Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Lotin yozuvi
. Lotin yozuvining etrusk yozuvidan kelib chiqqanligi (eramizdan 700 yilda 
oldin), keyinchalik grek yozuvi asosida takomillashtirilgani mutaxassislar tomonidan e'tirof etilgan. 
(Etrusk yozuvidagi 9000 mingdan ortiq yodgorlik topilgan. Ular eramizdan oldingi VI-I asrlarga oid) 
Lotin yozuvi dastlab o’ngdan chapga, keyinchalik esa chapdan o’ngga qarab yozilgan.
Lotin yozuv dastlabki vaqtda juda kichik hududda, qadimgi Rimda qo’llangan, keyinchalik 
Rim bilan aloqada bo’lgan hududlarga ham keng tarqalgan. Ushbu yozuvda bitilgan adabiyotlar 
xristianlikni targ’ib qilish maqsadida Irlandiyaga olib borilgan va shu asosda irlandlarning milliy 
yozuvi shakllantirilgan. Irland yozuvi asosida Britaniyada ingliz alifbosi yaratilgan. Taxminan VIII 
asrlarda lotin yozuvidagi ispan alifbosi tuzib chiqilgan.
1500 yillar atrofida Italiyada kitob chop etish yo’lga qo’yilgandan keyin lotin alifbosining 
shakli ancha takomillashtirildi. Alifboning takomillashgan ko’rinishi Italiyadan Frantsiyaga, 
Frantsiyadan Buyuk Britaniyaga, XVIII arda esa Germaniyaga o’tdi. XIX asrga kelib lotin 
alifbosidagi bir harf bir tovushni ifodalashga moslashtirildi
2
.
Yigirmanchi asrning boshlarida turkiy xalqlarning ziyolilari, mutaxassislari qizg’in bahs-
munozaralardan keyin lotin alifbosini o’z tillari tovush xususiyatlariga moslab olish yo’lini tanlashdi. 
1926 yilda Bokuda o’tkazilgan turkiyshunoslarning qurultoyida turkiy xalqlarning yozuv 
muammolari ham muhokama qilinib, lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Shu 
sababli turkiy xalqlar yigirmanchi asrning o’ttizinchi yillaridan lotinyozuviga o’tishdi. Sobiq ittifoq 
hududidagi turkiy xalqlar 1940 yillargacha lotin yozuvidan foydalanishdi. 
O’zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston respublikalari mustaqil bo’lgandan 
keyin o’zbek, ozarbayjon, turkman, qozoq tillari uchun yana lotin alifbosi joriy etildi.
Ushbu yozuvning kelib chiqishi haqida ko’plab tadqiqotlar yaratilgan
3

Kirill yozuvi. 
Tarixdan ma'lumki, Sibir, Kavkaz, Volga bo’ylari va Markaziy Osiyoni 
Rossiya bosib olib, ushbu hududlarda yashayotgan xalqlarni, jumladan turkiy xalqlarni ham chorizm 
o’z hukmronligi ostiga olgan. Ushbu hududlardagi xalqlarni to’la o’ziga bo’ysundirmoqchi bo’lgan 
chorizm ma'murlari bir necha marta ularni arab alifbosidan rus yozuviga o’tkazishga harakat qilgan. 
1909 yilda esa Rossiya tarkibiga kiruvchi xalqlarni rus yozuviga o’tkazish to’g’risida podshoning 
maxsus farmoni chiqqan.
Yigirmanchi asrning boshlarida hukumat bolsheviklar qo’liga o’tgandan keyin bunday 
harakat yanada kuchaydi. Zimdan turkiy xalqlar alifbolarining kamchiliklari to’g’risidagi masala kun 
tartibiga qo’yildi, tildagi tovushlarni ifodalashda rus yozuvining katta imkoniyatlari xususidagi 
maqolalar chop etildi. Biroq u davrdagi vaziyat to’g’ridan to’g’ri rus alifbosiga o’tishni ko’tarmasdi.
1930 yillarning oxirlaridan sobiq ittifoq tarkibidagi barcha turkiy xalqlar majburiy ravishda 
rus yozuviga o’tkazildi. Ushbu alifboni joriy etishda turkiy tillarning o’ziga xos tovush xususiyatlari, 
tarixi hisobga olinmasdan, milliy tillarni yo’qotish asosida kelajakda yagona til yaratish tamoyili 
asos qilib olindi. Turkiy xalqlar ushbu yozuvdan sobiq SSSR parchalangunga qadar foydalanishdi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə