Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov


Zakiy Validiy To'g'onning esdaligidan



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə82/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Zakiy Validiy To'g'onning esdaligidan:

«...Turkistonda tanishgan shaxslar orasida Nazir To'raqulov bilan Abdulhamid Sulaymon (Cho'lpon) menga alohida yaqin do'st bo'ldilar... Keyinroq o'zbeklarning eng buyuk shoiriga aylangan Cho'lpon o'sha vaqtda 15 yoshlarda bo'lgan bo'lsa kerak. Menga tarix kitobimni o'qib, ilhomlanganligi va fikrdosh-lik qilishimni aytib, xat yozdi. Andijonga uylariga mehmonga taklif qildi... Buyuk o'zbek shoirining o'zi bilan ham, uning mehmondo'st otasi bilan ham tanishib oldik... Sulaymon aka bilan xayrlashdik, u kishining menga qilgan sovg'alarini onamga olib bordim...»13.


Cho'lpon 1914-yildan Qo'qonda «Sadoi Farg'ona» nomi bilan chiqayotgan jadid gazetasining Andijon dagi obunachi va e'lon qabul qiladigan vakili bo'lganligi gazeta sahifalarida qayd etil-gan. Cho'lpon bilan birmuncha vaqt birga ishlagan Ahmad Zakiy Validiyning guvohlik berishicha, bo'lg'usi shoir 1913-yildayoq Turk tarixiga doir asarlarni o'qib chiqqan, so'ngra «Turk yurdi» va «Say ra» kabi turkchilik nashrlarini kuzatar ekan»14.
O'zbek ma'rifatchiligining to'ng'ich bo'g'iniga mansub mashhur murabbiy va jurnalist Mo'minjon Muhammadjonov 1916-yilda Cho'lpon bilan ilk bor uchrashgani xususida shunday yozgan:
«Abdulhamid har kuni xususiy ravishda ruscha o'qir edi.



Tatariston, Ozarboyjon, Hindis-
tonda chiqadigan hamma gazeta
va jurnallarga mushtariy bo'lib,
ruscha gazetalarni ham o'qir edi»15.
Andijondagi«Taraqqiyparvarlar»,
«Padar kushchilar», «Gap»chilar
nomi ostida faoliyat ko'rsatgan
ijtimoiy-siyosiy jamiyatga man -
sub yoshlar safida Usmonxon
Eshonxo'ja o'g'li, Fozilbek Otabek
qozi o'g'li, Akbar O'razaliyevlar
bo'lgan. Usmon Eshonxo'ja o'g'li
(1899-1937) Andijonning yangi
shahridagi rus-tuzem maktabini,
oliy boshlane'ish bilim yurti-Ahmad Zakiy Validly lo'g'on .J , . °
ni, erlar gimnaziyasini bitirgan,
muallimlik qilgan, «Turkestanskiy golos» gazetasida ishlagan. «Bu gazeta, - deb yozgan Usmonxon keyinchalik - butun Turkistonda o'zining inqilobiy yo'nalishi jihatidan yagona gazeta edi. Uning muharriri Turkistonda tanilgan sotsialist-revolyutsioner Vadim Chaykin edi»16.
Fozilbek Otabek qozi o'g'li (1886-1938). Madrasani, rus-tuzem maktabini bitirgan, faol jadidchi. «Rossiya telegraf agentligi» (ROSTA) Turkiston bo'limi, Andijon shu'basi mudiri bo'lib xizmat qilgan. O'zbek italyan, fors tillarini bilgan, mohir publi tsist, tarjimon, olim.
Akbar O'razaliyev (1890-1937) faol taraqqiyparvarchilardan. Uning 1917-yil 24-fevralda Turkiston general-gubernatori A.N.Kuropatkinga yozgan arizasida shunday satrlar bor: «... 1914-yilning 6-iyunida Andijon shahrida mahalliy havaskor sart yoshlari tomonidan ko'ngilochar kecha tashkil qilindi. Unda sart tilida Mahmudxo'ja Behbudiy yozgan «Padarkush» nomli pyesa ham qo'yilgan. Pyesa o'z mazmuniga ko'ra ibratli edi. Hozirgi zamon sartlari jamiyatning ma'naviy tushkunligi-ni ochib bergan. Shu kechada to'plangan mablag'ning bir qis­mi Andijondagi erkaklar progimnaziyasi foydasiga, qolgan qis-mi esa ko'ngilochar boshqa muassasalar foydasiga sarflangan. Bu kechani o'tkazish uchun mahalliy rus hukumatining roziligi olingan. Bu pyesani sevib, uni o'ynaganlardan biri men edim...»17.
Bu o'rinda Andijondagi «Taraqqiyparvarlar»ning tahsinga sazovor tashabbuslaridan birini eslash ham joizdir, 1917-yilning 19-fevralida shahardagi mah alliy jamoat arboblari, ma'rifatparvar tashkilotlar vakillari, jadidlarning Farg'ona vodiysida zamonaviy institut ochishga bag'ishlangan yig'ilishi bo'ladi. Yig'ilish kech-qurun yetti yarimda boshlanib tungi 3 gasha davom etadi. P.M.Turniyeyev, P.N.Sheremetyevskiy, V.A. Chaykin va boshqa ko'plab notiqlar o'z so'zlarida Farg'ona oliy texnika maktabi ochish zarurligini har jihatdan asoslab beradilar. Soat 11 ga borib jamoat tashkilotlari va ayrim shaxslardan institut ochish uchun 40 000 so'mlik hayriya jamg'armasi tashkil bo'ladi. Bu jamg'arma tarkibida ko'plab taraqqiyparvarlar bo'lgan. Ma'rifat havaskorlari jamiyati 5000 so'm, millioner boy, jadid Ahmadbek hoji Temurbekov 25000 so'm hadya etadi. «Sahovatli boy, o'zbek milliy sarmoyadorlarining tipik vakili Ahmadbek hoji keyin yana ko'p mablag' ajratishga va'da qiladi... Yig'ilishda institut ochish ni hal etish ushun 15 nafar a'zodan iborat tashkiliy qo'mita saylanadi... Xuddi shunday tashkiliy qo'mitalar, institut ochish hayriya fondlari vodiyning Qo'qon, Namangan, O'sh, Skobelev shaharlarida ham tashkil etilib, ularda jamiyatlar xizmati katta bo'ladi»18. O'zbek ma'rifatparvarlari qudratli guruhining faoliyati haqida rus mahfiy politsiyasi TTMB katta m a'lumot to'plagan edi. U Turkiston yoshlarining Turkiya bilan aloqasidan cho'chigan va yosh turklar ta'sirini yo'qotish choralarini izlagan. TTMB arxivida Mirza Ahmad Qushbegiyevning «Taraqqiyparvarlar jamiyati g'oyalari ocherki» deb nomlangan ma'lumotnomasi bu jihatdan diqqatga sazovordir. «Taraqqiyparvarlar» jamiyatining bosh g'oyasi, - deb yozgan A. Qushbegiyev, - yosh turklar taraqqiyotiga taqlid etishdir. Ularning rejasi xalqqa siyosiy va ichki erkinlik berish. Ular aholi o'rtasida o'z e'tiborlarini siyosat va din zaminidagi harakatlari bilan amalga oshirishni rejalash­

tirishgan. Ular o'zlarini xalqni rus va mahalliy ma'muriyat zulmidan xalos etishga qaratilgan siyosatni olib boruvchilar qi-lib ko'rsatishga intilishadi, rus tili va ma'lumotini egallagan va rus elementlari doirasida yuruvchi yoshlarning ko'pchiligi ularga xayrixoh va g'oyalarini tarqatishda yaqindan yordamlashadi»19.
TTMB turklarga xayrixoh yoshlar safidan eng xavflisi deb Munavvar Qoridan so'ng uning do'sti Ubaydulla Asadul-laxo'jayevni bilgan va uni tezda ro'yxatga olgan. U maxfiy ayg'oq-chi ta'rificha, «rus tili va ma'lumotini egallagan yoshlar dan» edi. Toshkent eski shaharining «Qoryog'di» mahallasida bog'bon Asadulla Mahsum oilasida dunyoga kelgan Ubaydullaxo'ja rus-tuzem maktabini bitirgach, kelishtiruvchi sudya idorasida til-moch sifatida faoliyatini boshlagan. Uning uquvligi, aql-idroki va bilimga chanqoqligi sudya e'tiborini o'ziga jalb qiladi. Saratov shahriga jo'nashga to'g'ri kelganda Ubaydullani ham o'zi bilan olib ketib, unga ustoz bo'lishining sababi ham shu edi. Saratovda u adliya bo'yicha mutaxassislikni o'rganib, ham nazariy, ham


amaliy bilimlarni egallaydi. O'sha yillarda u rus inqilobiy g'oyalariga qiziqib, eserlar bilan yaqinlashadi.
Ubaydullaxo'ja 1909-yilda Lev Tol-
stoyga xat yozgani va uning ta'limoti
haqida o'z fikr-mulohazalarini bil-
dirgani diqqatga sazo vor. Buyuk
adibning yosh o'zbek yigiti maktubiga
javob yozib, Saratovga yo'llagani ham
Ubaydullaning aql-zakovati ulug'
yozuvchi e'tiborini jalb qilganidan
dalolat beradi. U sotsial-demokrat,
eserlar dasturi bilan tanishadi va
o'z dunyoqarashini shakllantirishda

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə