Blackcurse


Nimcha — og’irlik o`lchovi, 400 gr dan ortiq.  Kol



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Nimcha
— og’irlik o`lchovi, 400 gr dan ortiq. 
Kol 
— 4, 53—4, 55 grammni tashkil etgan. 


29 
Tanob
– O`rta Osiyo xonliklarida ekin maydonini o`lchash uchun ishlatiladigan yuza 
birligi 1 tanob 3600 m kv. 
Farsax (farsang — parsang, porasang
) — SHarqda, jumladan O`rta Osiyoda Qadimdan 
ishlatilib kelgan masofa o`lchov birligi. Bir farsax 9—12 ming qadamga yoki 6—8 km ga teng 
bo`lgan. 
CHaksa
— O`rta Osiyo hududida Qadimdan to XX asr boshlariga qadar ishlatilib kelingan 
og’irlik o`lchov birligi. Turli joyda turlicha vaznni bildirgan, Xo`jand atroflarida qariyb 1 kg, 
Namanganda — 5,3 kg, Qo`qon atroflarida — 4,6 kg yoki 5,1 kg bir chaksa x,isoblangan.
Jarib —
958 kv.m.ga teng er maydoni.
Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr: 
v
Kаrimоv I.А. Оllоh qаlbimizdа, yurаgimizdа. T., 1999. 
v
Аhmеdоv B. Tаriхdаn qisqаchа izоhli lug’аt. T., 1977. 
v
Bеkmuhаmmеdоv Х. Tаriх tеrminlаri izоhli lug’аti. T., 1978. 
v
Islоm sprаvоchnigi. T., 1989. 
v
Fоmchеnkо А. O’rtа аsrlаr tаriхidаn izоhli lug’аt. T., 1978. 
v
O’z.M.E. 1-2 jild. T., 2000. 
v
Bоbur Z.M. Bоburnоmа. T., 1990. 
v
Millеr B.V. Pеrsidskо-russkiy slоvаr. M., 1953. 


30 
5-mаvzu. O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаrining tаriхiy аtаmаlаri 
Reja: 
1.
 
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri siyosiy аtаmаlаri. 
2.
 
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri iqtisоdiy аtаmаlаri. 
3.
 
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri diplomatiyasiga oid atamalar. 
4.
 
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri mаdаniy аtаmаlаri. 
O`rta asrlar davri uzoq davrni — milodning V—XVII asrlarini o`z ichiga olib, uni 
dunyoning barcha xalqlari o`z boshlaridan kechirganlar. Ma`lumki, Qadimgi dunyo tarixida 
quldorlik jamiyati asosan SHarq mamlakatlarida o`zining yuksak cho`qqisiga erishgan edi. 
Uning so`nggi davrida yuksak rivojlanishi markazi asta sekin G’arb dunyosiga ko`chdi. 
O`rta asrlar tarixidagi eng muhim voqealar qatorida xristian va islom dinlarining paydo 
bo`lishini alohida ta`kidlash lozim. Xuddi ana shu o`rta asrlarda buyuk geografik kashfiyotlar 
ham sodir bo`lib o`tdiki, u Yevropa xalqlari hayotida yangi davrni ochib berdi. Kapitalistik 
munosabatlar, ilk kapitalistik korxonalar ham o`rta asrlarning so`nggi davrida shakllandi. Lekin 
o`rta asrlar davri urushlar, ocharchilik va tabiiy sharoitlar ancha qiyin kelgan yillar bilan ham 
izohlanadiki, albatta, bu ham o`sha davr tarixida o`zining mash`um asoratlarini saqlab qolgan. 
O`rta asrlar tushunchasini mazmunan boyitgan feodalizm — kishilik jamiyati taraqqiyotida 
V asr oxiridan va XVII asrning o`rtalarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Feodalizm o`z 
taraqqiyoti yo`lida uch bosqichni bosib o`tdi. Feodalizm genezisi (V asr oxiridan XI asrgacha), 
rivojlangan feodalizm (XI — XV asrlar), so`nggi feodalizm (XVI asr va XVII asrning birinchi 
yarmi). Jahonning ayrim mintaqalarida feodal munosabatlari saqlanibgina qolmay, balki uning 
hukmron mavkei keyingi davrlarda ham davom etdi va endi uning mazmuni (kishilik jamiyati 
tarixi masshtabida) uning o`sib borayotgan darajasi bilan emas, balki maydonga kelayotgan va 
tobora mustahkamlanib borayotgan kapitalistik munosabatlarning darajasi bilan belgilanadigan 
bo`lib qolgan edi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə