Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə80/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

3. JADIDCHILIK HARAKATI7


«Asrimiz boshlаridа jаdidlаrning o'z hisobidаn mаk-tаblаr, kut^xom^r, qiroаtxonаlаr, teаtrlаr, ro'zno-mаlат tashkil etgаnliklаrini, dаrsliklаr, qo'llаnmаlаr nashr qilgаnliklаrini, u^rni Turkiston bolаlаrigа bepul tаrqаtgаnliklаrini eshylik}}.
Islom Karimov.

XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidichilik harakati keng quloch yoyib rivojlandi. «Jadid» so'zi arabcha yangi usul degan ma'noni anglatadi. Jadidchilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma'rifiy harakatning, ya'ni eski maktablarning qiyin o'qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan yangi uslub (metod) asosida o'qitishga o'tishdangina iborat emasdi, ayni chog'da turk-islom huquqiy munosabatlarining millatga o'rgatilishi, milliy-ma'rifiy, taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o'z ichiga olgan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O'rta v a Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan turli oqimlar va Turkiyadagi «Ittihodiy va taraqqiy», «Yosh turklar» harakatining ta'siri katta bo'ldi.


XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik harakat jarayoni asosan ikki yo'nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo'nalish chor Rossiyasiga qarshi kurashni tur-licha g'oya va yo'nalishlarda olib borish maqsadida Rossiyaning o'zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning vakillari edilar. Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr to'ntarilishiga qadar ham o'lkada siyosiy partiya o'laroq uyushib shakllanmagan edilar. Chunki ular oz son-li va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning vakillaridan iborat bo'lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga ham ommaviy sur'atda ergashmagan, ularni qo'llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga a'zo bo'lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa bo'lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g'ayridin-kofirlar deb, bosqinchi-mustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarning dastur maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g'oyasi va saviyasidan yiroq bo'lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va ularni qabul qilmaganlar.
Hali oktabr to'ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir guruh andijonlik jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo'llab, ularning g'oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi o'zlariga singdira olmasliklarini bayon qilgan edilar. «Siz-ning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to'g'ri kelmaydi, -deyiladi o'sha xatda. - Shuning uchun kelguvsi davlatchilik hayo-tini birdaniga umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo'llab bo'lmaydi ... Bizda sizning sof rus­cha ma'nodagi dehqonlar yo'q. G'arbiy Yevropacha ma'nodagi fermerlar va ijarachilar yo'q. Bizda erkin dehqon yashaydi. Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas va balki ijarachi fermer ham bo'lmagan, erkin mulkdor bo'lib kel-gan. Muqaddas islom bizni hech qanday tabaqalarga va sinflarga bo'lmagan. Shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo'qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh mulk-dor bo'lishidan qat'iy nazar teng huquqlidirlar».8
Sotsial-demokratlarda birlik bo'lmagan, ular ikki guruhga bo'lingan edilar. Bir guruhi bolsheviklar, ikkinchi guruhi esa mensheviklar deb atalgan. Ular bir-birlarini inkor etganlar. O'lkada proletariat-ishchilar hali sinf sifatida shakllanmagan edi. Asr boshida Turkistonda j ami bo'lib 34 ming ishchi bo'lgan, xolos. U ham bo'lsa asosan kichik-kichik korxonalar va temiryo'llarda ish laydigan xodimlar edilar. Xorazm, Qoraqalpog'iston, Qash qa daryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda ishchilar umuman bo'lmagan desa ham bo'ladi. Shu bois Turkiston o'lkasida marksizm-leninizmning yorqin ko'zga tashlanadigan bironta otashin vakili mahalliy xalq orasidan umuman yeti-shib chiqmagan. Bas shunday ekan, marksizm-leninizm bay-rog'i ostida Turkiston xalqlari inqilobiy harakatlarni amalga oshirdilar, deyishning o'zi mantiqsizlikdir. Bunday harakatlarni sabablar va taqdirlar bilan o'lkaga kelgan rusiy zabon millatlar vakillari amalga oshirganlar.
Ikkinchi yo'nalish Turkiston o'lkasida islom g'oyasi bir-ligi va jadidichilik harakati bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatdi. Bu harakat o'lkadagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatda asosiy kuch bo'lib mahalliy xalqlarning ongli qismi ularga ergashib borgan. Islom g'oyasi tarafdorlari va jadidchilar faoliyatida Rossiya ma'murlari o'zlarining asosiy raqiblarini ko'rganlar va ularga qarshi keskin kurash olib borganlar. Chor ma'murlari bu kurash-ni «panturkizm» («turkparastlik») va «panislomizm» («islom-parastlik») deb atalmish ataylab o'ylab chiqilgan g'oyalar asosida olib borganlar. Jadidlar harakatidagi asosiy va bosh g'oya mil-liy istiqlol, Turkistonda davlat mustaqilligi uchun kurash, turkiy xalqlar birligidan iborat bo'lgan.
Shu boisdan ham Turkiston xalqlari birinchi jahon uru-shi arafasi va yillarida Rossiya davlati tarkibida bo'lsalarda qardoshlik va diniy qarashlardan yaqin bo'lgan Turkiyani qo'l-lab-quvvatladilar, unga har tomonlama yordamlar uyushtirdilar. Chor ma'murlari Turkiston xalqlarining Turkiya, Afg'oniston, Eron va boshqa musulmon mamlakatlari bilan aloqalaridan o'lgudek qo'rqqanlar va o'z ayg'oqchilari yordamida bu munosabatlarni o'ta ziyraklik bilan kuzatib borganlar. Ular Turkistondagi har bir voqea, milliy ozodlik harakatida musul-mon davlatlari qo'lini ko'rganlar va uni oldini olish choralarini ishlab chiqqanlar. Masalan, Rossiya siyosiy razvedkasi va maxfiy politsiyasi bo'lgan Turkiston tuman muhofazasi bo'limi (TTMB) arxivida Turkiyaga xayrixoh ish ko'rayotgan o'zbek boylari va ziyolilari faoliyatiga oid ko'plab ayg'oqchilik ma'lumotlari saqlangan. TTMBning «O'ttizinchi», «Keldi», «Qori», «Turk», «Afandi» laqabidagi ayg'oqchilari maxsus ish bilan band bo'lgan. Shulardan ayrimlarini keltiramiz:
1912-yil 23-oktabr «O'ttizinchi» axboroti:
- Toshkentdagi sartlardan biri menga aytishicha, musul-monlarning bari turklarning urushdagi (Serbiya bilan) mag'-lubiyatlaridan xafa bo'lmoqdalar. Turkiston musulmonlari o'rtasida Turkiyaga yordam berish uchun xayriya to'plash kuchaygan. Toshkent yaqinidan 40 ming so'm jo'natilgan. Buxorodan ham pullar kelgan. Ularning hammasi ziyoratchilar orqali jo'natilmoqda.
1913-yil 19-aprel. «O'ttizinchi» axboroti:
- Qo'qonda Turkiya foydasiga pul to'planmoqda. O'tgan yili sentabrda 23000 so'm jo'natilgan. Hozir esa 16 ming so'm yig'ilgan. Ular mahalliy boylardan Solixjon Muhammadjonovda saqlanadi... Qo'qonda qandaydir sartdan qurol-yarog' transporti musodara qilingan. Bu qurol-yarog' Qo'qon stansiyasiga qand shaklida jo'natilgan.
1916-yil 10 sentabr. «Afandi», «Turk» va «Keldi» axbo-rotlaridan parcha:
- Andijon tumanidagi Asaka qishlog'ida toshkentlik boy sart Said Qosim Ahmadboyev yashaydi. Katta do'koni va ancha yeri bor. U ko'pdan beri Turkiya bilan aloqada. Har yili unga paxta olib keluvchi aravakashlardan u Turkiyaga yordam uchun maxsus soliq oladi. Boyning yillik harakatdagi sarmoyasi 300000 so'm. Uning 25 qishloqda yeri 14 aravakashi bor. Andi-jonlik sarmoyador Mirkomil Mirmo'minboyev ham Turkiyaga yordam berganlikda, urushda Turkiyaning g'alabaga erishuviga ishonib targ'ibot olib borganlikda ayblanib chor ma'murlari tomonidan tergov qilingani haqida arxiv hujjatlari shohidlik be-rib turibdi.
Turkiston harbiy okrugi shtabi kontrrazvedka bo'limi boshlig'i, alohida jandarmlar korpusi podpolkovnigi Prigora va TTMB boshlig'i polkovnik Volkov o'rtasida 1914-1916-yillardagi yozishmalarda asosiy mavzu «Turk josuslari» haqida borgan. Ular fors fuqarosi Abbos Ali o'g'lini turk josusi Ahmad afandi deb hisoblab qamashgan. Uzoq tergovdan so'ng 1917-yil 22-fevralda siyosiy idoralar uning chindan ham fors fuqarosi Abbos o'g'li ekanini aniqlashdi. Shu birgina odam haqidagi ter-gov materiallari 89 betni tashkil qilgan.
Turkistonda jadidichilik harakatining katta ijtimoiy siyo-siy kuch sifatida maydonga chiqishida barcha shart-sharoit va omillar yetilgan edi. Ma'lumki, Yevropa XVIII-XIX asrlarda o'z boshidan texnika taraqqiyotini kechirib, XX asr madaniyati va turmushi uchun mustahkam poydevor yaratilgan edi. Osiyo, jumladan, Turkiston esa bu sohada orqada qolib ketgandi. Uchta o'zbek xonliklari (Buxoro, Xiva, Qo'qon)ning o'zaro birodarkushlik urush va nizolari, Rossiyaning bu davlatlarga bostirib kirishi, mintaqaning mustamlaka holatiga tushib qo-lishi, mustamlakachilik milliy zulmning o'rnatilishi va uning ku -chayib ketishi o'sha qoloqlikni yanada chuqurlashtirib yuborgan edi.
Qoloqlik va jaholatni, o'lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qo-lib ketgani, islom va shariat oyoq osti qilingani va bunday og'ir fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o'z zamonasining ilg'or, ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo'la boshladi. Ijtimoiy uyqudan uyg'onish, milliy uyg'onish tari-xiy zaruriyat bo'lib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, jadidichilik harakati ijtimoiy rivojlanishning, tarixiy taraqqiyotning talab vaehtiyojlariga javob tariqasida obyektiv ravishda maydonga kel-di. O'lkada millatning dard alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali, og'ir qismatini o'z qalbi va vujudidan o'tkazib, o'zining butun borlig'ini, aql-zakovatini, ongli hayotini erk ozodlik taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir yangi avlodi shakllanadi.
Turkistonda jadidchilikning maydonga kelishi va rivoj-lanishida Usmonli Turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy, ma-daniy-mafkuraviy g'oya va harakatlarning ham ta'siri kuchli
bo'ldi.
Ayniqsa, Turkiya sultoni Abdulhamid II davrida (1876-1909) mamlakatni qoloqlikdan olib chiqishga qaratilgan islohotlar, qabul qilingan qator qonunlar va ularning hayotga tatbiq eti-lishi Turkiston xalqlari uchun ham ahamiyatli edi. Turkiyadagi progressiv islohotlar, Yevropa madaniyati va turmush tarzini mamlakatda keng omillashuviga olib keladi. Bu ijobiy tenden-siya Turkistonga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Shuningdek XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va «Tarjimon» jaridasi (1883-yildan Qrimda chiqa boshlagan) tachkilotchisi Ismoil Gaspiralining faoliyati ham Tur-kiston jadidlariga juda kuchli ta'sir ko'rsatgan. Uning jadidchilik faoliyati butun Sharqda, jumladan, Turkistonda mashhur bo'lib ketgandi. Ismoil Gaspirali Turkistonda bo'lgan va o'zining o'tkir asarlari bilan o'lka jadidlarining dunyoqarashiga katta ta'sir ko'rsatgan. Ayniqsa, yangi usul maktablarining vujudga kelishida turtki, namuna bo'lgan.
Bu vaqtda Turkistondan, Xiva xonligidan, Buxoro amirligidan Turkiyaga borib tahsil ko'rayotgan ko'plab ziyoli-lar, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar, ilg'or Yevropa turmush tarzi, texnika taraqqiyoti, madaniyati, ma'rifatidan ta'sirlanish, unga havas bilan qarash, o'z vatanlarida ham bu kabi o'zgarishlar bo'lishini qo'msash his-tuyg'ulari uyg'ona boshlaydi.
1889-yilda «Ittihod va taraqqiyot» nomli hurriyatparvar jamiyatlar butun Turkiya bo'ylab maydonga keladi.9 Turkiyada


tahsil ko'rayotgan turkistonlik ziyolilar o'z vatanlariga qaytib ona yurtlarida ham o'shanday «Ittihod va taraqqiyot» jamiyatlarini tashkil etganlar.
Sobiq Ittifoq tashqi ishlar mi-
nistrligi huzuridagi SSSR tashqi
siyosati arxivida, O'zbekiston Res-
publikasi Milliy xavfsizlik xizma-
ti arxivida Turkiston «Ittihod va
taraqqiyot»chilari haqida ko'plab
manbalar saqlanib qolgan. Jadidchi-
lik harakati faolllaridan biri, keyin-
chalik sho'rolarga aldangan va rah-
barlik lavozimlarida xizmat qilgan, Sa'dullaxo'ja
30-yillar boshida qatag'on bo'lgan
Akbar Boytursunovich O'razaliyev 1925-yil 6-iyulda Moskvada Xitoyga diplomatik xizmatga ketish oldidan shaxsiy varaqasidagi «O'tmishda qanday partiyaga mansub edingiz?» degan anketa savoliga shunday javob yozgan: 1914-yildan 1917-yilgacha yosh o'zbeklarning «Ittihod va taraqqiyot» yashirin tashkiloti a'zosi bo'lganman»10. Mahbus Sa'dullaxo'ja Tursunxo'jayev 1937-yil 1-avgustda tergovchining «Siz millatchi aksilinqilobiy tashkilotlar rahbari sifatida hibsga olingansiz? Shu ayb mazmuni bo'yicha ko'rsatma bering?» - degan savoliga shunday javob qilgan: «Ha, men aksilinqilobiy, millatchi tashkilotlarga rahbar bo'lganman. Millatchilik faoliyatimni 1905-1906-yillardagi «Taraqqiyparvar» nomli burjua millatchi tashkilotidan boshlaganman. 1912-yildan boshlab Andijon shahridagi bu tashkilotning rahbarlaridan biri bo'lganman...»11. Aftidan, qiynoq va azob berishlar mahbusni avvalgi faoliyatidagi voqealarni e'tirof etishga majbur qilgan bo'lsa kerak.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə