12
turkiy cho‘ziq va ikkinchi darajali cho‘ziq unlilarning paydo btflish masalalarini hisobga olgan.
Shunga ko‘ra, turkiy tillarni eng qadimgi, qadimgi, yangi, eng yangi turk tillariga ajratadi.
N,A.Baskakovning tasnifida har bir turkiy tilning fonetik, leksik,
grammatik belgilarigina
hisobga olinmasdan, balki har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanish jarayonini, uning genezisini
ham hisobga olinadi. Shu tamoyillarni hisobga olgan holda u turkiy tillarni quyidagicha tasnif qiladi.
Dastlab ularni ikki tarmoqqa ajratadi: a)g‘arbiy xunn tarmogi; b) sharqiy xunn tarmogi.
Birinchi tarmoqqa quyidagi 4
shohobcha kiritiladi;
1. Bulg‘or tarmog‘i. Bunga qadimgi tillardan bulg‘or va xazar tillari, hozirgi tillardan
chuvash tili kiritiladi.
2. O‘g‘uz tarmog‘i. Bu quyidagi shohobchalardan iborat; a) o‘g‘uz-turkman shohobchasi.
Bunga qadimgi o‘g‘uz-turkman tili (X-XIasrlar)
va hozirgi turkman, turuxmen tillari kiritiladi: b)
o‘g‘uz-bulg‘or tillari.pecheneg tili, Bolqondagi turkiy tillar, gagauz. kiritiladi: v) o‘g‘uz-saljuq
shohobchasi. qadimgi saljuq, eski usmonli turk, eski
ozariy va hozirgi ozarbayjon, turk va qrim
tilining ayrim lahjalari kiradi;
3. Qipchoq tarmog‘i. U quyidagi shohobchalardan iborat: a) qipchoq-o‘g‘uz shohobchasi.
qadimgi qipchoq va hozirgi qo‘miq, qarayim, qorachay-bolqor va qrim tilining ba’zi lahjalari kiradi:
b) qipchoq-bulg‘or shohobchasi. Hozirgi tatar, boshqird tillari kiritiladi: v) qipchoq-no‘g‘ay
shohobchasi. Hozirgi no‘g‘ay, qozoq, qoraqalpoq tillari kiritiladi.
4. Qarluq tarmog‘i quyidagi shohobchalardan iborat: a) qarluq-uyg‘ur shohobchasi. qadimgi
uyg‘ur tili kiradi: b) qarluq-xorazm shohobchasi.
Qarluq-xorazmiy, chig‘atoy turkchasi, Sharqiy
Oltin O‘rda turkchasi, eski o‘zbek tili, hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillari kiradi.
Sharqiy xun tarmog‘i esa ikki shohobchadan iborat: 1) uyg‘ur-o‘g‘uz shohobchasi. a)
uyg‘ur-turk guruhi. Qadimgi turk, qadimgi uyg‘ur, qadimgi qirg‘iz
va hozirgi tuva, tofa tillari
kiritiladi; b) yoqut guruhi- yoqut lahjalari kiritiladi: v) xakas guruhi- xakas lahjalari, shor tili, chulim
tatarlari tili, qamasin tili, oltoy tilining shimoliy lahjalari va sarig‘ uyg‘ur tili kiradi: 2) qirg‘iz-
qipchoq shohobchasi. Qirg‘iz va oltoy tilining ayrim lahjalari kiradi.
Ushbu olimlar tomonidan amalga oshirilgan tasniflarni asosiy xususiyatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lish
mumkin.
1. V.V.Radlov, S.Ye.Malov fonetik belgilarga asoslagan holda tasnif qiladi.
2.F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich. A.Remyuza fonetik-morfologik xususiyatlariga asoslagan
holda tasnif qilgan.
3. O.Byotling. K.Menges, N.A.Baskakov til xususiyatlari va o‘zaro gentik aloqalariga
asoslanadi.
4. A.Myuller. V.A.Bogorodskiy turkiy tillarda gaplauvchi xalqlarning geografik joylashuviga
asoslagan xolda tasnif qilgan.
Dostları ilə paylaş: