Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Anarxo— Sindikatizm
— ishchilar harakatida anarxizm g’oyalari ta`sirida bo`lgan 
oqim. Anarxo — sindikalistlar kasaba uyushmalarini ishchilar sinfini tashkillashtirishning 
muhim shakli deb kisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kasaba uyushmalariga o`tishi shart. 
Bevosita harakat iqtisodiy ish tashlash, sabotaj, umumiy iqtisodiy stachka taktikasini qo`llashadi. 
O`nlar guruhi («Parij klubi»)
— xukumatlararo tashkilot. AQSH, Kanada, YAponiya, 
Bel’giya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, SHvetsiya va Angliya xukumatlari 
o`rtasidagi bitim natijasida 1961 yilda Parijda tuzildi. SHveytsariya ushbu tashkilotda rasman 


61 
ishtirok etmaydi, biroq uning vakili bu tashkilotning kengashlarida muttasil qatnashib turadi. 
Tashkilot to`g’risidagi bitim kreditlar to`g’risidagi Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) bosh bitimi 
tuzilgandan keyin 1962 yil 24 oktyabrda kuchga kirdi. «Parij klubi»ning rasmiy maqsadi — tang 
hollarda manfaatdor mamlakatlarga o`z fondidan yordam berish yo`li bilan XVFning valyuta 
zaxiralarini ko`paytirishdir. Klubning bitim bilan belgilangan dastlabki fondi 6 milliard dollarni 
tashkil etgan, hozirda u bir necha bor ko`paygan. 
O`nlar guruhi muntazam suratda amal kilmay, balki vaqti—vaqti bilan ikki darajada: 
vazirlar va lavozimlar darajasida o`tkazilib turadigan kengash shaklida amal kiladi. Vazirlar 
darajasida o`tkazilganda kengashda moliya vazirlari va markaziy banklarning boshqaruvchilari,
SHveytsariya bankining prezidenta, XVFning boshqaruvchi direktori, Iqtisodiy Hamkorlik 
va Rivojlanish tashkilotining bosh kotibi, Yevropa iqtisodiy uyushmasi komissiyasi raisi 
o`rinbosari qatnashadi. Lavozimli darajadagi kengashlarda moliya vazirligi, markaziy banklar, 
yuqorida ko`rsatib o`tilgan xalqaro tashkilotlar apparatidan yuqori lavozimli amaldorlar 
qatnashadi. Kengash kat`iy ravishda maxfiy o`tkaziladi. O`nlar guruhi raisi lavozimini guruh 
qatnashchilari bo`lgan mamlakatlar moliya vazirlari navbat bilan egallab turadilar. 
O`nlar guruhi amalda G’arbning valyuta moliya muammolarini tartibga solib turuvchi va 
XVFning siyosatini belgilab beruvchi organga aylanib qoldi. XVFning ko`p karorlari, jumladan, 
valyuta kurslarini belgilash, XVF oltin zaxirasini sotish, yordam berish shartlarini belgilash 
to`g’risidagi va boshqa karorlari ularni O`nlar guruhi tasdiqlagandan keyin qabul etiladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə