Bmi mashhura



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bmi mashhura

 
kirishishi mumkin. Hamma ushbu reaksiyalar sanoat ahamiyatiga ega. Yuqori 
haroratlarda alkanlar termik parchalanadi.
Qattiq parafin uglevodorodlar. 
C
16
va undan yuqori parafin uglevodorodlar 
normal sharoitda qattiq holatda bo`ladi. Geksadekan (C
16
N
34
) 18,1
0
C da eriydi, 
texnik nomi setan.
Qattiq parafinlar hamma neft tarkibida mavjud bo`lib, odatda kam miqdorda 
(0,1-5 %), parafinli neftlarda esa 7-12 % gacha bo`lishi mumkin. Qattiq parafinlar 
neft tarkibida erigan holda yoki muallaq kristall holatda bo`ladi. Nisbatan quyi 
parafin uglevodorodlarni (chiziqli strukturali) parafinlar deyiladi. Yuqori 
molekulyar qattiq parafin uglevodorodlarni esa serezinlar deyiladi. Sanoatda turli 
moylar va yoqilg`ilar tarkibidagi parafin uglevodorodlar deparafinlash jarayonida 
ajratib olinadi. 
Uglevodorod gazlarini suv bilan hosil qilgan klatrat birikmalari. 
Gazli 
gidratlar yoki suvli klatratlar ilgaridan ma'lum. 1811-yilda Devi xlorning gazli 
gidratini ochgan. Biroz keyinroq uglevodorod gazlarning suv bilan klatrat 
birikmalari izlanishlari o`tkazilgan.
Gazli klatratlar nostexiometrik qo`shma birikma bo`lib, umumiy formulasi 
M

nH
2

M – gidrat hosil qiluvchi molekula
n – 5,67 dan katta yoki teng. 
Tashqi ko`rinishi bo`yicha qattiq kristall modda bo`lib, qor yoki g`ovak muzni 
eslatadi. Biroq gazli gidratning kristallik panjarasi muznikidan 0
0
C dan yuqori 
haroratda stabilligi bilan va ma'lum o`lchamdagi ichki yo`lakchalari bilan 
farqlanadi. Ushbu yo`lakchalar (g`ovakliklar) va uning o`lchamlari turli birikma 
molekulalari o`lchamlari uchun to`g`ri keladi. Xususan metan, etan, propan, 
izobutan, etilen, propilen, atsetilenlar uchun. Gazli gidratlarning tuzilishi 1940-50 
– yillardagi Shtakelberg izlanishlari natijasida aniqlangan. Gidrat hosil qiluvchi 
ishtirokida o`zaro vodorod bog`lari bilan bog`langan suv molekulalari ikki xil 
tipdagi kristallik panjara hosil qilishi mumkin: 1 – tip tarkibiga elementar 
yacheykasi 46 suv molekulalaridan tashkil topgan o`rtacha diametri 0,52 nanometr 


 
bo`lgan dodekaedr formali 2 kichik yo`lkadan va (o`rtacha diametri 0,59 
nanometr) 6 tetradekaedr formali katta yo`lkadan iborat bo`ladi. 2 – tip tarkibining 
elementar yacheykasi 136 suv molekulalaridan iborat bo`lib, 16 kichik diametri 
0,48 nanometr va 8 katta diametri 0,68 nanometr yo`lkalardan tarkib topgandir. 
Agarda "mehmon" molekulasining maksimal o`lchami 0,48 nm dan kam bo`lsa, 
ikkinchi tip kristallik struktura hamma yo`lkalari to`lib ketishi mumkin. Ushbu hol 
gaz gidratlarining umumiy formulasidagi n ning qiymati minimal qiymat 5,67 ga 
teng deb qabul qilinadi.
Metan va C
2
– uglevodorodlar birinchi tip tuzilishli gazli gidrat hosil qiladi. 
Propilen va izobutanlar M

17 H
2
O tarkibli gidratlar hosil qiladi va 2 – tip 
tarkibining faqat katta g`ovaklarini to`ldiradi. Butan va yuqori gomologlar 
molekulalarining o`lchami 0,69 nm dan ortiq bo`lgani uchun ular gidrat hosil 
qilishi jarayonida qatnashmaydilar. Turli birikmalar molekulasi gidrat hosil 
qilishda ishtirok etishi va aralash gaz gidratlarini vujudga keltirishi mumkin. 
Gidratlar hosil bo`lishi bilan quvur va apparaturalar to`lib boradi. Ushbu holat neft 
qazib chiqarish, gaz va neftkimyo sanoatida va ularning turli jarayonlarida sodir 
bo`lishi mumkin.
Gidrat hosil bo`lishining oldini olish uchun va hosil bo`lgan gidrat to`siqlarini 
yo`qotish uchun quyidagi usullarni ishlatish mumkin:
1. Haroratni ko`tarish (gazni issiq suv yoki bug` bilan qizdirish). 
2. Bosimni pasaytirish. 
3. Gaz tarkibidagi suv miqdorini quritish, muzlatish yoki maxsus 
qo`shimchalar (glikollar, spirtlar) qo`llab suv bug`ining parsial bosimini 
pasaytirish.
Dengiz yoki okean suvini chuchuklashtirishda gazli gidratlardan foydalanish 
taklif qilingan. Masalan, dengiz suvi bilan suyuq propan aralashtirilsa, gidratlar 
hosil bo`ladi, suvda erigan tuzlar esa gidrat panjarasiga kirolmay qoladi.
Gidrat holida tabiiy hamda inert gazlarni saqlash – gazli gidratlarni boshqacha 
qo`llash imkoniyatlarini ham ko`rsatadi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə