Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə94/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Uchinchidan, O'rta Osiyoda avj olgan o'zaro tarqoqlik o'lkaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga
juda katta salbiy ta'sir ko'rsatdi, o'lka jahon sivilizatsiyasidan aj-ralib tor hududiy va biqiq doirada o'ralib qoldi.
To'rtinchidan, XVI-XIX asrning birinchi yarmidagi tarqoqlik va iqtisodiy rivojlanishdagi salbiy holatlarga qaramasdan O'rta Osiyo xalqlarining taraqqiyot darajasi umuman to'xtab qolgan emas. Ayniqsa mintaqa xalqlari madaniy-ma'rifiy ijod sohasida ajdodlarimizning ajoyib an'analarini davom ettirdilar, jahon fani adabiyoti va madaniyati rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. Bu o'rinda Zahiriddin Muhammad Bobur, Muham­mad Solih, Turdi Farog'iy, Mirza Bedil, Abulg'ozi Bahodirxon, Muhammad Rizo Ogahiy, Mahtumquli, Boborahim Mashrab, Nodira kabi ijodkorlarning qoldirgan ma'naviy boyliklari nazar-da tutilmoqda.
Beshinchidan, O'rta Osiyodagi o'zaro tarqoqlik va o'zaro hu-dudiy urushlar ayniqsa so'nggi o'zbek xonliklari davrida halokat-li va fojiali tus oldi. Bu urushlar Buxoro amirligi bilan Xiva xon-ligi, Buxoro amirligi bilan Qo'qon xonligi o'rtasida shu darajada kuchaydiki, bunday og'ir vaziyatdan dastlab Eron bosqinchilari, so'ngra chor Rossiyasi mustamlakachilari foydalanib qoldilar.
Oltinchidan, jahonga hukmronlik qilish da'vosi bilan nafas olgan chor Rossiyasi qadim-qadimdan turkiy xalqlar hududini egallash havasi bilan yashagan. Volgabo'yi, Ural-Oltoy va Sharqiy Sibirdagi turkiy xalqlar istiqomat qilgan hududlarda xo'jayinlikni qo'lga kiritgan Rossiya XIX asr oxirlariga kelib Turkistonning katta hududini egalladi. Juda katta va dahshatli bosqinlar uyush-tirdi, qirg'inlar qildi va oqibatda Qo'qon xonligini tugatdi, Buxo-ro amirligi va Xiva xonligini o'z vassaliga aylantirdi.
Yettinchidan, chor Rossiyasi Turkiston o'lkasida og'ir va ayanchli mustamlakachilik siyosatini olib bordi. O'lka boylikla-rini taladi va Rossiyaga tashib olib ketdi. Chor Rossiyasi tomo-nidan amalga oshirilgan qurilishlar va madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'lka boyliklarini ko'roq va mo'lroq tashib ketishga qaratilgan edi. Mustamlakachilar o'lkada yerli xalqlarning ma'naviy qadri-yatlariga, tili, dini, milliy urf-odatlariga tajovuz qildi. Mahalliy xalqning barcha erkinliklarini bo'g'di.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə