Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi


Xulosa va tavsiyalar..........................................................................49



Yüklə 496,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix04.05.2023
ölçüsü496,21 Kb.
#108511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xulosa va tavsiyalar..........................................................................49 
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati................................................53 



KIRISH 
Mavzuning 
dolzarbligi.
Mustaqillik 
yillarida 
respublikamizda 
tub 
islohatlarni o‗tkazish jarayonida milliy tiklanish, ma‘naviy yangilanish va milliy 
o‗zlikni anglash va erkin tafakkurga ega bo‗lgan jamiyat a‘zolarini tarbiyalash kabi 
ulug‗vor ishlarda tarix fanining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda 
ta‘kidlaganidek, «tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‗lkaning, davlatimiz hududining 
xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‗zlikni anglashni, ta‘bir joiz bo‗lsa, milliy 
iftixorni tiklash va o‗stirish jarayonida g‗oyat muhim o‗rin tutadi»
1
.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning tarixda ilk bor 
parlamentimizga o‗z murojatnomasida, 2017 yil 7 fevralda PF-4947-sonli 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida»gi Farmonida, bir qator 
nutq va ma‘ruzalarida istiqbol rejalarimiz tahlil qilinmoqda. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev2016 yil 30 dekabrda mamlakatimiz ilmiy 
jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida ―Ilm-fan yutuqlari Vatanimiz ravnaqiga 
xizmat qilsin‖ mavzusida nutq so‗zladi. ―Olimlarning suhbatidan inson o‗ziga 
beqiyos ma‘naviy boylik oladi, qalb kengliklarini, tafakkur teranligini his qiladi... 
Xalqimizda ―Oqqan daryo oqaveradi‖ degan dono naql bor. SHu ma‘noda, el-
yurtimizning qon-qonida azaldan bo‗lgan aql-zakovat, ilmu ma‘rifat tufayli, siz 
kabi zahmatkash va fidoiy insonlarning xizmatlaringiz tufayli O‗zbekiston 
zaminidan yangi xorazmiylar, beruniylar, ulug‗beklar etishib chiqadi va Vatanimiz 
shuhratini butun dunyoga yuksaltiradi, deb ishonaman ‖
1

Istiqlol yillarida tarixiy jarayonlarni o‗rganishda eskirib qolgan, hayot 
sinovidan o‗ta olmagan metodologiya o‗rnini tomoman yangicha metodologiya 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт 
кафолатлари. Тошкент, «Ўзбекистон», 1997 й., Б.140 
1
Mirziyoev SH.M. ―Илм-фан ютуқлари Ватанимиз равнақига хизмат қилсин‖ // Қаранг: Mirziyoev SH.M. 
Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. 1-jild. –Toshkent: 
―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. –Б.166,179 . 



egallay boshladi. Vatanimiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish borasida ham
nisbatan qisqa davr ichida nihoyatda katta va keng ko‗lamdagi ilmiy tadqiqot 
ishlari amalga oshirildi. Amalga oshirilgan ushbu ishlarda O‗zbekistonning yaqin 
davri tarixi, ya‘ni mustabid sovet tuzumi davri tarixi, xususan qishloqxo‗jaligini 
yoppasiga jamoalashtirish va «quloq» qilish siyosati va amaliyoti tarixini o‗rganish 
muhim va salmoqli o‗rin egallaydi. Mustaqillikdan to bugungi kunimizga qadar 
ushbu muammoni bugungi kun talablari darajasida, milliy g‗oya, milliy istiqlol 
mafkurasi ruhida talqin qilgan, uni har taraflama ham ijobiy, ham salbiy 
tomonlarini chuqur tahlil qilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi, bu 
masalaga doir darslik, o‗quv qo‗llanma, monografiya va fundamental asarlar chop 
qilindi. Ushbu asarlarda qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish va bu asosda to‗q 
xo‗jaliklarni «quloq» qilish amaliyotining butun fojialari ma‘lum darajada 
o‗zining haqqoniy va adolatli talqinini topgan. 
Mustabid tuzum davrida yaratilgan juda ko‗plab ilmiy adabiyotlarda o‗zbek 
qishlog‗ida amalga oshirilgan yoppasiga jamoalashtirish va «quloq» qilish siyosati 
ijobiy baholangan, uning barcha jarayonlari soxtalashtirilgan. Sovetlar davri 
adabiyotlarida yoppasiga jamoalashtirishning o‗tkazilishi «lenincha kooperativ 
rejasining tantanasi», «qishloq sotsializmning olamshumul g‗alabasi» sifatida 
baholangan hamda uning salbiy aytish mumkinki fojiali oqibatlari keng xalq 
ommasidan yashirib kelingan. 
Bugungi kunda O‗zbekistonda 1920-1930 yillardagi agrar o‗zgartirishlar va 
uning oqibatlari muammosiga bag‗ishlangan bir qancha asarlar mavjudki, ularni 
arxivshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish, ularda o‗rganilgan masala va 
yo‗nalishlarni aniqlash, ilgari surilgan nazariy xulosalar va ma‘lumotlarni o‗zaro 
qiyoslash, sovet davri adabiyotlari bilan taqqoslash va ijobiy tomonlarini ko‗rsatib 
berish g‗oyat muhim va dolzarb ehtiyojga aylanib bormoqda.
Sovetlar davrida ham yoppasiga jamoalashtirish siyosatiga doir adabiyotlarni 
O‗zbekistonda arxivshunoslik aspekti bo‗yicha maxsus o‗rganilmaganligi ham 
ushbu masalaning dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Ushbu mavzuni 
o‗rganishning dolzarbligi yana shu bilan izohlanadiki, masalaga doir sovet davri 



hamda mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy adabiyot va tadqiqotlarni 
arxivshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish, o‗zaro qiyoslash o‗sha davr tarixiy 
jarayonlaridagi butun haqiqatni to‗la anglab etish, uning xali o‗rganilmagan yangi 
qirralarini belgilash jihatidan ham ahamiyatlidir.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ta‘kidlamoqchimizki, O‗zbekiston qishloq 
xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish va «quloqlashtirish» siyosati arxivshunosligi 
ushbu kungacha alohida tadqiqot ob‘ekti bo‗lmagan. 

Yüklə 496,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə