Blackcurse


Alaf puli — O`rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazor, mevali bor va uzumzorlardan  olinadigan soliq.  Bazzoz



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Alaf puli
— O`rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazor, mevali bor va uzumzorlardan 
olinadigan soliq. 
Bazzoz
— ip — gazlama bilan savdo qiladigan do`kondor qadimda bunday do`kondorlar 
O`rta Osiyo bozorlarida ko`p bo`lgan. Bazzozlar gazlamalarni ot — aravalarga ortib, uzoq 
qishloqlarga olib borib sotishgan. 
Bakovul
— turli davrda turli xil ma`nolarni anglatgan 1.XVI — XIX asrlarda belgilangan 
joylarda savdogarlarning tamg’a, ya`ni boj solig’ining to`plab o`tishlari ustidan nazorat qilib 
turgan kichik mansabdagi harbiy xizmatchi, 
2.XV asrdan boshlab podsho, xon va lashkarga ovqat tayerlash ustidan nazorat qilib 
turuvchi harbiy mansabdor. Lashkarga maosh va ulufa, ya`ni oziq-ovqat taqsimlash ham 
bakovullar zimmasiga yuklatigan. Ular bovurchilardan bir daraja YUqori hisoblangan, 
3. XVIII — XIX asrlarda va XX asrning birinchi choragida hozirgi Buxoro, Samarqand, 
Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida tuylarda taom tayerlovchi pazanda ham 
bakovul deb atalgan. Pazandalar ustidan nazorat qilib turuvchi shaxs esa bakovulboshi deb 
atalgan, 
4.Hozirgi kunda respublikamizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari to`ylarida 
kurash, uloq (ko`pkari), poyga musobaqalarini boshqaruvchilar, hamda tuylarda taom tayerlash 
ustidan nazorat qiluvchi kishilarni ham bakovul deb atashadi. 
Avorizot
— XIII asrdan O`rta Osiyoda mavjud bo`lib, er egasi yoki hokimning xo`jaligida 
ishlab berish majburiyati. 
Arbobona —
Buxoro amirligida arboblar foydasiga xalqdan yig’ib olinadigan soliq. 
Og’irlik va uzunlik o`lchov birliklarini ifodalovchi atamalar. 


28 
Barid
— 1 CHopar, xat eltuvchi, pochtal’on, 2 XIV — XVI asrlarda O`rta Osiyo
xalqlarida keng qo`llanilgan masofa o`lchovi bo`lib, ikki farsax, ya`ni taxminan o`rtacha 12 km 
ga teng yo`l bo`lgan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə