatga xos bo‗lgan 
beshta xususiyatni keltirib, bu xususiyatlar viloyatda jamoalashtirish harakatini 
o‗tkazishda katta qiyinchiliklarga sabab bo‗lganini ta‘kidlab o‗tadi. 
Quloqlashtirish davrida respublikaning iqtisodiy jihatdan qoloq viloyati 
bo‗lgan Surxondaryodagi kolxoz qurilishi jarayoni tarixi D.Mursalimov 
maqolasida o‗rganilgan. Muallif viloyatda 1925 yilga qadar eski, qoloq erdan 
foydalanish usulining saqlanib qolganligi va bu hududlar ko‗proqg‗allachilikka va 
chorvachilikka 
ixtisoslashganligi 
viloyatdagi 
jamoalashtirish 
harakatini 
qiyinlashtirganligini alohida ta‘kidlaydi. Muallif Surxondaryo viloyatiga xos 
bo‗lgan yana ayrim xususiyatlar qatorida «boy xo‗jaliklarning ancha katta kuchga 
ega bo‗lgani va musulmon ruhoniylarning dehqonlar orasida ancha katta ta‘sir 
kuchiga egaligi», «dehqon xo‗jaliklarining boshqa viloyatlarga qaraganda ancha 
qoloqligi», «xotin-qizlar huquqining kamsitilganligi» kabilarni sanab o‗tadi. 
Bu yillardagi bir qancha maqolalarda ishchilar bilan dehqonlar ommasining 
hamkorligi va bu hamkorlikning yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirishda 
hal qiluvchi faktor bo‗lganligi masalasi o‗rganiladi. 
SH.Orazimbetov., M.A.Qosimovalar o‗z maqolalarida ishchilar sinfining 
qishloq xo‗jaligiga bergan yordami otaliqqa olish harakatida yangi boqichga asos 
solganini yozadilar
1.
Mualliflar ushbu fikrlarini qator ma‘lumotlar bilan asoslashga 
uringanlar. 
Bir qator maqolalar yigirmabeshmingchilar faoliyatiga – ularning qishloq 
xo‗jaligini rekonstruksiya qilinishida tutgan o‗rni va ahamiyati tadqiqqilingan. Bu 
1
А.К.Камолов Борьба Самаркандской областной партийной организации за осуҳествление коллективизации 
сельского хозяйства (1927-1932 гг). Труди СамГУ, вп. 142 Самарканд, 1964. 
2
Ф.Джумабаев Из истории коллективизации сельского хозяйства в Кашкадарьинской области Узбекской 
ССР, (1928-1932 гг), «Обҳественное науки в Узбекистане», 1962 №5. 
1
Ш.Оразимбетов. Участие рабочих в коллективизации сельского хозяйства Узбекистана (1929-1930 гг) 
Труди САГУ, вп. 139 Ташкент 1958 М.А.Касимова Шефская работа трудяшихся Ташкента над кишлаками 
округа, «Обҳественное науки в Узбекистане», 1962 №6. 


27 
maqolalarda Moskva, Leningrad, Ivanova-Voznesensk to‗quvchilarining o‗zbek 
dehqonlariga ko‗rsatgan yordami, o‗zbek qishlog‗idagi faoliyati yoritilgan.
2
YUqorida sanab o‗tilgan maqolalarning mualliflari o‗z tadqiqot ishlarida 
respublikadagi kollektivlashtirishning amalga oshirilishi tarixidagi turli aspektlarni 
yoritishda turli xil muhim hujjat va faktlarni keltirganlar. Bu hol mazkur 
problematikaning faktik va tematik jihatdan boyishiga asos bo‗lgan. 
Qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish masalasini ittifoqdosh O‗rta Osiyo 
respublikalari va Qozog‗iston tarixchilari ham o‗rganganlar. O‗rta Osiyo va 
Qozog‗istonda jamoalashtirish harakatida umumiy o‗xshashlik jihatlar va
hususiyatlar mavjudligibois, bu tadqiqotlar o‗zbekistonlik tarixchilarda ham 
qiziqish uyg‗otishi tabiiydir. 
Qo‗shni respublikalarda yaratilgan ilmiy ishlar orasida qozog‗istonlik 
tarixchilarning tadqiqot ishlari muhim o‗rin tutadi. 
Sovet SHarqi respublikalarida sotsialistik qishloq xo‗jaligining rivojlanishi 
masalasi B.A.Tulepbaev monografiyasida ancha keng o‗rganilgan.
3
Bu 
monografiyada O‗rta Osiyo va Qozog‗istonda jamoalashtirish tarixiga katta bir bob 
ajratilgan. Unda muallif bu mintaqada jamoalashtirish siyosatining siyosiy-
iqtisodiy shart-sharoitlarini va turli rayonlarda uning amalgaoshirilish jarayonini 
yoritib bergan. Muallif O‗rta Osiyoda jamoalashtirishni amalga oshirishda VKP (b) 
Markaziy Komiteti va Rossiya Federatsiyasi ishchilar sinfining ko‗rsatgan ko‗p 
tomonlama yordamlariga alohida urg‗u bergan. 
YAna bir qozog‗istonlik tarixchi A.B.Tursunbaev jamoalashtirish tarixiga 
bag‗ishlangan monografiyasida Qozog‗istonning ovul va qishloqlaridagi siyosiy 
kuchlar o‗rtasidagi munosabatlarni, qozoq dehqonlarining jamoalashtirish 
siyosatiga bo‗lgan munosabatini aks ettirgan.
1
Muallifning qayd qilishicha, 
2
З.Х.Арифханова Производственная помоҳь текстильшиков хлопкоробом Узбекистана в осуҳествлении 
коллективизации (1929-1930 гг) Науч. Раб. И сообҳ. АН УзССР, КН 5, Ташкент 1962. 
3
Б.А.Тулепбаев Осуҳествление ленинской аграрной политики в республиках Средней Азии. Москва, 
«Мисль», 1967. 
1
А.Б.Турсунбаев Великий перелом в сельском хозяйстве Семиречья Алма-ата 1952.


28 
Qozog‗istonda ham ko‗chmanchi, ham o‗troqchorvador aholining mavjudligi bu 
erda kolxozlashtirish harakatida ancha murakkabliklarni keltirib chiqargan. 
O‗rta Osiyoda jamoalashtirishning o‗tkazilishi va sotsialistik qishloq 
xo‗jaligining rivojlanib borishi masalasi tarixiga doir Qirg‗iziston, Turkmaniston 
va Tojikiston tarixchi-olimlari ham juda ko‗plab asarlar yaratganlar.
2
Bu 
asarlarning ayrimlarida O‗rta Osiyodagi jamoalashtirish harakati umumiy jarayon 
sifatida, kompleks tarzda o‗rganiladi. Bu asarlarning aksariyati mavjud 
respublikalardagi yoppasiga jamoalashtirish arafasidagi ijtimoiy-iqtisoidy vaziyat, 
kolxozlashtirish siyosatini o‗tkazishdagi shart-sharoitlar, mahalliy shart-sharoitlar 
tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklar, qishloq va ovullarda sovet va partiya 
xodimlarining faoliyati, sinfiy kurashning keskinlashib va kuchayib borishi, quloq 
va boylarga-manaplarga qarshi kurash, ular xo‗jaliklarining tugatilishi va nihoyat 
lenincha agrar masalaning g‗alaba qilishi kabi masalalar o‗rganilgan. Mavjud 
respublikalarga tegishli asarlada o‗sha respublikaga xos bo‗lgan alohida 
xususiyatlarga e‘tibor qaratiladi. 

Yüklə 496,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə