Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

A.N.Samoylovich
fonetik va morfologik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tasniflaydi va har bir guruhga asosiy 
fonetik xususiyatlaridan kelib chiqib nom 
beradi. 1. 
R-guruh:
hazar va bulg‘or kabi o‘lik tillar va chuvash tili. 
Taxar, ura, pul, tau//gu, sarы, 
qalan // yulna;
D- guruh:
O‘rxun-Enisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg‘ur tili kabi o‘lik tillar 
hamda jonli tillardan karagas, salar, tuva, sariq uyg‘ur, shor, xakas va yoqut – 
toquz, adaq/azaq. pol, 
tag‘, sariq, qalg‘an.
Tau guruh
: oltoy, qirg‘iz. qumiq, qorchoy, balqar, karaim, tatar, boshqird, 
qozoq, no‘g‘ay- 
tog‘uz, ayaq, bol//bul, tau, sarы, qalg‘an.
 Tag‘lыq guruh:
eski o‘zbek adabiy tili, 
hozirgi uyg‘ur, hozirgi o‘zbek va tuva tillari- 
toquz, ayaq, bol, tag‘, sarыq, qalg‘an
.
Tag‘lы guruhi

o‘zbek tilining Xorazm shevasi kiritilgan- 
doquz, ayaq, bol, tag‘, sarы, qalg‘an.
Ol guruh: 
turkman, 
ozarbayjon, usmonli turk, gagauz tillari kitilgan. 
doquz, ayaq, ol, dag‘, sarы, qalan.
guruh tomonidan 
berilgan. tasnifi turkiy tillarning hududiy yaqinligiga qarab tuzilgan. S.Ye.Malov tasnifida qadimgi 


12 
turkiy cho‘ziq va ikkinchi darajali cho‘ziq unlilarning paydo btflish masalalarini hisobga olgan. 
Shunga ko‘ra, turkiy tillarni eng qadimgi, qadimgi, yangi, eng yangi turk tillariga ajratadi. 
N,A.Baskakovning tasnifida har bir turkiy tilning fonetik, leksik, grammatik belgilarigina 
hisobga olinmasdan, balki har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanish jarayonini, uning genezisini 
ham hisobga olinadi. Shu tamoyillarni hisobga olgan holda u turkiy tillarni quyidagicha tasnif qiladi. 
Dastlab ularni ikki tarmoqqa ajratadi: a)g‘arbiy xunn tarmogi; b) sharqiy xunn tarmogi. 
Birinchi tarmoqqa quyidagi 4 shohobcha kiritiladi
1. Bulg‘or tarmog‘i. Bunga qadimgi tillardan bulg‘or va xazar tillari, hozirgi tillardan 
chuvash tili kiritiladi. 
2. O‘g‘uz tarmog‘i. Bu quyidagi shohobchalardan iborat; a) o‘g‘uz-turkman shohobchasi. 
Bunga qadimgi o‘g‘uz-turkman tili (X-XIasrlar) va hozirgi turkman, turuxmen tillari kiritiladi: b) 
o‘g‘uz-bulg‘or tillari.pecheneg tili, Bolqondagi turkiy tillar, gagauz. kiritiladi: v) o‘g‘uz-saljuq 
shohobchasi. qadimgi saljuq, eski usmonli turk, eski ozariy va hozirgi ozarbayjon, turk va qrim 
tilining ayrim lahjalari kiradi; 
3. Qipchoq tarmog‘i. U quyidagi shohobchalardan iborat: a) qipchoq-o‘g‘uz shohobchasi.
qadimgi qipchoq va hozirgi qo‘miq, qarayim, qorachay-bolqor va qrim tilining ba’zi lahjalari kiradi: 
b) qipchoq-bulg‘or shohobchasi. Hozirgi tatar, boshqird tillari kiritiladi: v) qipchoq-no‘g‘ay 
shohobchasi. Hozirgi no‘g‘ay, qozoq, qoraqalpoq tillari kiritiladi. 
4. Qarluq tarmog‘i quyidagi shohobchalardan iborat: a) qarluq-uyg‘ur shohobchasi. qadimgi 
uyg‘ur tili kiradi: b) qarluq-xorazm shohobchasi. Qarluq-xorazmiy, chig‘atoy turkchasi, Sharqiy 
Oltin O‘rda turkchasi, eski o‘zbek tili, hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillari kiradi. 
Sharqiy xun tarmog‘i esa ikki shohobchadan iborat: 1) uyg‘ur-o‘g‘uz shohobchasi. a) 
uyg‘ur-turk guruhi. Qadimgi turk, qadimgi uyg‘ur, qadimgi qirg‘iz va hozirgi tuva, tofa tillari 
kiritiladi; b) yoqut guruhi- yoqut lahjalari kiritiladi: v) xakas guruhi- xakas lahjalari, shor tili, chulim 
tatarlari tili, qamasin tili, oltoy tilining shimoliy lahjalari va sarig‘ uyg‘ur tili kiradi: 2) qirg‘iz-
qipchoq shohobchasi. Qirg‘iz va oltoy tilining ayrim lahjalari kiradi.
Ushbu olimlar tomonidan amalga oshirilgan tasniflarni asosiy xususiyatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lish 
mumkin. 
1. V.V.Radlov, S.Ye.Malov fonetik belgilarga asoslagan holda tasnif qiladi. 
2.F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich. A.Remyuza fonetik-morfologik xususiyatlariga asoslagan 
holda tasnif qilgan. 
3. O.Byotling. K.Menges, N.A.Baskakov til xususiyatlari va o‘zaro gentik aloqalariga 
asoslanadi.
4. A.Myuller. V.A.Bogorodskiy turkiy tillarda gaplauvchi xalqlarning geografik joylashuviga 
asoslagan xolda tasnif qilgan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə