Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi



Yüklə 496,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix04.05.2023
ölçüsü496,21 Kb.
#108511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
 
2.2. Mustaqillik yillarida “quloqlashtirish va “quloqlar taqdiri” mavzusiga 
yangicha innovatsion yondashuv metodologiyasi 
 
Sobiq sovet davlatida 1980 yillar o‗rtalarida boshlangan qayta qurish siyosati 
va 1991 yil oxirlarida mustabid tuzumning parchalanishi oqibatida mustaqil 
davlatlarning maydonga kelishi, kommunistik partiyaning siyosiy sahnadan tushib 
ketishi bilan tarixga bo‗lgan munosabat tubdan o‗zgara boshladi. Tarixni anglash, 
bilish va o‗qitishda hukmronlik qilib kelgan markscha-lenincha metodologiya 
tanazzulga yuz tutib, uning o‗rniga tamoman yangicha metodologiya qaror topa 
boshladi. Tarixiy jarayonlarni tadqiq etishda sinfiylik, partiyaviylik, tarafkashlik, 
mafkura tamoyillaridan voz kechildi. Aksincha, tarixni tushunish va tadqiq etish 
xolislik, ob‘ektivlik, ilmiylik, tarixiylik, milliylik bilan umumbashariylikning 


38 
o‗zaro bog‗liqligi tamoyillari asosiga quriladigan bo‗ldi. Sovet tuzumi davrida 
«mutlaqo maxfiy» tamg‗asi bilan sir tutib kelingan ko‗pdan-ko‗p xujjatlar e‘lon 
qilina 
boshlandi. 
Natijada 
mustaqillikning 
dastlabki 
yillaridanoq 
arxivshunosligimizda yangicha yondoshuv, yangicha konsepsiya asosida turli 
yo‗nalishlarda tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Jumladan respublikada qishloq 
xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish va «quloq» qilish masalasiga bag‗ishlangan 
ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqotlar e‘lon qilindi. Bu ham bo‗lsa mustaqillikning 
sharofatidandir. 
1990 yillardan e‘tiboran o‗zbek agrarshunos-tarixchilari haqiqat yo‗lidan 
borishga intilib, o‗zbek qishlog‗ida sovetlar davrida amalga oshirilgan agrar 
o‗zgartirishlarni qanday kechgan bo‗lsa, shundayligicha, barcha fojiali taraflari 
bilan xolisona yoritishga harakat qildilar. 
Sobiq Ittifoqda 1980-yillar ikkinchi yarmida qayta qurish siyosatining 
boshlanishi bilan umumittifoq arxivshunosligida tub o‗zgarishlar yuz berib, uning 
dolzarb muammo va mavzulariga yangicha nazar bilan qarash boshlandi. Bu 
yillarda ittifoq miqyosida va respublikamizda bir qator tarixchi, iqtisodchi va 
faylasuflar bilan, yangi hujjat va dalillar asosida talqin qilgan ilmiy tadqiqotlari 
yuzaga keldi. Bu borada ham avvalo rossiyalik tarixchi-olimlarning tadqiqotlari 
xususida to‗xtalib o‗tmoq lozim. 80-yillar oxirida ittifoq miqyosida agrar masalani 
xolisona va yangicha ruhda talqin qiluvchi bir qator asarlar yuzaga keldi. Bu
tadqiqotlarda birinchi bor yoppasiga jamoalashtirish siyosatining salbiy oqibatlari 
xususida so‗z yuritilgan. Jumladan, V.P.Danilov o‗z tadqiqotlarida
1
jamoalashtirish 
siyosatining salbiy oqibatlari, ya‘ni qishloq xo‗jalik mahsulotlari etishtirishning 
keskin kamayib ketishi, butun ittifoqda ocharchilikning vujudga kelishi va chorva 
hayvonlarining keskin kamayib ketishi xususida yangi ma‘lumotlarni keltirib 
o‗tadi. 
Muallif o‗z tadqiqotida keltirgan raqamlar va ma‘lumotlar bevosita 
O‗zbekistonga ham dahldordir. 
1
Данилов В.П. Коллективизация : как это било? Страници истории советского обҳества. Люди, проблеми, 
факти. М., Политиздат 1989 228-250 бетлар. Уша муаллиф. Коллективизация . . .Переписка на исторические
теми. Диалог ведѐт читатель М., Политиздат, 1989, Б.355-400


39 
N.Mixaylov, N.Gepsovlar o‗z maqolalarida
2
1928-1929 yillarda qishloq 
aholisiga nisbatan qo‗llangan «favqulodda choralar» tahlil qilinib, bu siyosat 
tamoman insoniylikka zidligi, uning oqibatida qishloq aholisi xonavayron bo‗lgani 
tahlil qilingan. 
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosati 
tarixini tamomila yangicha metodologiya, yangicha ruhda yoritishni akademik 
R.H.Amimova boshlab berdi. Akademik R.H.Aminova jamoalashtirish tarixini 
avvalgi noto‗g‗ri talqinlardan, soxtalashtirish, buzilishlardan tozalashni, voqea-
hodisalar aslida qanday kechgan bo‗lsa, shundayligicha talqin etish namunasini 
namoyish etdi.
1
Aminovaning 90-yillarda e‘lon qilgan maqolalari hamda 
mustaqillikning dastlabki yillarida e‘lon qilgan tadqiqot ishlari o‗zbek 
arxivshunosligiga 
katta 
hissa 
bo‗lib qo‗shildi.
2
Akademik 
Aminova 
jamoalashtirishning mohiyatiga baho berib, shunday yozadi: «Kollektivlashtirish – 
ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi o‗rnatilishining naq o‗zginasidir. 
Yüklə 496,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə