Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Dulbarchin yozuvini
ng urxun varianti 40 ta, enasoy varianti 41 ta harfdan iborat. Unli 
tovushlarni ifoda qilish uchun urxun variantida 4 ta, enasoy variantida 5 ta harf ishlatilgan. Ayrim 
harflar bir tovushni ifodalash uchun xizmat qilsa, ba'zi harflar bir necha tovushni ifodalaydi. 
Yumshoq undosh tovush uchun alohida, qattiq undosh tovush uchun alohida harflar qo’llanadi. 
Qattiq va yumshoq variantiga ega bo’lmagan tovushlar uchun, asosan bitta harf shakli ishlatiladi. 
Unli tovushlarni ifodalaydigan harflar so’z boshi va o’rtasida ko’pincha yozilmagan. 
So’zlar o’ngdan chapga qarab, bir-biridan ikki nuqta bilan ajratib yozilgan. 
Ko’kturk yozuvi yodgorliklari topilgan hududlar. Ko’kturk yozuvi yodgorliklarining topilish 
geografiyasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. O’rxun yodnomalari
. Bularga Shimoliy Mo’g’ulistondan topilgan Bilga xoqon. Kultigin, 
To’nyuquq, Ungin, Kulichur, Selenga, Qorabalasog’un, Suji yodnomalari hamda Xayto Tamirdan 
topilgan o’nta, Ixa-Asxetedan topilgan ikkita, Xangay va Gobidan topilgan mayda yodnomalar 
kiradi. 
2
. Enasoy yodnomalari
. Enasoy daryosi atroflaridan topilgan toshga, oltin va kumush 
idishlarga, tangalarga yozilgan yetmishdan ortiq yodnomalar kiradi. 


15 
3. Lena-Baykalbo’yi yodnomalari. Bular o’qilishi qiyin bo’lgan qirqqa yaqin qisqa 
matnlardan iborat. 
4. Oltoy yodnomalari. Bitta qoyaga bitilgan yodnoma va bir necha kumush idishlardagi 
yozuvlardan iborat. 
5. Sharqiy Turkiston yodnomalari. Bularga Turfandan topilgan, Dunxuan va Mirandan 
topilgan qog’ozdagi yozuvlardir. 
6. Markaziy Osiyo yodnomalari. Bularga Farg’ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent 
vioyatlaridan, Yettisuv, Talasdan topilgan tangalar, uy-ro’zg’or buyumlari, yog’ochlar, sopol 
idishlardagi yozuv yodgorliklari kiradi.
7. Sarikildan topilgan g’ishtdagi yozuv yodgorligi, Dunayga Nad-Sen Mikloshdan topilgan 
kumush idishdagi yozuv va metallarga bitilgan yodgorliklar kiradi.
Ko’kturk yozuvining kelib chiqishi. Ko’kturk yozuvining kelib chiqishi, shakllanishi 
xususida hozirgacha bir fikrga kelinmagan. Olimlar bu borada turli qarashlarni bildirishgan.
1. Xelsinki universiteti professori fin olimi Xeykel 1900-1901 yillarda dulbarchin yozuvi harflari run 
yozuvdan kelib chiqqan va turkiy xalqlarga skandinaviyaliklar orqali o’tgan, degan qarashni ilgari 
surgan. 
2. O.Donner ko’kturk harflarining kelib chiqishi Kichik Osiyoning likya, finikiy, hitit va friji 
harflari bilan bog’liq, degan fikrni aytadi.
3. Fin-ugor jamiyati nashr qilgan asarning uchinchi jadvalida bu harflar mazkur yozuvlarga 
yaqinligi ko’rsatilgan. Turkiy qabilalar etnik tarkibini o’rgangan N.N.Aristov «agar hititlarning 
turonli bo’lganliklari e'tirof etilsa, hitit harflarining asosi turkiy qabila tamg’alariga borib taqaladi», 
deb yozgan.
4. V.Tomsen ko’kturk yozuvidagi ba'zi harflarning semit-pahlaviy alifbosidagi harflarga 
o’xshashligini bildirdi. Tomsenning bu fikrini V.Radlov ham qo’llab-quvvatladi. 
5. N.D.Sokolov ko’kturk harflari kelib chiqishi jihatidan oromey yozuviga borib taqaladi
lekin u turkiylar tarafidan o’z tillari milliy xususiyatlariga moslashtirilgan, degan qarashni ilgari 
surdi.
6. Ba'zi olimlar ko’kturk yozuvi so’g’d, fors yozuvlaridan kelib chiqqan degan fikrni 
bildirdilar. Masalan, 1906 yilda ingliz olimi Arnold Steyn Xitoy devorining g’arb tomonidan ko’p 
hujjatlar topdi. Mazkur hujjatlarning ko’pchiligi xitoy yozuvida, bir qismi esa noma'lum harflar 
bilan bitilgan edi. 1911 yilda R.Goto va A.Kouli noma'lum yozuvdagi hujjatlarni o’rganib, oromey 
alifbosidan kelib chiqqan so’g’d yozuvida, bu yozuv esa qadimgi turkiy run yozuvlari uchun asos 
bo’lgan degan fikrni aytishdi. 
7. Ye.D.Polivanov 1925 yilda turkiy yozuvlarning kelib chiqishi haqida yozgan maqolasida, 
ko’kturk yozuvining ildizlari turk tamg’alariga borib taqaladi. Shu bilan birga ularda so’g’d va 
pahlaviy yozuvlarining ta'siri bor, degan fikrni bildirdi.
8. Qozoq olimi A.Amanjolov dulbarchin alifbosi eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikda 
shakllanib bo’lgan edi. Uning shakllanishiga bevosita qadimgi grek, shimoliy va janubiy semit, 
finikiya yozuvlari asos bo’lgan, degan qarashni ilgari surgan. 
9.Ahmet Jafar o’g’li qadimgi turkiy alifbo turkiylar tomonidan milliy zaminda turkiy 
tamg’alar asosida yaratilgan, deb hisoblaydi
1
.
10. O’zbekistondan ham bir qancha ko’kturk yozuvida bitilgan yodgorliklar topildi. Andijon 
viloyati Marhamat tumanida joylashgan Lo’mbitepadan ko’zadagi yozuv, Qashqadaryoning 
Shaxrisabz hamda Dehqonobod tumanining Chashmimiron qishlog’idan topilgan idishdagi yozuvlar, 
shuningdek Toshkent viloyatining Yuqori Zarafshonidan, Farg’ona viloyati hududlaridan topilgan 
yozuvlar turkiy yozuvlar taraqqiyotini o’rganganishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Q.Sodiqov, 
N.Raxmonovlar mazkur yozuvlar bilan boshqa hududlardan topilgan yozuvlarni o’zaro qiyoslab
qadimgi turkiy yozuvlar dastlab Markaziy Osiyoda shakllangan, degan xulosaga kelganlar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə