Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə95/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Sakkizinchidan, Turkiston xalqlari o'zlarining tarixiy an'analariga sodiq qolib, bosqinchilarga qarshi o'z mustaqillikla-ri, ozodliklari va erklari uchun qahramonlarcha va mardonavor kurashdilar. Chimkent va Toshkent, Samarqand va Ko'ktepa, Andijon va boshqa hududlar uchun dahshatli mudofaa janglari bu fikrimizning yorqin ifodasidir.
To'qqizinchidan, Turkiston o'lkasi xalqlari chor Rossiyasi mustamlakachiligini tan olmadilar, ekspluatat siya va zulmatga qarshi milliy-ozodlik va erk uchun kurashga otlandilar. 1868-yildagi Samarqand, 1873-1876-yillardagi Qo'qon, 1885-yildagi Darvishxon, 1892-yildagi Toshkent, 1898-yildagi Andijon va 1916-yildagi qo'zg'olonlar xalqimizning ozodlik kurashlari tari-xiga zarhal harflar bilan yozildi. Bu ozodlik kurashlari davomida turkistonlik vatanparvarlar mardlik va qahramonlik namunalari-ni ko'rsatdilar.
O'ninchidan, chor Rossiyasi bosqini va mustamlakachilik si-yosati Turkiston xalqlarining milliy tarixiy taraqqiyotini to'xtatib qo'ya olmadi, xalqimizning bunyodkorlik, yaratuvchilik va ijod-korlik faoliyati og'ir sharoitlarda bo'lsada, ilgarilab bordi. Ay-niqsa, bu o'rinda ma'naviy ijod sohiblarining o'rni alohida diq-qatga loyiqdir. Ahmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Muhyi Ho'qandiy, Berdaq, Anbar Otin, Dilshod va boshqalar o'z asar-larida xalq ommasining ezgu niyatlarini kuyladilar, mustamlaka-chilik zulmini la'natladilar, adolatsizlikka o't ochdilar va haqiqat uchun kurashdilar.
O'n birinchidan, Turkiston o'lkasi xalqlari XX asr boshla-rida yaqinlashib kelayotgan ozodlik va erk uchun kurashning qudratli larzalari nafasi bilan yashadilar. Bu davrda Turkiston-da demokratik harakat ikki yo'nalishda namoyon bo'ldi. Birin-chisi, sotsial-demokratik harakat bo'lib, bu harakatning asosiy namoyandalari Rossiyadan turli taqdirlar taqozosi bilan o'lkaga kelgan rusiyzabon xalqlarning vakillari edilar. Tub yerli mahal-liy xalq ularga yotsirab, begonasirab qaradi. Kelgindi sotsial-demokratlar ilgari surgan g'oyalar Turkiston mehnatkashlariga tushunarsiz bo'lganligidan ularga ergashmadilar ham.
Turkistonning tub yerli mahalliy xalqi demokratik hara-katning asosan ikkinchi yo'nalishiga ergashdilar. Chunki bu
yo'nalishda ilgari surilgan g'oyalar tub yerli mahalliy millat va-killarining intilishlari, qiziqishlari va tub pirovard maqsadlarini ifoda etar edi. Turkistondagi demokratik harakatning ikkinchi yo'nalishi asosan jadidchilikda o'z aksini topdi. Bu harakat-ning atoqli va ko'zga ko'ringan vakillari Ismoil Gaspirinskiy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ab-dulla Avloniy, Hamza, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev va boshqalar bo'lib, ular milliy istiqlol, erk va ozodlik g'oyalarini ilgari surdilar, haqiqat va ado-lat uchun kurashdilar. Ulug' ajdodlarimizning bosib o'tgan tari-xiy vatanparvarlik kurash yo'llari mustaqil O'zbekiston yoshlari uchun o'rnak va namunadir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə