Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bmi mashhura

ISHLATILISHINI O’RGANISH 
Ko`pincha neft o`z tarkibida to`yingan uglevodorodlar (alkanlar, metan 
uglevodorodlari yoki parafin uglevodorodlar deb ham ataladi), sikloalkanlar 
(naften uglevodorodlar) va aromatik uglevodorodlar (arenlar) ni saqlaydi.
Neft qaysi kondan qazib chiqarilganligiga qarab tarkibi turlicha bo`ladi. Masalan, 
Volgograd oblastidagi va Farg`ona vodiysidagi neftlar. Ayrim hollarda 1 
regiondan qazib olingan 2 xil neft o`zaro keskin farq qilishi mumkin.
C
n
H
2n+2
qatoridagi uglevodorodlar hamma neft tarkibida mavjud bo`lib, uning 
fraksiyalarining asosiy tarkibiga kiradi. Metan uglevodorodlar fraksiyalarga bir 
tekis taqsimlanmaydi. Ular asosan neft gazlari va benzin, kerosin fraksiyalarida 
konsentrlangan bo`ladi. Moy fraksiyalarida esa ularning miqdori keskin kamayadi. 
Ayrim neftlarning yuqori fraksiyalarida amalda parafinlar bo`lmaydi. 
Gaz holatidagi parafin uglevodorodlar
. C
1
- C
4
uglevodorodlar: metan, 
etan, propan, butan, izobutan, hamda 2,2 - dimetilpropan (C
5
H
12
) - neopentan 
normal sharoitda gaz holida bo`ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari 
tarkibiga kiradi. Gaz konlari uch xil tipda bo`lishi mumkin.
1.Toza gaz konlari
2.Gaz kondensati konlari 
3.Neft konlari
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan 
tashkil topgan bo`ladi. Metanga qo`shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, 
butan, pentanning bug`lari hamda nouglevodorod birikmalar: CO
2
, N
2
va ayrim 
hollarda H
2
S bo`lishi mumkin. Respublikamizning Sho`rtan gaz konidagi xom 
gazning tarkibi quyidagicha (mol.% da): 
 


 
Sho`rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% mol.) 
Azot 
1,584 
CO
2
2,307 
Metan 
90,52 
Etan 
3,537 
Propan 
1,06 
i – Butan 
0,209 
n - Butan 
0,260 
i – Pentan 
0,110 
Geksan 
0,119 
Geptan 
0,112 
H
2

0,08 
n - Pentan 
0,093 
Gazning tarkibida metan juda ko`pchilikni tashkil qilsa, bunday gaz "quruq 
gaz" deyiladi. Gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz, odatdagi gazdan farq 
qilib, metandan tashqari ko`p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C
5
va undan yuqori 
gomologlari mavjud bo`ladi. Gaz qazib olinayotganda bosimning tushishi 
oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan 
ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, "quruq gaz" 
tarkibiga yaqin bo`ladi. Neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yo`ldosh neft 
gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan bo`ladi va ular kondan chiqarib 
olingandan so`ng ajralib qoladi. Yo`ldosh neft gazlari tarkibi "quruq gazlar" dan 
keskin farq qilib etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham bo`ladi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə