Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə90/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Xaudapoe X. «5KH33ax Tapnxi^aH naBxanap», 55-6eT.
chorvadorining uyida o'ziga panoh topadi. Bu voqeadan xabar-siz Abdurahmon Jevachi boshchiligidagi qo'zg'olonchilar 14-iyul kechasi Bog'don mirshablar mahkamasiga hujum boshlaydilar. Ular yo'lda Yangiqishloq yaqinida pristav aloqachisi S.N. Sim-birsevni Jizzax jazo otryadini chaqirish to'g'risidagi maxfiy xat bilan qo'lga olib uni o'ldiradilar. 15-iyul ertalab Bog'don mirshablar mahkamasini ishg'ol qilgan qo'zg'olonchilar u yerda Borillani topolmaydilar. Vatanparvarlar Bog'don mirshablar mahkamasidan mardikorlikka jo'natilishi lozim bo'lgan 1950 nafar yigitlar ro'yxati yozilgan hujjatni topib oladilar va barcha hujjatlarni yirtib yoqib yuboradilar, mirshablar xonasini ostin-ustin qilib barcha buyumlarni sindirib tashlaydilar.
Qo'zg'olonchilar son jihatdan kun sayin ko'payib bordi. Abdurahmon Jevachi Jizzaxdagi qo'zg'olonchilarga bevosita va amaliy yordam berishga qaror qiladi. U 14-17-iyul kunlari Bog'don mintaqasidagi bekliklarga o'zining ishonchli vakillarini jo'natdi va birgalikda harakat qilib Jizzax tomon yurish kerak-ligini bildirdi. Natijada Forish, Narvon, Majrum va boshqa bekliklarning vatanparvarlari ham oyoqqa turdilar. Bu yurishga Ilonchi, To'qay, Anamuna, Yomchi qishloqlarining mingbo-shi jaynoq Abdurasulov boshchiligida qurollangan 200 otliq dovyurak yigitlar ham kelib qo'shildilar. Jizzax tomon yurgan qo'zg'olonchilarga Abdurahmon Jevachi o'zining yetti o'g'li Norbek, Doston, Islom, Qorabek Dovil, Sorabeklar bilan birga bosh bo'lib bordi. Bog'donlik qo'zg'olonchilar yetib kelganga qadar chor qo'shinlari Jizzaxdagi qo'zg'olonni bostirib olgan edi. Shunga qaramasdan Abdurahmon Jevachi boshchiligidagi vatanparvarlar Qili arig'i yonida podpolkovnik Afanasyev boshchiligidagi rus qo'shinlarini qurshovga oldilar. Natijada bos-qinchi kuchlar qattiq otishmalarga chiday olmasdan shaharga chekindilar. Ana shunday paytda rus qo'shinlariga Ivanov boshchiligida qo'shimcha yordamchi kuchlar yetib keladi. Bu vaziyatni dushmanlar foydasiga o'zgartirib yubordi. Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirildi. Dushmanning qattiq ta'qibiga bardosh bera olmagan qo'zg'olonchilar Nurota tog'lari, Samarqand , Bu-xoro va boshqa tomonlarga najot izlab qochdilar. Jizzaxga yashi-rincha qochib kelgan Bog'don pristavi Borilla jazo otryadiga boshchilik qiladi va qo'zg'olonchilardan shafqatsiz o'ch oladi.
Jazo otryadlari qishloqma-qishloq, ovulma-ovul, tog' va qirlar osha kezib yo'l-yo'lakay yoshu qari, erkak, ayol demasdan duch kelgan odamni otib, chopib o'ldiradilar.
26-27-iyul kunlari Bog'don muzofotining o'zida sudsiz-tergovsiz 120 dan ziyod kishini otib tashladilar. Ular orasida Ko'hnabozor qishlog'idan aka-uka Haydar va Rahmon Qurbo-novlar, Omon Ibrohimov, Matlab Quvnoqov, Rahmon Ematov, Isroil Mo'minov, Ismoil Ollomurodov, Rahmat Rahmonov, Murodqosim Ortiqov, Jo'ra Rahimov, Otaqul Sultonov kabi erkparvarlar bor edi.
Insoniylik qiyofasini yo'qotgan «maxluq» jallodlar Yan-gi Qishloq, Mixin, Ilonchi, To'qay, Yom, Ota, Yotoq, Nurak, Qoratosh, Anamuna, Sarimsoq, Sharilloq, Safarota, Mojirin va boshqa o'nlab qishloq va ovullarga batamom o't qo'yib kulini ko'kka sovurdilar.
Ana shu tariqa Bog'don qo'zg'oloni chor ma'murlari tomonidan ayovsizlarcha shafqatsizlik bilan bostirildi. Qo'zg'olon ishtirokchilarining ko'pchiligi osib o'ldirildi, qamoqqa olindi, otib tashlandi va Sibirga surgun qilindi. Qo'zg'olonning rahbari Abdurahim Jevachi sud qilinib Jizzaxning Qutirbuloq mavzesida osib o'ldirilgan. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha Abdu-rahmon Jevachi sud jarayonida: «Nega xalqni qo'zg'olonga chorlading?» deb berilgan savolga quyidagicha javob bergan ekan: «Rossiya saltanati Turkistonni bosib olgandan so'ng, xalq ayovsizlarcha talandi, islom dini va shariat qonunlari oyoq osti qilindi, ko'plab masjidlarimiz, tarixiy obidalarimiz buzilib, kitoblarimiz yondirildi, ilmli kishilardan o'ch olindi. Turmalarga tashlandi, bu ham yetmagandek oq podshoning farmoni bilan mahalliy millat vakillarini mardikorlikka chaqirilishi xalq sabr kosasini toshirib yubordi. Biz Jizzax, Samarqand va Toshkent aholisi bilan birlashib ozod Turkiston jumhuriyatini tuzishga bel bog'lagan edik. Ming afsuski o'ylagan o'ylarim amalga oshmay qoldi».1
Sud hukmi o'qilgandan so'ng Abdurahmon Jevachiga: «Agar sen xaloyiq oldida qilgan ishimdan pushaymonman, tavba qildim, meni kechiringlar deb aytsang seni o'limdan ozod qilamiz»



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə