Sho`rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% mol.)
Azot
1,584
CO
2
2,307
Metan
90,52
Etan
3,537
Propan
1,06
i – Butan
0,209
n - Butan
0,260
i – Pentan
0,110
Geksan
0,119
Geptan
0,112
H
2
S
0,08
n - Pentan
0,093
Gazning tarkibida metan juda ko`pchilikni tashkil qilsa, bunday gaz "quruq
gaz" deyiladi. Gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz,
odatdagi gazdan farq
qilib, metandan tashqari ko`p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C
5
va undan yuqori
gomologlari mavjud bo`ladi. Gaz qazib olinayotganda bosimning tushishi
oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan
ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, "quruq gaz"
tarkibiga yaqin bo`ladi. Neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yo`ldosh neft
gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan bo`ladi
va ular kondan chiqarib
olingandan so`ng ajralib qoladi. Yo`ldosh neft gazlari tarkibi "quruq gazlar" dan
keskin farq qilib etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: