Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə89/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Podshogа qarshi borаylik, Podsho kimdir, biz bilmаymiz, Podsho yordamchisin topib, Urrа deb ot qo'yaylik Yo o^ylikyo o'^ylik Sirа qаytmаnglаr xаloyiq,
Mehnatkashsanzulm o'tdi, Suyaklar o'rtanib ketdi. Qattiq zulm o'tgandan so'ng, Shuncha xalq qo'zg'olon qibdi.

1916-yil 13-iyulga kelib Jizzax qo'zg'oloni keskin tus oldi.


Qo'zg'olon ko'targan olomon eski shahar oqsoqoli Mirzayr Xudoyorxonovni o'ldirib, yangi shahar tomon otlandi.
Voqealarning rivojlanib borishidan xabar topgan uyezd hokimi polkovnik Rukin qo'zg'olonni bostirish uchun qo'shin chaqirtirdi. Jazo otryadining kelishini kutib o'tirmasdanoq, Ru-kin pristav Zotoglov, tarjimon Mirzahamdam Zokirjonov va ikkita soqchi yigit bilan faytonga o'tirib, Eski shaharga jo'nadi va yo'lda qo'zg'olonchilarga duch keldi. Uyezd hokimi qo'shin kelishga qadar qo'zg'olonchilar bilan muzokara olib borishga qaror qiladi. Ammo olomon uning gapini tinglashni istamadi. Atrofdan: «U aldaydi, unga ishonmanglar! Ur ularni!» degan xitoblar yangradi. Qo'zg'olonchilar yopirilib kelib polkovnik Ru-kin va uning hamrohlarini do'pposlab o'ldirdilar. Faqat oqsoqol qochib ulgurdi.
Qo'zg'olonni bostirish uchun uyezd hokimining yordamchi-si polkovnik Afanasyev o'z qo'shini bilan yetib keldi. Olomon Afanasyev otryadini qurshab olmoqchi bo'ldi. Ammo ketmon, belkurak tayoq va toshlar bilan qurollangan qo'zg'olonchilar harbiy qismning yalpi o'q uzishiga bardosh berolmadi. Qo'zg'o-lonchilardan 11 kishi halok bo'ladi.
Jizzax qo'zg'oloni chor ma'murlari va mahalliy hokim to'ralarni vahimaga soldi. Ular qo'zg'olonni qonga belash va bos-tirish maqsadida Toshkentdan yordam so'radilar. Toshkentdan to'plar va pulemyotlar bilan qurollangan otryad Jizzaxga yetib kelgach, qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirildi. Jizzaxning eski shahar qismiga harbiylar o't qo'yib, yer bilan yakson qiladi, yosh-u qari otib, chopib tashlanadi. Shahar aholisi qishloq va ovullar tomon qochdilar. Harbiylar qishloq va ovullarga ham hujum uyushtirdilar. Ko'plab dehqonlar va batraklarni dorlarga osdilar yoki otib o'ldirdilar.
Jizzax qo'zg'olonida ishtirok etgan va qamoqqa olinganlar ustidan shoshilinch suratda harbiy dala sudlari tashkil etilib, te­gishli choralar ko'rildi. Jumladan, Jizzax qo'zg'olonining rahbari Nazirxo'ja Abdusalomov boshchiligida 76 kishi ustidan 1916-yil 23-avgustda Zakomolskiy raisligida yopiq harbiy sud majlisi bo'ldi. Sud ishi yakuniga ko'ra 32 kishi otuvga hukm qilindi. 1916-yil 10-sentabrda hukm ijro etilib, Nazirxo'ja Abdusalomov, Jaynoq Abdurahmonov, Ziyoqori Abdullayev, Muhammadrahim Abdurahimov va boshqalar osib o'ldirildi, ko'plari sibirga surgun qilindi.
Jizzaxda boshlangan qo'zg'olon tez orada shahar atrofi-dagi Bog'don, Zomin, Sangzor, Yangiqo'rg'on, Yom, Ravot, Qoratosh, Usmat, va boshqa volostlarga ham yoyilib ketdi. Ayniqsa, Abdurahmon Jevachi boshchiligida chor ma'mur-larining mustamlakachiligi zulmiga qarshi bosh ko'targan bog'donliklarning jasoratlari vatan tarixida alohida o'rin tutadi. U bosqinchi mustamlakachilarga qarshi faqat barcha kuchlarni birlashtirib kurash olib borgan taqdirdagina muvaffaqiyatga erishish mumkin deb hisoblaydi. Shu maqsadda aholi o'rtasida tashviqot-targ'ibot ishlarini olib borish uchun Yangi qishloqqa o'g'li Abdurahmon Jevachi, Qulva qishlog'iga Jevachining o'g'li Qo'ng'irboy Qosimov, Ziyod Sariyev, Baxtiboy, Ilonc-hi qishlog'iga Joynoq Abdurasulov, Jo'ra Abdug'aprov, Yotoq qishlog'iga Shakarboy Imomboyev, Nurak qishlog'iga Zulfiqo-ri Yo'ldoshevlar safarbar qilindilar. Abdurahmon Jevachi Jiz-zax vohasida ko'tarilgan barcha qo'zg'olon kuchlarini birlash-tirish maqsadini ko'zlab ukasi Bobobek Abdujabborovni Jizzax shahriga Nazirxo'ja Abdusalomov huzuriga yuboradi, shundan so'ng Abdurahmon Jevachi uyida Nazirxo'ja Abdusalomov, Muhammadrahim Abdurahimov va boshqalar to'planishib majlis o'tkazdilar. Unda qo'zg'olonni tashkiliy jihatdan tayyorlash, Jiz-zax qo'zg'oloniga amaliy yordam berish, rus istilochi qo'shinlariga qarshi birlashib kurashish va Turkiston o'lkasi mustaqilligini ta'minlash kabi masalalar ko'riladi.
13-iyul kunining ikkinchi yarmida Bog'donga Jizzaxda qo'zg'olon boshlanganligi haqida xabar keladi. Abdurahmon Je-vachi ko'rsatmasi asosida barcha qishloqlarga vakillar jo'natiladi va ular jizzaxliklarni qo'llab-quvvatlaydilar. Birinchilar qatorida yangiqishloqliklar ketmon, bolta, panshaxa, tayoq va kaltaklar bilan qurollanib «Mardikorlikka bormaymiz!» «Mardikorlikka boylarning farzandlari borsin!», «Mardikorlikka odam olish ro'yxati to'xtatilmasa g'alayon ko'tarishni davom ettiramiz!», «Oq podsho askarlariga qarshi kurashni davom ettiramiz!» de-gan g'ala-g'ovurlar, baqir-chaqirlar bilan mirshablar mahkamasi tomon yurdilar. Bog'don mirshablar mahkamasining boshlig'i Borillaning qo'zg'olonni qonga botirish to'g'risidagi do'q-po'pisasi ham qo'zg'olonchilarning shashtini qaytara olmadi. Bog'donda boshlangan qo'zg'olon 14-iyulda butun Forish, Sin-tob bekliklariga tarqaladi.
Qo'zg'olon markazi Shotolib qishlog'ida edi. Hayitboy Haydarovning «Jizzax tarixidan lavhalar» risolasida hikoya qilinishicha, bu qo'zg'olonga Abdurahmon Jevachining bar-cha qavm-qarindoshlari faol qatnashgan! «O'zbekiston Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarda yozilishicha, Bog'donda boshlangan qo'zg'olonda Mulla Davil, Sorabek, Doston va boshqa farzandlari, ukasi Bobobek Abdujabborov, shuning-dek Ismoil Allayev, Ibrohim Allayev, Umar Imomov, Umar Abdurasulov, Qobul Kattabekov, Quroqboy Qo'ymurodov, Ergash Abdusattorov, Umar Rizaqulov, Jo'ra Rahmonqu-lov, Murod So'fiyev, Yangiqishloqda Juldirboy Davronboyev, Omon Ibrohimov, Umar Tursunqulov, Jo'ra Raimov, Yusuf Ahmedov, Oqbuloqdan mulla Qulboy Soipov, Forish bekligining Uchma qishlog'idan Mulla Chinni Yo'ldoshev, Jonodil Jobbo-rov, Ilonchidan Qo'ng'irboy Qosimov, Ziyod Sariyev, Haydar Nazarov, Eshmon ellikboshi, Safarotadan Avaz Iskandarov, Sintob bekligidan Xo'janiyoz Sherbov, Mulla Kamoliddin, Muhammad Yusupov, Qalandarxo'ja va boshqalar qo'zg'olonga boshchilik qiladilar. Matlab Quvnoqov, Savron Hasanov, Tulli Musaboyev, Mulla Bobomurod Chalaboyev, Mulla Qurbon Mu-ronboyev, Tursunboy Suyundiqov, Temir Inomov, Ergash Rozi-qulov singari olovqalb qasoskorlar faol qatnashadilar»1.
Qo'zg'olonchilar Borillani qo'lga olish rejasini tuzadi. Maqsad undan mardikorlikka olish ro'yxatini qo'lga tushirish edi. Ammo pristavning ayg'oqchilari unga bu rejani xabar qilgan edi. Borilla endi o'z jonini saqlab qolish payida bo'lib, 14-iyul kechasiyoq Bog'dondan chiqib ketadi va chorvador ko'chmanchi qozoq



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə