Blackcurse


Bosh va tanlanma to’plamlar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/82
tarix17.05.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#87171
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
Bosh va tanlanma to’plamlar
.
 
Bir jinsli ob’ektlar to’plamini bu ob’ektlarni xarakterlovchi biror 
sifat 
yoki 
son 
belgiga nisbatan o’rganish talab qilinsin. Masalan, agar biror xil detallar 
partiyasi bo’lsa, u holda detalning sifat belgisi bo’lib, uning standartligi, son belgisi 
bo’lib esa detalning o’lchami xizmat qilishi mumkin.
 
Ba’zan yalpi tekshirish o’tkaziladi, ya’ni to’plamdagi ob’ektlarning har 
birini o’rganilayotgan belgiga nisbatan tekshiriladi. Lekin, yalpi tekshirish amalda 
nisbatan kam qo’llaniladi. Masalan, to’plam juda ko’p (juda katta sondagi) 
ob’ektlarni o’z ichiga olgan bo’lsa, u holda yalpi tekshirish o’tkazish jismonan 
mumkin emas. Bunday hollarda to’plamdan chekli sondagi ob’ektlar tasodifiy 
ravishda olinadi va ularni o’rganiladi.
 
Tanlanma to’plam, yoki oddiy qilib
tanlanma 
deb tasodifiy ravishda tanlab 
olingan ob’ektlar to’plamiga aytiladi.
 
Bosh to’plam
 deb tanlanma ajratiladigan ob’ektlar to’plamiga aytiladi.
 
To’plam (bosh yoki tanlanma to’plami) hajmi deb, bu to’plamdagi ob’ektlar 
soniga aytiladi. Masalan, 500 ta detaldan tekshirish uchun 50 ta detal olingan 
bo’lsa, u holda bosh to’plam hajmi 
N=500, 
tanlanma hajmi esa 
p=50.
 
Bosh to’plamdan olingan tanlanma bo’yicha bosh to’plam haqida hulosa 
qilishga asoslangan usulga, tanlanma usul deb ataladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə