Bitiruv malakaviy ish “Quloqlashtirish” va “quloqlar taqdiri” masalasining arxiv hujjatlarida yoritilishi



Yüklə 496,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix04.05.2023
ölçüsü496,21 Kb.
#108511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BMIning maqsad va vazifalari. 
Tadqiq qilinayotgan mavzuning muhimligi 
va dolzarbligidan kelib chiqib, O‗zbekistonda quloqlashtirish siyosati tarixini 
arxivshunoslik jihatidan milliy istiqlol mafkurasi, milliy g‗oya ruhida tahlil qilish 
va nazariy xulosalar chiqarish tadqiqot maqsadini tashkil qiladi. SHu maqsaddan 
kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: 
- Quloqlashtirish va ―quloqlar taqdiri‖ning tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hamda 
iqtisodiy omillarini tahlil qilish; 
- Quloqlashtirish masalasiga ilmiy tadqiqotlar orqali yondashuvning o‗ziga 
xos xususiyatlarini ochib berish, ularni o‗zaro taqqoslash; 
-―Sotsialistik qayta qurish‖ va ―jamoalashtirish‖ masalalarining tarixiy 
hujjatlardagi tavsifini berish; 
- Mustaqillik yillarida ―quloqlashtirish va ―quloqlar taqdiri‖ mavzusiga 
yangicha innovatsion yondashuv metodologiyasini tahlil qilish; 
-O‗rganilgan adabiyotlar va manbalarni nazariy jihatdan umumlashtirgan 
holda, bugungi kunda respublikamizda agrar tarixni o‗rganish borasida 
qilinayotgan ishlarga tavsiya va takliflar berish.
Mavzuning 
o„rganilish darajasi.
O‗zbekistonda sovet davridagi 
quloqlashtirish tarixiga doir ilmiy adabiyotlar va maqolalarni arxivshunoslik 
jihatidan tahlil qilish holatlari ushbu mavzuga bag‗ishlangan ayrim ilmiy 
asarlarning kirish qismida uchraydi. Bu kabi asarlar jumlasiga R.H.Aminova, 



A.YU.Ibragimova, B.A.Tulepbaev, V.YA.Nepomnin, S.S.Saidaliev asarlarini 
kiritish mumkin.
2
Sovetlar hokimiyati yillarida «quloqlarni sinf sifatida tugatish» masalasiga 
alohida mavzu sifatida bag‗ishlangan bir qator ilmiy tadqiqot asarlari ham 
yaratilgan bo‗lib, ularda ham o‗rganilgan muammo butun butun ittifoq miqyosida 
tahlil qilingan. Ushbu asarlarni tahlil qiluvchi va uning ayrim jihatlarini 
arxivshunoslik nuqtai-nazaridan umumlashtiruvchi alohida maqolalar ham 
mavjud.
1
Quloqlashtirish va «quloq»larning keyingi fojiali taqdiri masalasini tadqiq 
etish so‗nggi vaqtlarda qizg‗in davom etmoqda. Bu o‗rinda R.T.SHamsutdinov, 
N.Karimov, M.Abdullaevlarning bir qator maqola va ilmiy tadqiqotlarini ko‗rsatib 
o‗tish joizdir
1. 
Bu maqolalarda o‗zbek arxivshunosligida birinchi bor 
«quloq»larning taqdiri xususida so‗z yuritilgan, Tadqiqotlarda asosan, 
O‗zbekistondan Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun qilingan «quloq» 
xo‗jaliklari va ularning fojeali taqdiri keng ko‗lamdagi arxiv xujjatlari asosida 
atroflicha tahlil qilingan. 
Mustaqillik yillarida respublikamizda yoppasiga jamoalashtirish va «quloq» 
qilish siyosatini haqqoniy o‗rganish sari qadam tashlangach, ushbu mavzuni 
manbashunoslik va arxivshunoslik nuqtai-nazaridan o‗rganish borasida ham 
ma‘lum 
izlanishlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
Jumladan 
professor 
2
Аминова Р.Х. Осуҳествление коллективизации в Узбекистане (1929-1932 г.г.) Тошкент, «Фан», 1977; 
Ибрагимова А.Ю. Победа ленинского кооперативного плана в Узбекистане (1929-1933 г.г.) Тошкент, «Фан» 
1969; Тулепбаев Б.А. Осуҳествление ленинской аграрной политики партии в республиках Средней Азии. 
Москва, «Мисль», 1967; Непомнин В.Я. Исторический опут строительства социализма в Узбекистане (1917-
1937). Т., Госиздат УзССР, 1960; Саидалиев С.С. Борьба за осуҳествление ленинского кооперативного плана 
в Узбекистане. Т., Госиздат УзССР. 1958; Ахунова М.А.., Лунин Б.В. История исторической науки в 
Узбекистане. Краткий очерк. Тошкент, 1970 ва бошқ. 
1
Погудин В.И. Проблема ликвидации кулачества как класса в советской историографии-«Вопроси 
истории», 1965 №4 Трифонов И.Я. Овсянкин В.А. Проблеми ликвидации эксплуататорских классов в СССР 
в советской историографии. «История СССР», 1978 №2 Ивницкий Н.А. Классовая борьба в деревне и 
ликвидация кулачества как класса (1929-1932 гг.) Кириш кисми. М., «Наука», 1972. 
1
Шамсутдинов Р. Шоҳид кетган «қулоқлар» // «Ўзбекистон овози» 1999 16-18 декабрь; Шамсутдинов Р., 
Абдуллаев М. «Қулоқлар» нинг Украинадаги ҳаѐти // «Туркистон» 2000 йил 12-19-26 февраль Ўша 
муаллифлар. Украинадаги Ўзбек «қулоқ» лари. Ўзбек «қулоқ» лари кимлар эди? // «Фан ва турмуш» 1999 
№5-6 2000 №1, №2 Ўша муаллифлар. Жангчи Ўзбек «қулоқ»лари // | «Фан ва турмуш» 2000 №6 Каримов 
Н., Шамсутдинов Р. Шаҳидлар хотираси.Сургун, 
ғ
.
ғ
улом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти. Тошкент, 
2000 ва бошқалар. 



R.T.SHamsutdinovning 
jamoalashtirish 
va 
«quloqlashtirish» 
tarixiga 
bag‗ishlangan ikki yirik tadqiqot asarlarining
2
kirish qismida mavzuning 
manbashunoslik va arxivshunoslik tahlili keltirilgan, vatanimizdagi va horijdagi 
mavzuga doir asarlar, hujjatli manbalar sanab o‗tilgan va ilmiy jihatdan 
tavsiflangan. Tadqiqotchi M. Abdullaev o‗z dissertatsiyasida mazkur mavzuni 
yangicha yondashuvlar asosida yoritishga, masalaning muhim jihatlarini xolisona 
tahlil qilishga harakat qilgan. Dissertatsiya shu paytga qadar ilmiy iste‘molga 
kiritilmay kelgan arxiv xujjatlari,manbalar, faktik materiallar asosida bajarilgan. 
Muallif o‗z dissertatsiyasida O‗zbekistondagi jamoalashtirish va «quloq» qilish 
jarayonini xolisona vahaqqoniy yoritishga harakat qilar ekan, mavzuda alohida 
o‗rin tutgan bir qancha masalalarning yangicha talqinini ilgari surgan. 
Ta‘kidlab o‗tmoq lozimki, hozirgi kunda O‗zbekistonda yoppasiga 
jamoalashtirish va «quloq» qilish siyosati va amaliyoti tarixiga bag‗ishlangan 
asarlarni arxivshunoslik bo‗yicha tadqiq etish biron bir dissertatsion ishda alohida 
mavzu sifatida izlanish ob‘ekti bo‗lmagan. SHu sababli ham bitiruv malakaviy 
ishida ushbu masalani arxivshunoslik nuqtai nazaridan o‗rganish va nazariy 
xulosalar chiqarishga harakat qilindi. 

Yüklə 496,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə