Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə81/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Mulohaza uchun axborot

«Azizim Ozodjon!


Cho'lpon akaning Andijonda inqilobga dovur ko'rsatgan ij-timoiy, siyosiy faoliyati haqidagi materialni iltimosingizga ko'ra, sizga yubordim. Bu tarixiy haqqoniy material mening qo'limga yaqinda tushdi va meni qattiq hayratga va hayajonga soldi.





Cho'lpon
Bu tarixiy hujjat menga Cho'lpon aka bilan mening qarindoshlarim va yaqinlarim o'rtalarida bo'lgan mustahkam, uzilmas do'stlik rishta-larining siru asrorini ochib berdi. Andijonda chorizmga qarshi yashi -rin siyosiy jamiyat «Gap» bo'lib, uning faol tashkilotchilaridan biri Abdulhamid Sulaymon (Cho'lpon) ekan. Tazkirada nomi shariflari zikr etilgan taraqqiyparvar zotlardan bosh qa bu «gap» degan nomi bi-lan ish ko'rgan jamiyatga yana bir qancha ziyolilar, chunonchi: me-ning qarindoshlarim-pochchalarim Muhammadjon hoji, Hakimjon (Ma'ruf Hakimning otasi), Olimxon, Yaqub Sarkarovlar va ularning birgalikda rus-tuzem maktabida o'qigan qadrdon do'stlari Salohiddin Ashuraliyev... Qalandar Devonaboyev, Rahmatillo Sultonov (Cho'lpon bu kishi vafot etganda unga bag'ishlab marsiya yozgan edi)...
Demak shoir Cho'lpon faqat zulmga qarshi she'r yozish bilan cheklanmagan, og'ir kishanlarni, baland dorlarni, sovuq va uzoq Sibir azoblarini ham pisand qilmagan mard, fidokor shoir ekan. Binobarin, Cho'lpon aka haqidagi kitobingizga uning yi-gitlik chog'ida Andijonda ko'rsatgan ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga 4-5 sahifa bag'ishlasangiz g'oyatda zo'r savob ish qilgan bo'larmidingiz... Yana o'zingiz bilasiz...
Fikr-mulohazangizni aytursiz, degan umiddaman. Kamoli ehtirom bilan: Sizning Komil Yashin».1
Taniqli adabiyotshunos olim, O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov: «Mazkur maktubni o'qib chiqqan har bir adabiyot ixlosmandi hayajonga tushmasdan qolmaydi. Chunki unda biz uchun g'oyatda qimmatli, g'oyatda muhim ma'lumotlar bor. Buni qarangki, Cho'lpon 1914-1915-yillardayoq ya'ni 17-18 yasharligidan boshlab mustabid chorizm zulmiga qarshi kurashga qo'shilgan, uning tevaragida esa, o'sha davrdagi Andijondagi ye-tuk ziyolilardan bir qanchasi bo'lgan ekan»12.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə