Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Nazorat uchun savollar

1. Turkiy tillarga doir qanday lugatlar mavjud? 


24 
2. Abu Hayyonning turkiy xalqlarning tarixi va tiliga bagishlangan asarlari haqida 
nimalarni bilasiz? 
3. Jamoliddin ibn Muxanna «Xiliat-ul~inson va xalibat ul-lison» asarida qanday masalalarga 
e'tibor qaratgan? 
4. «Kitob at-tuhfa» asarida qanday masalalar yoritilgan? 
5. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug'otit turk» asari qachon va qanday 
maqsadda yaratildi? 
6. Asarning muqaddima qismida qanday masalalar yoritilgan? 
7. «Devonu lug'otit turk» asarining lug'at qismi qaysi bo'limlarni o'z ichiga oUtdi? 
8. Mahmud Koshg’ariyning lingvistik qarashlari nimadan iborat? 
9.«Devonu lug'otit turk» asari qanday ilmiy, tna'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega? 
10. Mahmud Zamaxshariy tilshunoslikka oid qanday asarlar yaratdi? 
11. «Muqaddimat ul-adab» asarida qanday masalalar yoritilgan? 72. Arablar Mahmud 
Zamaxshariyning arab tili grammatikasini o'rganish borasidagi xizmatlarini qanday baholashadi? 
13. Mahmud Zamaxshariy turkologiya taraqqiyotiga qanday hissa qo'shdi? 
14. Mahmud Zamaxshariyning asarlari tadqiqi bilan kimlar shug’ullangan? 
7-Mavzu: Alisher Navoiy va qiyosiy tilshunoslik 
R e j a: 
1. Alisher Navoiy va o'zbek adabiy till. 
2. Alisher Navoiy — chog'ishtirma (konstrastiv) tilshunoslikning asoschisi. 
3. «Muhokamatul-lugatayn» asarining yaratilishi tarixi. 
4. Alisher Navoiyning lingvistik qarashlari. 
 
Tayanch so’z va iboralar
:
Chogishtirma, konstrativ, til va nutq, til va tafakkur, tillarning 
paydo bo'lishi.
Buyuk mutaffakir shoir Alisher Navoiy uch til (fors, arab, turkiy til) o'zaro kurashayotgan bir 
paytda o'z asarlarini o'zbek tilini boy xazinasidan foydalangan holda yozdi. U «Xazoyinul-maoniy», 
«Xamsa», «Lisonut-tayr» kabi badiiy adabiyot namunalarini, «Majolisun-nafois», «Mezonul-avzon» 
kabi adabiyotshunoslikka oid asarlarini, «Muhokamatul-lugatayn» kabi tilshunoslikka doir asarlarini 
shu tilda yaratdi. Bu bilan o'zbek tilining badiiy, ilmiy asarlar yaratish uchun boy imkoniyatlarga ega 
ekanligini amalda ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotladi. 
Alisher Navoiy lug'atchilik va grammatika sohasidagi yarim asarlik tajribasini 
«Muhokamatul-lug'atayn» asarida umumlashtirdi. Bu asarda Navoiy eski o'zbek tili bilan fors-tojik 
tilini , bir-biriga chog'ishtirdi va noqardosh tillarni qiyosiy o'rganish metodini boshlab berdi. 
Alisher Navoiy tillarni qiyoslab o’rganish bilan birga, asarda umumiy tilshunoslikka doir 
fikrlarni ham olg'a suradi. Asarda til va tafakkur, tillarning kelib chiqishi haqidagi fikrlarni olg'a 
suradi. 
Tilshunoslarning til tarixini o'rganib, qiyoslashdagi asosiy quroli-chogishtirishdir. 
Ilmiy adabiyotlarning barchasida chogishtirma tilshunoslik faniga XIX asr boshida kirib 
kelganligi ta'kidlanadi hamda bu fanning asoschilari sifatida F.Bopp, R.Rask, Kz.Grimm va 
A.X.Vostokovlar nomi ko'rsatiladi. Lekin bu o'rinda sharq tilshunosligi hisobga olinmagan, chunki 
chog'ishtirma usul fanga XIX asrda kirib kelgan bo’lsa ham, bu usuldan birinchi bo'lib qarindosh 
bo'lgan turkiy tillarning tavsifi boyicha XI asarda yashagan olim Mahmud Koshg’ariy foydalangan. 
Turkolog olimlardan biri N.A.Baskakov u haqda: «Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy usul bilan 
o'rganishda Mahmud Koshg’ariy eng birinchi boshlovchi kashshof bo'ldi»-deydi. Chunki Mahmud 
Koshg’ariy o’zining «Devonu lug'otit turk» asarida bir xil oilaga kiruvchi turkiy tillarni shevalararo 
qiyosiy-tarixiy chogishtirish usulidan foydalanib, qiyoslaydi. 
Yevropada esa qarindosh tillarning o'zaro aloqasi haqidagi birinchi asar 1538 yilda frantsuz 
gumanisti Gvilelngma Postellusa tomonidan yaratildi. Bu asar «Tillarning qarindoshligi» nomlanib, 
asarda qarindosh tillarni tasniflashga harakat qilingan. 


25 
Alisher Navoiy esa dunyoda birinchi bo'lib «Muhokamatul-lugatayn» asari bilan 1499 yilda 
qarindosh bo'lmagan, ya'ni turli til oilasiga mansub tillarni muqoyasa qiladi. U turkiy tillar oilasiga 
kiruvchi turkiy-eski o'zbek tilini hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi fors tilini qiyoslaydi. 
Yevropa dunyosida bunday asar Navoiy asaridan 100 yil otgach, 1599 yilda golland olimi 
losif Yustus Skaliger tomonidan yaratilgan. Asar «Ovrupaliklar tili haqida mulohazo. yuritish» deb 
nomlangan bo'lib, undo Yevropadagi barcha tillarni tasnif qilishga urinib ko'rilgan, olim ularni 11 
asosiy guruhlar — til oilalariga bo'ladi, ya'ni 4 katta va 7 kichik guruhlarga ajratib tasniflaydi. 
Navoiyning «Muhokamatul-lugatayn» asarida olga surgan va turkologiya tarixi uchun 
qimmatli bo'lgan fikrlari quyidagilar: 
1. O’zbek tilini fors-tojik tili bilan chogishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini ktfrsatib, 
o'zbek tilida asarlar yozishga yozuvchilarning da'vat qildi. 
Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lugatayn» asarining maydonga kelishi bilan dunyo 
tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning bugungi kunda chog'ishtirma (konstrativ) 
lingvistika deb ataluvchi yangi bir yo'nalishga asos soldi.Chog'ishtirma tilshunoslikning o'ziga xos 
xususiyati shundaki, 2 tizimga mansub bo'lgan tillarning barcha sathlari bo'yicha bir-biriga 
solishtiriladi. Ularning o'ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. 
2. Asarda o'zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir fikrlar ham mavjud. Navoiy tovushlarning 
artikulyatsion-funktsional tomoniga katta e'tibor beradi va belgiga ko'ra tovush tipini-fonemani 
belgilaydi. Fonema va harf munosabatiga e'tiborni jalb qiladi. Ular bir-biriga doimo ham mos 
kelavermasligini, bir harf bir necha fonemani ifodalashi murnkinligini bayon qiladi. M: «yoy» hari 4 
fonemani, «vov» harfi ham to'rt fonemani bildirishini aytadi. Navoiy bu haqda shunday yozadi: «Va 
ko'k lafzin ham necha ma'ni bilan iste'mol qilurlar. Bari ko`k — osmonni derlar, yana ko'k ohangdur, 
yana ko'k tegrada ko'klamdur, yana ko'k qadog`ini ham derlar, yana ko'k sabza va o'langni dog`i 
derlar». 
3. Navoiy 2 tilni qiyoslaganda o'zbek tili lug'at boyligining ustunligini ko'rsatdi. Navoiy 
turkiy va fors tillardagi so'zlarni bir-biriga taqqoslar ekan, ayrim so'zlarning turkiycha atamasi 
bctlgani holda fors tilida shu tushunchani ifodalovchi stfz yo'q ekanligini ko'rsatadi. Masalan, 
eyiladigan taom turkiy tilda egulik deb ataladi, deydi Alisher Navoiy, lekin forslar yemakni ham, 
ichmakni ham xo'rdani so'zi bilan ifodalaydi. Alisher Navoiy davom etib yozadi: "Va uluq «qardosh 
va kichik qardoshni ikkalasin barodar derlar va turklar uluqni oga va kichikni ini derlar. Va bular 
ulug, kichik qiz qardoshni ham xohar derlar. Va bular ulugni egachi va kichikni singil derlar. Va .ular 
otaningoga-inisin opaga derlar. Va onaning oga-inisin-tagoyi derlar. Va alar hech qaysiga ot ta'yin 
qilmaydurlar va arab tili bila em va xol derlar. Va ko’kaldoshni turkcha til bila derlar. Va atka va 
enagani ham bu til bila ayturlar*'. Turkiy tilning so'z boyligi fors tilining so'z boyligindan kam 
emasligini namoyish qilish niyatida Alisher Navoiy asarda 100 fe'lni keltirib, ularni tahlil qiladi va 
o'zbek tilini xazina deb biladi. Navoiy fors tilida 100 fe'lning leksik-semantik parallellari yo'q 
ekanligini aytib, inson kechinmalarining nozik qirralarini ifodalashda ular yozuvchiga qanday 
imkoniyatlar berishini aniq misol orqali yoritib beradi. 
4. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o'zbek tilining so'z yasalish borasida ustunliklarini 
ko'rsatadi. «Muhokamatul-lugatayn»dan o'zbek tilida so'z yasalishi tarixi haqida qimmatli fikrlar 
olish mumkin. Ayniqsa, ot yasovchi — chi, -vul qo'shimchalari, fe'l yasovchi —sh, -t, -I 
qo'shimchalari haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. 
5. Alisher Navoiy asarda o'zbek va fors-tojik tillarini chog'ishtirish jarayonida o'zbek 
tili tarixiy stilistikasiga xos xususiyatlarni ham bayon qiladi. O'zbek tilining boy imkoniyatlaridan 
foydalanib, o'zining qaysi janr va uslubda asarlar yozganini alohida ta'kidlaydi. 
Alisher Navoiyning bu asari o'zbek va fors-tojik tillarini, ulcrning lug'at tarkibini qiyoslashga 
bag`ishlangan birinchi filologik asar sifatida alohida ahamiyatga ega. Unda keltirilgan masalalarning 
ko'pi hali ham o’z ahamiyatini yo`qotgani yo'q. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə