Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə86/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Abdurauf Fitrat (1886-1938)32 jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biridir. U hali 1909-1913-yillarda o'qishni Istanbulda d avom ettirib yurgan kezlarida F.Xo'jayevning bergan ma'lumotiga ko'ra hamyurtlari bilan birgalikda «Buxoro ta'limi (umumiy) maorifjamiyati»ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o'zaro moddiy-ma'naviy uyushmasi vazifasini bajargan.
Bu davrda Turkiya «Yosh turklar» inqilobidan mast davrni o'z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. U siyosat maydoniga sho'ng'ib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, san'ati, tari-xini chuqur va atroflicha o'rganadi. Ilg'or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari turk adabiyoti orqali esa G'arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G'arb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o'rtasida farqlarni o'z ko'zi bilan ko'radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.
Fitrat adabiyotga shoir va adabiyot shunos sifatida kirib keldi. Ko'p o'tmay o'zini dramaturgiya va nasrda ham sinab ko'rdi. U



«Munozara» (dastlabki nomi «Hin-
distonda bir farangi ila buxorolik bir
mudarrisning bir necha masalalar
ham usuli jadid xususida qilgan
munozarasi») asari ni Turkiyaga bo-
rishidan oldin, 1905-1907-yillarda
yaratgan. «Sayha», «Sayyohi hin-
di», «Rahbari najot», «Tarixi Islom»
asarlarini esa Turkiyada tahsil olgan
pay tida yozgan va «Munozara» 1908-
yilda, «Sayha» 1910-yilda «Sayyohi
hindi» 1913-yilda Istanbulda bosilib
chiqqan. «Rahbari najot» va «Oila»
1915-1916-yillarda Bokuda nashr
Abdurauf Fitrat qilingan. Bu asarlar o'sha davrdayoq
xalq orasida keng tarqaldi. Boshqa tillarga ham o'girildi. Masalan, «Munozara» 1909-1914-yillar orasida turk, ozarbayjon tillarida, «Sayyohi hindi» rus tilida chop etilgan. «Rahbari najot»ni esa do'sti, shoir va noshir Abdulvohid Burhonov Sankt-Peterburgda nashrdan chiqargan. Bulardan tashqari, uning «Mavludi Sharif», «Abo Muslim», «Begijon» asarlari va dastlabki she'rlari «Oyna», «Taraqqiy», «Sadoi Tur-kiston», «Turon», «Hurriyat», «Buxoroi Sharif» kabi gazeta va jurnallar sahifalarida e'lon qilingan.
Fitrat Buxoro jadidchilarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma'rifat va m adaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi. Lekin bu harakat sharoitga qarab turli yerda turlicha so-dir bo'ldi. Jumladan, 1915-1916-yillarga qadar buxorolik jadidlar yakdil va yagona j abha bo'lib, ish olib borgan bo'lsalar keyinchalik ular ikkiga bo'linib ketdilar. Jadidlarning bir qismi (Abdulvohid Burhonov boshchiligida) eski tarzda faqat madaniyat tarqatish yo'lini tutgan bo'lsa, ularning yana bir boshqa bo'lagi Fitrat, Fayzulla Xo'jayev kabi chet ellarda o'qib kelgan yoshlar omma o'rtasida ma'rifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashni ham yoqlab chiqdilar. Bu guruh tarixda «Yosh buxoroliklar» degan nomini oldi. Bunday bo'linishning asosiy sabablari: Birinchidan, Turkiston o'lkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning og'irligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati, ikkinchidan, bolshevoylarning mahalliy xalq o'rtasida yurgizgan tashviqot va targ'ibotlari ta'siriga ishonuvchanlik va nihoyat, uchinchidan mahalliy xalq vakillarining siyosiy qorong'ilikda saqlanganligi, ularning g'oyaviy nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligidir.
Fitrat o'z ona diyorini ozod va hur ko'rishni orzu qiladi. O'z niyatlari, ezgu armonlarini amalga oshirishda ojizlik qilgan Abdurauf Fitrat ulug' bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurlar singari millat fidoyilarini qo'msaydi. U «Temur sag'anasi» dramasida o'z qahramoni tilidan Amir Temurga murojaat qiladi: «Xoqonim, ezilib talangan, talanib yiqilgan, yiqilib yaralangan turk elining bir bolasi sendan ko'mak istarga keldi. Bog'lari buzilgan, gullari so'lgan, bulbullari uchirilgan Turonni bir qoro-vuli senga arz etarga keldi».
Bunday murojaat Fitratning boshqa asarlari mazmuniga ham singib ketgan. Ulardagi asosiy g'oya - ona yurtni, Vatanni ulug'lash, xalq, millatning ozodligi va erkinligidir. Zero, ma'rifatga intilgan inson uchun, ayniqsa shoir uchun bir tomondan amir istibdodi, ikkinchi tomondan chor mustamlakasi zulmi ostida ezilgan xalqni, toptalgan yurtni ozod ko'rishdan ham ulug' ni-yat bo'lishi mumkinmi? U «Sayha» to'plamiga kirgan «Mening Vatanim» she'rida bunday deb yozadi:

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə