Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Braxma yozuvi
bo’g’inli yozuv bo’lib, qadimgi sanskritcha asosida shakllangan. Turkiy 
xalqlarga buddizm ta'sirida kirib kelgan. 
 
Ko’kturk yozuvi. 
Turkiy xalqlarning eng qadimgi yozuvi. Fanda noma'lum bo’lganligi 
uchun “run yozuvi” deb, keyinchalik “turkiy run yozuvi”, “qadimgi turk yozuvi”, “ko’kturk yozuvi” 
topilgan o’rniga qarab “urxun yozuvi”, “enisey yozuvi”, “urxun-enisey yozuvi” nomlari bilan ham 
yuritilgan. Ibn Arabshoh o’zining “Ajoibu-l-maqdur fi navoibi Taymur” (Temur falokatlarida 
qismatning qiziqliklari) deb atalgan kitobida ushbu yozuv va uning nomi haqida qisqa ma'lumot 
berib shunday fikrlarni bayon qilgan: “Xitoda ularning (turklarning) “dulbarchin” deb ataladigan 
yozuvi bor. Ko’rdim, harfi qirq bitta. Ko’pligining sababi, ular qalin va ingichka (tovush)larni, 
shuningdek ayirgichlarni (alohida) harf hisoblaydilar, natijada qo’shimchalar va har bir qo’shimcha 
harf tug’ilgan”.
Ko’kturk yozuvi haqidagi dastlabki ma'lumotlar gollandiyalik olim Nikolas-Kornelisson 
Vitsenning (1641-1717) asarida uchraydi. U gollandiyalik elchixona xodimlari bilan 1664 yilda
Moskvaga kelib bir yil yashadi. Moskvada turkiy xalqlarga oid materiallar yig’ib, keyinchalik shu 
materialar asosida «Shimoliy va Janubiy Tartariya» nomli asarini yaratd
i
.Ushbu asarda Rossiyada 
yashovchi ko’plab xalqlar tillari, jumladan, turkiy tillarga oid leksik materiallar berilgan. 
Verxoturdan (hozirgi Sverdlovsk viloyati) uncha uzoq bo’lmagan joyda noma'lum alifboda yozilgan 
bitiklar mavjudligi qayd qilingan. Mahalliy aholi bu yozuvlarni «bitigtosh» deb atagan
 
1675 yilning boshlarida Rossiyaning Xitoydagi elchisi bo’lib ishlagan Nikolay Govrilovich 
Spafariy qaydnomalarida ham Enasoy daryosi bo’ylaridagi toshlarga o’yib bitilgan noma'lum 
yozuvlar haqida ma'lumot uchraydi
1

 
Rus olimi Semen Ulyanovich Remezov 1696 yilda Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir 
joyga «o’rxun tosh» deb belgi qo’yadi. Noma'lum yozuvda bitilgan bu tosh xaritada chegara 
vazifasini o’taydi.Ko’kturk yozuvlari haqidagi birmuncha to’liqroq ma'lumotni asirlikka tushgan 
shved ofitseri Filipp Iogann Tabbert-Stralenberg (1676-1747) beradi. U 1711 yilda asirlikka 
tushganidan keyin Sibirning adminstrativ va iqtisodiy markazi bo’lgan Tobolskga yuboriladi. Filipp 
Iogann Tabbert-Stralenberg u yerda 12 yil yashab, Sibirda yashovchi xalqlar haqidagi juda ko’plab 
materiallar yig’adi. Shvetsiyaga qaytganidan keyin «Novoe geograficheskoeopisanie Velikoy 
1
Кляшторный С.Г. История Центральной Азии и памятники рунического письма. Санкт-Петербург. 2003, 
14. 
 


14 
Tatarii» va «Severnaya i Vostochnaya chast Yevropo`» asarlarini chop ettiradi. Keyingi asarining 
ilova qismida dulbarchin yozuvidagi bir necha toshlarning chizmasini beradi. Bu asar 1738 yilda 
ingliz tilida Londonda, 1787 yilda frantsuz tilida Amsterdamda, 1780 yilda ispan tilida chop etilgan, 
keyinchalik rus tiliga ham tarjima qilingan. 
Pyotr 1 ning buyrug’i bilan 1720-1727 yillarda Sibir, Mo’g’ulistonda ilmiy safarda bo’lgan 
Danil Gotlib Messershmidt (1685-1735) kundaliklarida ham dulbarchin yozuvlari haqidagi ma'lumot 
uchraydi. 
Ekatrina II ning ko’rsatmasiga ko’ra, Sibir general-gubernatori Yakobi Enasoydagi beshta 
dulbarchin yozuvidan ko’chirma oladi. Pallas 1793 yilda bulardan bittasini chop ettiradi. 
G.I.Spasskiyning (1783-1864) faoliyati dulbarchin yozuvlarini o’rganishda yangi davrni 
boshlab berdi. U «Sibirskiy vestnik» jurnalining 1818 yilgi sonlarida (I, II, III, IV, VIII) «Drevnosti 
Sibiri» nomli maqolasini chop ettirib, unda o’sha davrgacha aniqlangan dulbarchin yozuvidagi 
yodgorliklar jadvalini berdi. Bu maqolani akademik I.F.Krug lotin tiliga tarjima qilib, 1822 yilda 
alohida kitocha holida chop ettirdi. 
Shundan keyin jahon tilshunoslarining dulbarchin yozuviga bo’lgan qiziqishlari ortdi. Taniqli 
frantsuz tilshunoslaridan Abel Remyuzening 1822 yilda, G.Yu. Klaprotning 1823 yilda dulbarchin 
yozuviga bag’ishlangan maqolalari chop etildi. 
Shundan keyin Enasoy daryosi bo’ylaridan topilgan bu yozuvlar haqidagi munozara 
boshlandi. Yozuvlarning shakliga qarab ba'zan slavyan xalqlariga, ba'zan greklarga aloqadorligi 
haqidagi fikrlar aytildi. Bu qarashlar ichida slavyan nazariyasi tarafdorlari ko’pchilikni tashkil 
qalardi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan Sibirda qadimgi yodgorliklarni izlab topish ishlari yana 
jonlandi. Enasoy, Abakan, Bo’luq daryolari atroflaridan, Oltinko’l yaqinidan toshga o’yib yozilgan 
yangi-yangi matnlar topildi. Bu yozuvlarning turkiy xalqlarga aloqador ekanligi haqidagi birinchi 
fikrni N.Yadrintsev (1842-1894) bildirdi. U 1889 yilda Mo’g’ulistonning Kosho Saydam 
vodiysidagi Ko’kshin urxun daryosi qirg’og’idan ikkita katta yodgorlik topdi. Bularning biri 
Bilgaxoqon, ikkinchisi, uning ukasi Kultigin sharafiga o’rnatilgan bitigtoshlar edi. Har ikki 
yodgorlikdagi harflar shakl jihatdan Enasoy daryosi atroflaridan topilgan yodgorliklar yozuviga 
o’xshash edi.
Yadrintsev topilmasidan keyin Mo’g’ulistonga ikkita katta ekspeditsiyasi, 1890 yilda Aksel 
Olay Xeykel rahbarligidagi fin va 1891 yilda V.V.Radlov boshchiligidagi Rossiya Fanlar 
akademiyasining ekspeditsiyasi uyushtirildi. Mazkur ekspeditsiyalar faoliyatining natijalari sifatida 
ikkita atlas chop etildi. Ushbu nashrlar fanda qaysi xalqlarga tegishli ekanligi noma'lum bo’lgan 
dulbarchin yozuvlarini o’qish imkonini yaratdi.
Ancha munozaralarga sabab bo’lgan sirli yozuvni birinchi marta daniyalik olim V.Tomsen 
o’qidi. Shundan keyin ushbu yozuv yodgorliklari turkiy xalqlarga mansubligi aniqlandi. Olim 1893 
yil 15 dekabrda Daniya qirolligi Fanlar akademiyasida runik yozuvlarini o’qiganligi haqida ma'ruza 
qildi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə