Alkanlarning termik parchalanishi radikal zanjir mexanizmi bo`yicha ketadi.
Odatda neftni qayta ishlashda parafinlarni katalitik
degidrirlash hamda neftdan
to`g`ridan-to`g`ri haydab olingan distillatlar bug` fazada kreking jarayoni orqali
alkenlarga aylantiriladi. Bundan tashqari benzinlarning oktan sonini oshirish uchun
butan, pentan va geksanlar izomerizatsiya qilinadi.
Nitrolash.
Konsentrlangan nitrat kislota alkanlarga past haroratda ta’sir
etmaydi. Yuqori haroratda esa ularni oksidlab yuboradi.
Alkanlarni nitrolash
suyultirilgan (13-40% li) nitrat kislota bilan yuqori haroratda (175-550
0
C) olib
boriladi (Konovalov M.I. reaksiyasi).
Alkanlarni suyuq fazada ham nitrolash mumkin. Lekin bunda
nitrobirikmalarni hosil bo’lish miqdori juda kam bo’ladi.
Reaksiya uchlamchi
uglerod atomlari tutgan uglevodorodlar bilangina yaxshi natija beradi.
Bug’ fazada nitrolanganda reaksiyani o’tkazish harorati uglevodorodning
tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
Uchlamchi uglerod atomi tutgan
uglevodorodlar past haroratda, birlamchi
uglerod atomi tutgan uglevodorodlar yuqori haroratda nitrolanadi.
Nitrolash
jarayonida nitrolovchi agent sifatida azot kislotasi o’rniga azot oksidlaridan ham
foydalanish mumkin. Nitrolash reaksiyasi radikal-zanjirli mexanizm bilan boradi.
Alkanlarni nitrolash natijasida olinadigan nitrobirikmalardan
erituvchilar,
portlovchi moddalar va boshqalar sifatida foydalaniladi.
Galogenlash.
Alkanlarni galogenlash jarayoni radikal zanjir reaksiyasiga
mansubdir. Galogenlashning uch turi mavjud:
1. Termik.
2. Fotokimyoviy.
HO : NO
2
HO
Dostları ilə paylaş: