Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi


Partiyaviy-g‗oyaviy siyosat hukmronligi tufayli yuzaga kelgan kollektivlashtirish



Yüklə 496,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix04.05.2023
ölçüsü496,21 Kb.
#108511
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Partiyaviy-g‗oyaviy siyosat hukmronligi tufayli yuzaga kelgan kollektivlashtirish 
nazariyasi va tajribasi bugunga kelib chilparchin bo‗ldi. Kishining ishlab 
chiqarishdagi mehnatiga haq to‗lash o‗zaro tenglik asosiga qurilganidan bu siyosat 
o‗zini oqlamadi. 
Tabiiyki, moddiy manfaatdorlik bo‗lmagan joyda esa, ish orqaga ketadi. 
Buning ustiga hayotning o‗zi kollektivlashtirish muammosini ko‗tarib chiqmagan 
edi… Zo‗ravonlik bilan o‗tkazilgan siyosat ko‗plab ishbilarmon, tadbirkor 
odamlarning ishga, erga bo‗lgan munosabatini sovitdi. E‘tirof etmoq joizki,
bugungi dasturxonimizning g‗aribligi ham, ko‗p jihatdan qishloq xo‗jaligini 
kollektivlashtirish «samarasidir»
3
R.Aminova 
boshqa 
bir 
maqolasida 
2
Михайлов Н, Гепцов Н. Чрезвичайшина «Родина» 1989 №5 Б.83-89
1
Шамсутдинов Р.Т. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиѐсати ва унинг фожиали оқибатлари 
тошкент «Шарқ» 2001Б. 12
2
Қаранг: Аминова Р.Х. Из истории коллективизиции в Узбекистане- «История СССР», Москва, 1991 №4 
Коллективизация в Узбекистане: как это било?-«Коммунист Узбекистана», 1989 №9; Коллективлаштириш 
қашшоқлаштириш демак. // «Шарқ юлдузи» 1992 №2 Возвраҳаясь к истории коллективизации в 
Узбекистане Ташкент «Фан» 1995. 
3
Аминова Рахима Коллективлаштириш-қашшоқлаштириш демак-«Шарқ юлдузи», 1992 йил 12-сон Б.183 


40 
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamolashtirish arafasidagi ijtimoiy 
holatga baho berar ekan, bu davrda respublika hali jamoalashtirishga tayyor 
bo‗lmaganligini ta‘kidlab o‗tadi.
1
Chunki, Ittifoqdan farqli ravishda O‗zbekistonda 
1925-1929 yillarda er-suv islohoti o‗tkazilib, juda ko‗plab ersiz dehqonlar er bilan 
ta‘minlangan, ular o‗z mehnati evaziga farovon turmush kechira boshlagandilar. 
Tabiiyki, kechagina er olgan dehqon jamoalashtirish degan o‗zgarishni sira istamas 
edi. Shu bilan bir qatorda o‗zbek dehqonlari jamoa xo‗jaligi, kolxoz tuzumi degan 
so‗zning mohiyatini ham to‗la tushunib etmagan edilar. 
Akademik R.Aminovaning 1995 yilda nashr qilingan monografiyasi
2
respublikadagi jamoalashtirish siyosati va amaliyotini boshdan-oyoq yangicha 
ruhda, xolisona yoritgan dastlabki tadqiqot asari hisoblanadi. Olima ushbu kitobida 
maqolalarida ilgari surilgan haqqoniy konsepsiya bo‗yicha juda keng va atroflicha 
ilmiy tahlil va xulosalarni keltirgan . Kitobda avvalo jamoalashtirishning mohiyati 
va undan ko‗zlangan maqsad ochib berilgan. Shuningdek, jamoalashtirish arafasida 
respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit Rossiyadagi holat bilan taqqoslangan va 
o‗rtadagi farqlar sanab o‗tilgan. Jumladan R.Aminova ta‘kidlaydiki: 
«Jamoalashtirish arafasida respublikada bu siyosatni amalga oshirish uchun 
moddiy imkoniyatlar etarli emas edi. Ayniqsa, ishchi-xodimlar jihatidan respublika 
Markaziy respublikalarga nisbatan ancha qoloq bo‗lib, bu hol keyinchalik bir qator 
ko‗ngilsiz xodisalarga sabab bo‗lgandi». 
Muallif jamoalashtirish amaliyoti to‗satdan boshlab yuborilganligi va uning 
sun‘iy ravishda avj oldirilishi butun ittifoqda bo‗lganidek O‗zbekistonda ham bu 
harakatda raqamlar ortidan quvish, taz‘yiq o‗tkazish va zo‗ravonlik qilish, 
majburlash kabi noqonuniy ishlarga keng yo‗l ochib berganligini aytib o‗tadi. Bu 
kabi ishlarda muallif, avvalo, Stalin boshchiligidagi sovet va partiya rahbariyatini 
asosiy aybdor sifatida ko‗rsatib o‗tadi. Muallif o‗z fikrining isboti sifatida 
respublikada kim o‗zdi shaklida barpo qilingan soxta kolxozlar, jamoalashtirish 
harakatidagi zo‗ravonliklargadoir bir qator faktlarni keltirib o‗tgan. 
1
Аминова Р.Х. Коллективизация в Узбекистане: как это било? «Коммунист Узбекистана» 1989 №9 Б.83 
2
Аминова Р.Х. Возврашаясь к истории коллективизации в Узбекистане. Ташкент «Фан» 1995. 


41 
Kitobda O‗zbekistondagi sovet va partiya rahbariyatining bu masaladagi 
ayblarini ham aytib o‗tar ekan, ularning markaz ko‗rsatmalarini hech qanday 
e‘tirozsiz qabul qilib, respublika uchun to‗g‗ri kelsa-kelmasa joriy qilib 
yuborganlarini, mahalliy rahbarlarning aksariyati esa chalasavodligi va «salla 
o‗rniga kalla keltirish» qabilida ish tutganlarini qattiqqoralaydi. 
Rahima Aminova jamoalashtirish siyosatining iqtisodiy oqibatlarini ham 
ushbu kitobida chuqur va atroflicha tahlil qilib bergan. Uning xulosalariga ko‗ra 
jamoalashtirish oqibatida turmush darajasi keskin pasayib ketgan. Respublika 
Yüklə 496,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə