Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

(DLT. III
, 41-42). 
Mahmud Koshg’ariy so'zlarni uch turkumga ajratadi: ismlar, fe'llar va harflar. Yordamchi 
so'zlar va qo`shimchalarni u harf termini bilan ataydi. 
Uning o'sha davr fonetikasiga bergan izohlari turkiy tillar fonetikasi uchun qimmatlidir. U 
«Devon»da fonetik qonunlarning tovush almashinuvi, tovush tushishi, tovush orttirilishi kabi 
ko'rinishlarini batafsil izohladi. 
Mahmud Qoshgariy o'z asarida asarida tovushlar garmoniyasi masalasiga alohida e'tibor 
berdi va shu nuqtai nazardan so'zlarni ikki guruhga ajratadi: qattiq so'zlar va yumshoq so'zlar. Qattiq 
so'zlar til orqa tovushlaridan tarkib topsa, yumshoq so'zlar til oldi tovushlardan tarkib topgan. So'zga 
qo'shiladigan qo'shimchalar shu so'z tarkibidagi tovushlarga moslashadi: qattiq so'zga 
qtfshimchaning qattiq varianti, yumshoq so'zga esa qo'shimaning yumshoq varianti qo'shiladi. 
Masaian, sifatdosh qo'shimchasining -gan varianti qattiq so'zlar, -gan varianti esa yumshoq so'zlarga 
qo'shiladi: bargan, kelgan kabi. 
Mahmud Koshg’ariy qattiq va yumshoq so'zlarni farqlashda ko'rsatkichlardan foydalanishga 
harakat qiladi. Masalan, tarkibida 
q
yoki 
g
tovushi kelgan so'zlarni u qattiq so'zlar guruhiga, tarkibida 
k
yoki 
g
tovushi kelgan so'zlarni esa yumshoq so'zlar guruhiga kiritadi. 
Mahmud Koshg’ariy turkiy xalqlar madaniyati va fani tarixida alohida o'rin tutadi. U turkiy 
filologiya fanini yaratgan olimlardan biri va birinchisidir. 
Mahmud Koshgariyning «Devonu lugotit'turk» asarii faqat tilshunoslik asari bo'lib 
qolmasdan, o'z davrini qomusidir. Chunki unda turli xalqlarning tarixi, jo'grofiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli, urf-odatlari, tabiiy sharoiti, etnografiyasi, adabiyoti haqida qimmatli materiallar mavjud. 
M.Koshgariy tomonidan berilgan ma'lumotlar hozirgi tillarni ffrganishda va ularning qiyosiy-tarixiy 
grammatikasini yaratishda qimmatli manba bo'lib qoladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə