Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə84/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Зиё Саид. Tamtams acapлap, 1974, 45-6e^



bilan boshlaydi. Shundan so'ng Bu-xoro, Qo'qon, Andijon, Namangan, Kattaqo'rg'on kabi juda ko'p shahar-larda sahnaga qo'yiladi.
Asar jamoatchilikka, ayniqsa, adabiyotga kirib kelayotgan yoshlarga qattiq ta'sir ko'rsatadi. «1913-yillarda chiqqan «Padarkush» pyesasi ta'sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobi-ni yozib yuborganimni o'zim ham payqamay qoldim», - qayd etadi Abdulla Qodiriy o'z tarjimayi holida.

Munavvar Qori Abdurashidxonov
1916-yilda Toshkentga - navbat-dagi safarga kelgan taniqli sharq-shunos akademik A.N.Samoylovich «Kolizey»da Avlo niyning Jalil Ma-mad qulizoda asari asosida tayyor-langan «O'liklar» spektaklini ko'radi. Bosilib chiqqan barcha o'zbek dramalarini ko'zdan kechiradi. «Sartlarning dramatik adabiyoti» nomli maqola yozadi. 7 drama - «Padarqush», «To'y», (Nusratulla Qudratulla), «Baxtsiz kuyov» (A. Qodiriy), «Axloq», «Juvanmarg» (Abdulla Badriy), «Ko'knori», «Eski maktab-yangi maktab» (Hoji Muin) asosida Turkistonda «Yangi adabiyot» maydonga kelganini ma'lum qiladi. U yozadi: «Turkistondagi yangi adabiyotning markazi Samarqandda bo'lsa kerak, yosh adiblarning bosh ilhomchisi sifatida esa, na tojik na turk asli «xo'ja» samarqandlik mufti Mahmud Behbudiyni e'tirof etish ke-rak bo'ladi»1.
Marhum sharqshunos olim Laziz Azizzoda Behbudiy -ning sobiq Turkiston o'lkasining ijtimoiy, madaniy va adabiy rivoji dagi o'rni, roli va ahamiyatiga juda katta baho berib, uni hatto fransuz ma'rifatparvari Jan Jak Russo, rus inqilobchi demokratlari N.G.Chernishevskiy, Dobrolyubovlar, tatar va ozarbayjon ma'rifatparvarlari Shahobiddin Marjoniy, Qayum Nosiriy, Mirza Fatxali Oxundov, Naxafbek Vazirovlar bilan qiyoslagan. O'zbekistonda Navoiy, Ulug'bek kabi buyuk zotlar

«BeCTHrnc MMp об-вa Вocтoковeдения». 1916, №5, стр. 4.


bilan birga Behbudiyga ham haykal o'rnatish kerak»27, deb yozgan edi.
Jadidichilik harakatining yirik vakillaridan bo'lgan Munav-var Qori Abdurashidxonov (1878-1931)28 Ismoil Gaspirinskiy-ning o'qish va o'qitish, madrasa va maktab islohotiga oid fikrlari-ning Turkistondagi otashin targ'ibotchilaridan biri edi. Bunda Bog'chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Tataristonda chop etilgan «Vaqt», «Yulduz», Istanbulda bosilgan «Siroti mustaqim» («To'g'ri yo'l»), kabi matbuot nusxalarining Turkistonga turli yo'llar bilan tarqalishi katta o'rin egalladi. Munavvar Qori 1901-1904-yillarda qrimlik do'sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «usuli sovtiya» maktabini ochadi. 1910-yilga kelganda bunday maktablar 10 tagacha yetadi. Chor ayg'oqchisi 1912-yilda bunday yozgan edi: «Toshkent shahrida yashab turgan Munavvar Qori-ning hozirgi paytda 80 o'quvchisi bor.
Ularni tatar uslubida o'qitadi. Bu maktabning o'quvchilari sart tilida sahna asarlari qo'yadilar».
«Nauka i prosvesheniye» jurnalining ma'lumotlariga qara-ganda, Munavvar Qori Abdurashidxonovning «Namuna» mak-tabida bir necha yuz bola o'qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo'lgan iste'dodli yoshlar o'qituvchilik qilishgan. Ularning qo'lida ta'lim olgan yoshlar orasidan keyinroq Hamza, Qayum Ramazon, Oybek Mannon Uyg'ur kabi iste'dodli adib va san'atkorlar yetishib chiqishdi.
Ulug' pedagog olib borayotgan ishlar zolim chor huku-mati vakillarini ancha bezovta qilib qo'ydi. Bu haqda jadidchi Mo'minjon Muhammadjonovning «Turmush urinishlari» asarida shunday yozilgan: «Olmaota (Verniy)da rus muallimlarining katta yig'ini bo'ldi, shul yig'inda «tatarlar qozoqlar bilan birga sart bolalari o'qitilmasun! O'qumishli tatarlarga Turkiston o'lkasida turish uchun yo'l qo'yilmaslik kerak! Chunki ular sart, qozoqlarga bilim tarqatib, ko'zlarini va fikrlarini ochadirlar. So'ngra bizga yemak uchun Turkistonda non qolmaydir. 2-yangi tartib bilan o'qituvchi muallimlar, progromlari, o'qitadurgon kitoblari kim-ning asarlari ekanligini «inspektor»larga yozib ko'rsatmaguncha bola yig'ib o'qita olmaydurlar», deb qaror berdilar. Chor amaldorlari maktablarning dasturlari bilan muntazam tanishib borganlar va imtihonlarda ishtirok etganlar».
Sirojiddin Ahmadning «Munavvar Qori»1 maqolasida qayd qilinganidek Munavvar Qori pedogogik va badiiy asarlar ham yozgan. U Turkiston o'lkasida birinchilar qatorida «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» («Jug'rofiya»), «Havoyiji diniya» kitoblarini (1907-yilda) nashr ettirgan. 1914-yilda Salim Ismoil Ulviyaning Qur'on qiroati bo'yicha saboq beruvchi «Tajvid»ini o'zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr ettirgan. «Sadoi Turkiston» jaridasida bosilgan Kamiy, Xislat, So'fizoda, Hamza kabi shoirlarning she'rlarini to'plab, «Sabzazor» nomi bilan chop ettirgani ma'lum.
Ulug' mutafakkir bu ishlar bilan ham cheklanmadi. O'ziga o'xshash ochiq fikrli yoshlar - Ubaydulla Xo'jayev, Abdulla Avloniy, Toshpo'lat Norbo'tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda 1909-yilda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Biroq, bu jamiyat iqtisodiy jihatdan bir necha ag'niyolarning iona va yordamiga suyangani uchun erkin ish olib bora olmaydi. Lekin rais o'rinbosari bo'lgan Munavvar Qorining tinib-tinchimasligi natijasida jamiyat taraqqiyparvar yoshlar qo'liga o'tadi.
Jamiyatning yangi a'zolari pul topmakka ham yangi yo'l-lar izladi, boshlab «Gramafon obshestvo sila» suylashib, har bir plastinkadan o'n tiyin olmoq sharti-la bir hafta hofizlarni va o'z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat shu yil ichindagina loaqal ikki ming so'm kirsa ke-rakdir».
Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridandir. U 1906-yil sentabrda «Xurshid» («Quyosh») jaridasini nashr etdi va unga muharrirlik qiladi. «Najot» (1917-yil), «Kengash» (1917-yil), «Hurriyat» (1917-yil), «Osiyo», «Ha-qiqat», «Turon» kabi matbuot nashrlarida muharrirlik qiladi.
Munavvar Qori matbuotga elni, millatni g'aflat uyqusidan uyg'otuvchi, buyuk kuch, madaniyat va ma'rifatga chorlovchi buyuk vosita, haqiqat jarchisi deb qaradi.U «Sadoiy Turkiston» (1915-1918) jaridasida maktablarni takomillashtirish, imtihonlar o'tkazish haqida yozar ekan: «...Butun dunyodagi madaniy millatlarning qayg'u va hasratlariga ishtirok etmagan va bu shod-lik masarratlaridan bahra olmagan bir qavm va bir millat bor esa, ul ham Turkiston turklaridirmiz», deydi.
Munavvar Qori 1913-yildan o'z faoliyatini boshlagan «Tu-ron truppasining tashkilotchilaridan bo'ldi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi ochilish marosimi bo'ldi. Spektaklni birinchi pardasini ochish Munavvar Qori Abdurashidxonovga topshirildi. Mazkur tanatanada u bunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynalmag'onligi barchangizga ma'lumdir. Shul sababli ba'zi kishilarimiz teatrga, ehtimolki o'yinbozlik yoki masxarabozlik ko'zlari ila boqurlar. Holbuki, teatrning asl ma'nosi «Ibratxona» yoki «Ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur».
Munavvar Qori Turkiston o'lkasining qoloqligi sabablarini izlar ekan, «Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob bermak uchun nodonliq va olamdan xabarsizliq demakdin bosh-qa chora yo'qdir. Bu nodonliq va dunyodan xabarsizliq balosidan qutulmoq uchun avval oramizda hukm surgan buzuq odatlarning buzuqligini bilmak va o'rganmak kerakdir», deydi u. U teatr san'atiga ana shu «buzuq odatlarning buzuqligini bilmak» va tuzatmak muassasasi, «tabibi hoziq» deb qaradi.
Munavvar Qori Abdurashidxonov insonning ma'rifatli bo' lib, ko'zi ochilmaguncha vijdoni uyg'onmasligini, vijdoni uyg'onmasa na o'zining, na xalqining erkini muhofaza qila oli-shini, bu - imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan o'z asar larida ko'rsatib berdi. Bu ulug'vor yo'lda u mardonavor va qahramonlarcha kurashadi.




Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə