Bmi mashhura


Aromatik uglevodorodlarning manbalari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bmi mashhura

Aromatik uglevodorodlarning manbalari. 
XIX asr va XX asrning birinchi 
o’n yilligi davomida benzol va boshqa aromatik uglevodorodlarning manbai 
ko’mirni quruq haydash (kokslash) bo’lgan. Тoshko’mirni havo kiritmasdan 1000–


 
1300
0
gacha qizdirilganda toshko’mirning organik moddalari parchalanib qattiq 
suyuq va gazsimon mahsulotlar hosil bo’ladi. 
Quruq haydashning qattiq mahsuloti g’ovak massa 
koksdan
iborat. Koks juda 
ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va asosan metallurgiya sanoatida metallarni 
olishda qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. 
Quruq haydashning suyuq mahsuloti bu qora tusli yopishqoq yelim (smola) 
toshko’mir qatroni bo’lib, uglevodorodlar, kislorod va azot tutgan moddalarning 
murakkab aralashmasidan iborat. Hozirgi vaqtda toshko’mir smolasini haydash 
orqali 120 dan ortiq turli xil moddalar ajratib olinadi, ularning asosiy qismini 
aromatik uglevodorodlar (benzol va uning hosilalari) tashkil qiladi. 
Quruq haydashning gazsimon mahsuloti koks gazi deb ataladi. Koks gazi 
tarkibida 60% gacha aromatik uglevodorodlar bo’ladi. Undan benzol, toluol va 
boshqa moddalar ajratib olinadi. Hozirgi vaqtda benzolning ko’p qismi shu usulda 
olinadi. Bundan tashqari koks gazidan kimyoviy xom ashyo sifatida keng 
ko’lamda foydalaniladi.
1000 kg toshko’mir smolasidan o’rta hisob bilan 16 kg benzol; 2,5 kg toluol; 
0,3 kg ksilol, fenol va krezollar 20 kg; 20–60; antratsen 5–20 kg olinadi. Ammo, 
hozirgi vaqtda aromatik uglevodorodlarning asosiy manbai neftdir. Markaziy 
Osiyodagi neftlar tarkibida 40–60% gacha aromatik uglevodorodlar bo’ladi. 
Neftdan aromatik uglevodorodlar, asosan maxsus usullar bilan termik qayta 
ishlanib, ya’ni krekinglab, pirolizlab, naften uglevodorodlarni degidrogenlab va 
parafin uglevodorodlarni katalizatorlar ishtirokida halqalab (degidrotsiklizatsiya 
reaksiyasi) olinadi. 
Aralash tuzilishdagi uglevodorodlar (gibridlar) arenlarining miqdori turli 
neftlarda har xil bo’lib, 15% dan 50% gacha bo’ladi arenlarni o’rtacha miqdori 
kam parafinli neftlarda 37,4 % ni, o’rtacha parafinli neftlarda 30,6% yuqori 
parafin neftlarda 20,8%ni tashkil qiladi. Arenlar neftda benzol va uning 
gomologlari sifatida mavjud. Bulardan tashqari neftda aren gibrid uglevodorodlar- 
aromatic halqalar va alkan zanjirlari hamda to’yingan siklli uglevodorodlari-
aralashma tuzilishdagi uglevodorodlar ko’rinishida ham bo’ladi. Benzin 


 
fraksiyasida asosan aromatik uglevodorodlardan; toluol, m-ksilol va psevdokumol 
ko’pini tashkil qiladi. Tarkibida C
9
bo’lgan benzol gomologlari 180-200 C 
fraksiyada bo’ladi. 230-275C li fraksiyada asosan C-10 va undan ortiq uglerodli
aromatik uglevodorodlar bo’ladi . Kerosin fraksiyada naftalin va uning 
gomologlari bo’ladi. 
Neftni krekinglashni, odatda 450–650
0
C da, pirolizlashni esa 650–750

C da 
olib boriladi. Shunda neft mahsulotlari parchalanib aromatik uglevodorodlarga 
aylanadi. Aromatlanish reaksiyasi mexanizmini umumiy holda quyidagicha 
ifodalash mumkin:
Olefinlar
Siklogeksanlar 
C
n
H
2n 
C
6
H
12 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə