Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə93/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Nazorat savollari

  1. Chor Rossiya o'lkani bosib olgach, bu yerda o'z siyosatini yuritishi uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqdi?

  2. Tohir Shokir Labik yerli tub xalq tili va islom dini to'g'risida qanday fikr-larni bildirgan?

  3. Paxta yakkahokimligi borasida chorizm siyosatini asl maqsadi nimada edi?

  4. O'lkada jadidchilik harakati va uning asl mohiyati.

  5. 1916-yilgi Jizzax qo'zg'oloni nima sababdan boshlandi va uning oqibati qanday bo'ldi?

X O T I M A

Hurmatli va aziz o'quvchi! Siz «Vatan tarixi» (XVI asrdan 1917-yil fevraligacha) kitobi bilan tanishdingiz. Qisqacha bo'lsada, u sizga mamlakatimiz tarixining mazkur davri bo'yicha tasavvur qilish imkonini berdi. «Vatan tarixi»ning g'oyatda sermazmun, ziddiyatli va qarama-qarshi voqea-hodisalar, tarixiy muammo-larga boy bo'lgan XVI asrdan 1917-yil fevral inqilobigacha o'tgan davrini ko'zdan kechirib undan qanday tarixiy, ilmiy va nazariy xulosalar va saboqlar chiqarish mumkin? Bizningcha, ular quyi-dagilardan iborat.


Birinchidan, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrni o'z ichiga olgan Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligimiz tarixining eng yuksak cho'qqisiga chiqqan, rivoj topgan, gulla-gan davridir. XV asr oxiri - XVI asr boshlariga kelib temuriylar saltanati inqiroz sari yuz tutdi va yemirildi. Uning asosiy sababi temuriy shahzodalar va sultonlar o'rtasidagi toju taxt talashib olib borilgan besamar va foydasiz urushlar bo'ldi. Natijada o'z davrida taraqqiyot va rivojlanishda jahonni lol qoldirgan qudratli temuriylar saltanati taraqqiyotning ancha quyi va past bosqichida bo'lgan, Dashti Qipchoq cho'llarida markaziy davlat o'laroq, shakllangan Muhammad Shayboniyxon davlati tomonidan qilin-gan xuruj va zarbalarga bardosh bera olmay parchalanib ketdi.
Ikkinchidan, XVI-XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar o'tgan tarixiy davr mobaynida O'rta Osiyo hududidagi tarqoqlik, amirlar va xonlar o'rtasidagi qirg'inbarot va mantiqsiz urushlar shu darajada avj olib ketdiki, oqibat natijada mazkur o'lka xarob bo'ldi va halokat yoqasiga kelib qoldi. To'g'ri, shayboniylardan Abdullaxon II va ashtarxoniylardan Imomqulixon bu hudud-da markazlashgan kuchli davlat barpo qilishga intildilar, ammo ularning barcha harakatlari kutilgan samarani bermadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə