Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə85/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Abdulla Avloniy (1878-1934)29
o'zbek xalqining atoqli shoiri, mual-limi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. U o'z tarjimayi holida: «Turli gazeta va jurnallar o'qishga tutindim. 1904-yilda jadidlar to'dasiga kirdim. Mirobodda «usuli jadid» maktabi ochib o'qituvchilik qila boshladim»,30 deydi.
Abdulla Avloniy o'zi och-gan maktab uchun to'rt qismdan iborat «Birinchi muallim», «Ikkin-chi muallim», «Maktab gulistoni»,
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi
darsliklar va o'qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko'mak ko'rsatuvchi «Jamiyati xayriya» tashkil etdi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do'konini ochadi.
U 1913-yilda tashkil etilgan professional «Turon» nomli teatri to'garagining tashkilotchilaridandir. Bu to'garak keyinchalik Hamza tomonidan tashkil etilgan truppa bilan qo'shilib hozirgi bosh drama teatri Hamza nomidagi hozirgi Milliy davlat akade-mik teatriga asos bo'ldi. Avloniy to'garagidan keyinchalik mash-hur inqilobchi va madaniyat arboblari bo'lib tanilgan Nizomid-din Xo'jayev, G'ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Shamsiddin Sharofiddinov (Xurshid), Mannon Uyg'ur singari ulug' shaxslar yetishib chiqdilar. Ular jadid yozuvchilar: Mahmudxo'ja Behbu-diy, Hamza, Abdulla Qodiriy asarlarini sahnalashtirar va asosiy rollarni o'zlari o'ynar edilar. 1916-yilda ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib «Turon» gruppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini sahnalashtiradi. Abdulla Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Aynichog'da Avloniy o'z teatri uchun «Pinak» (1915), «Advokatlik osonmi?» (1916) kabi sahna asarlari yozib beradi va ularni sahnalashtiradi. Bundan tashqari u tatar va ozarbayjon jadid yozuvchilarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima ham qilgan.
Abdulla Avloniy millat va yurt qayg'usi bilan, mamlakat is-tiqboli va ravnaqi ezgu niyati bilan yashadi va u bilan nafas oldi, o'z asarlarida uni kuylab tarannum etdi. Bu borada Avloniyning quyidagi so'zlari g'oyatda ibratlidur va xuddi bugungi kunda bizni o'ylab aytilgan so'zlarga o'xshaydi: «Har bir millatning dunyoda borligin ko'rsaturg'on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy til-ni yo'qotmoq millatning ruhini yo'qotmakdur... Yohu bizga na bo'ldi? Bobolarimiz yo'lidan chiqib ketduk! Yaxshi qo'shningdan olguncha yomon uyingni qidir, demishlar. Bobolarimizga yetishg'on va yaratgan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O'z uyimizni qidirsak va axtarsak yo'qotganlarni ham topamiz. Yo'qolsa yo'qolsun, o'zi boshimga tor edi, deb Yevropa qalpog'ini kiyub, kulgu bo'lmak zo'r ayb va uyotdur»31.
Abdulla Avloniy barcha jaholatliklar, qorong'uliklar va nodonliklarning, millatning o'zligini anglamasligining asosida ma'rifatsizlik yotishini yaxshi ko'ra oldi va u avlodlarga, farzandlarga, o'g'il-qizlarga pand-u nasihatlar qilib maktabga borish, o'qish, o'rganish, ilm olishga da'vat etadi. U bir she'rida:
Maktab duru gavhar sochar, Maktab sizga jannat ochar. Maktab jaholatdan qochar, G'ayrat qulub o'qing, o'g'lon! Maktab sizni inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon! Maktab o'quvniko'rsatur, Maktab yozuvniko'rsatur, Maktab yuqudan uyqotur, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon! Maktabdadur ilmu kamol, Maktabdadur husni jamol. Maktabdadur milliy xayol, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon!
deb yosh avlodga murojaat qilsa, yana bir 1916-yilda yozgan «Maktab» she'rida quyidagi misralarni bitadi:


Kimki в'цытаз так1аЪ, Ыгтаз-цагатаз так1аЪ, 0)й%'ау Ъи ЫзкИагскт /агуосил fig'on так1аЪ. ]отт, o'qungizтак1аЪ, Ъогиyo'qingizтак1аЪ, Siz^r uchun а\\одхт, ^g'iguliston так1аЪ. MаnЪаidur fаn таЫаЪ, eng yaxshi chаmаn таЫаЪ, Axloq-u odoЪsizgа o^oqligi таЫаЪ. Guldаstаi gul таЫаЪ, sw^^u jаnЪul таЫаЪ, BuWul каЫ toliЪgа gulzori jahon таЫаЪ. Milliy uyrniz таЫаЪ, to'nu to'yrniz таЫаЪ, Та 'Нт uyidur, Hijron, eng yaxshi mаkon таЫаЪ.

Xullas, Abdulla Avloniy jadidchilik harakatining yirik vakili sifatida XX asr boshlaridagi milliy uyg'onishga munosib hissa qo'shdi.


Davr va zamon nafasi hozirjavob ma'rifatparvar va demok-ratik shoirlardan biri Hamza (1889-1929)dir.
H
amza madrasada o'qishni tashlab jadidchilik g'oyalari ta'sirida o'z tashabbusi bilan Marg'ilon, Qo'qon va boshqa shaharlarda mehnatkashlar bolalari uchun yangicha usulda maktablar ochadi va bepul ularni o'qitadi. Ammo har safar ho-kim va to'ralarning qarshiligiga duch kelaveradi. «1914-yilning oxirlarida... Marg'ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oygacha bormay Andreyev ismindagi Skobel maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi... » («Tarjimoi hol»). Yana unda yozadi: «Undan yana Ho'qand kelib,... Yo'qsul bolalar uchun pulsiz o'qitish maktabi ochdim... o'zim 4 oycha davom ettirgandan ke-yin, uyezd nachalnigi Medinskiy tomonidan tintuv bo'lib, yopil-di. Lekin hech bir qanday qog'ozlarim qo'liga tushmagani uchun qamalmay qutuldum».
Hamza 1909-yilda Buxoroga va so'ngra Toshkentga borgan kezlarida mahalliy xalqlar orasida boshlangan ijtimoiy-siyosiy ishlarga, «Milliy anjumanlar»ga faol qatnashadi va milliy istiqlol uchun kurashga tortiladi.
Hamza buyuk ijodkor sifatida yozib qoldirgan she'riy, prozaik va dramatik asarlarida mehnatkash oddiy xalq ommasining inti-lish va qiziqishlarini, ularning haqsizlik, adolatsizlik va xo'rlikka qarshi haqqoniyat uchun kurashlarini aks ettiradi. Hamzadan qolgan «Devon»ga shoirning 1905-1914-yillarda yozilgan 177 she'riy asarlari, shu jumladan, 150 g'azal, 27 murabba', muxammas va musaddaslar kiritilgan. Bu asarlarning barchasida Hamza «Nihoniy» («Yashirin») taxallusini qo'llagan. Devonga kiritilgan 12 asar fors-tojik tilida yozilgan. Hamza she'riyatida oliyjanob insoniy fazilatlar, sof sevgi-muhabbat, xalqqa, millatga sadoqat ulug'lanadi, ma'rifat, madaniyatga da'vat kuylanadi. Bu borada Hamzaning «Yig'la Turkiston» she'ridagi quyidagi satr ibratlidir:


Yig'^, yig'^, Turkiston, yig'^ Turkiston, Ruhsiz tаnlаr tebrаnsun, yig'h, Turkiston. Qo'l mh^M^, birlashing emdi, Turkiston, Ма 'п/аМ xushlаshing kelmаy tobuston, Kinаlаrni tashlashing, bitsun jahliston, Tаrаqqiygа boshlashing, o'lsun sidkiston. Mаktаb oching, bаyonlаr, bo'ling himmаtli, Bo'lsun o'qub sibyon^r oliy g'аyrаtli, Shoyad bo'lsun millаtgа sodiq xizmatli, Bu ko'ngulhr quvonsun qolmаy hasratli.
Darig' tutmang ilm uchun ketsa molu jon, O'quvfarzligimingyil Qur'ondafarmon, Ma 'rifatsiz topulmas ahkomi imon, Ilmsizga aytulmas komil musulmon.

Hamza ijodiy dunyoqarashining shakllanishida uning 1911-yilda Afg'oniston, Hindiston, Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Shom, Bayrut, Istanbul kabi xorijiy mamlakatlar va shaharlarga qilgan safari katta rol o'ynadi.


Maorif tarqatish, xalqni ilmli va ma'rifatli qilish Hamza dunyoqarashining markazida turardi. U bir emas uchta darslik yaratdi: «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi» va «Qiroat kitobi» (1914-1915)da she'riy shaklda m a'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib etsa, nasrda xalqning eng yaxshi aqidalarini - mehnatsevarlik, rostgo'ylik, birodarlik va zulmga nafratni yoshlar ongiga singdiradi.
Hamza ma'rifatning hayotdagi o'rnini o'zining 1916-yilda yozgan «Zaharli hayot» dramasida yanada bo'rttiribroq talqin etadi. Asar bosh qahramoni ayol kishi (Maryamxon) bo'lib, u o'z sevgilisi va sevguvchisi Mahmudxonni haqiqat va adolat yo'liga ya'ni ma'rifat va baxtiyorlik yo'liga boshlaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy o'zining 1915-1917-yillarda bostirib chiqargan oltita ashulalar to'plamini «Milliy ashulalar uchun milliy she'rlar majmuasi» deb atalgan umumiy sarlavha ostida e'lon qiladi. «Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul», «Sariq gul», «Pushti gul» va «Safsar gul» nomlari bilan e'lon qilingan mazmunan bir-biriga yaqin bo'lgan bu asarlarning barchasiga shoirning «Uxlama, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida» misrasi epigraf bo'lib xizmat qiladi.
Hamza chor Rossiyasining mustamlakachilik va saltanat -chilik siyosatini keskin qoralaydi. Ayniqsa u birinchi jahon uru-shi munosabati bilan Rossiyaning Turkiston xalqlariga nisbatan o'tkazgan zo'ravonlik, talonchilik siyosatini la'natlaydi.
Chor Rossiyasining front orqasi uchun yerli aholini mardikorlikka safarbar qilish haqidagi 1916-yil 25-iyundagi farmoni shoirning mustamlakachilarga nisbatan nafrat va g'azabini qo'zg'otadi. Hamzaning «Safsar gul» to'plamiga kirgan she'rlarining hammasi «mardikorlar»ning og'ir kechinmalari va qismatlarini aks ettiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy baxtli istiqbolga, ozod kelajakka ishonch, e'tiqod umidi bilan yashadi. Buni biz shoirning «Safsar gul» to'plamiga kirgan deyarlik har she'rida, «Qachon ozod bo'lur, tangrim, boshimiz» nidosi bilan bir qatorda:


Suv^r ketar, tosh qolur, Ku^t ketar, bosh qolur. Bobolаrdаn bir so'z bor: O'smа ketar, qosh qo^r.

kabi satrlarda ochiq-oydin ko'rishimiz mumkin.


Hamza ham o'z davrining farzandi edi. Shul bois u ham og'ir va murakkab yo'lni bosib o'tdi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə