Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Muhammad Xoksorning «Muntaxab-al-lug'at» asari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Muhammad Xoksorning «Muntaxab-al-lug'at» asari
. Muhammad Rizo Xoksor 
«Muntaxab~al-lug'at» («Saylanma lug'at») asarini 1798-99 yillarda yaratdi. Asar izohli lugatlar 
seriyasiga kiradi. 
Asarning kirish qismida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan lugatlar to'g'risida ma'lumot 
berar ekan, bu asarlarda yo'l qoyilgan kamchiliklarni

ayrim so'zlarning ularda noto'g'ri izohlanganini 
ko'rsatib o'tadi. 
Lug'at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha 
so'zlar, ikkinchi qismida esa forscha-tojikcha va eskirgan o'zbekcha so'zlar izohlanadi. «Muntaxab-
ul-lug’at»da hammasi bo'lib 2400 so'z berilgan, 
Xoksor lug'atining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, unda so'zlarning to'g'ri 
(asosiy) ma'nosi bilan bir qatorda, ko'chma (hosila) ma'nolariga ham izoh beriladi. 
Lug'atda so'zlar arab alifbosi tartibida so'zning birinchi tovushiga (harjiga) qarab 28 bobga 
taqsimlanadi. Har qaysi bobda so'zlar oxirgi tovushga (harfga) qarab guruhlanadi. Masalan, alif bilan 
tugaydigan so'zlar, be bilan tugaydigan so'zlar, te bilan tugaydigan so'zlar kabi. 
Fath Alixon Kojariy lug’ati.
Bu lug'at XIX asrning o'rtalarida (1857-1858 yillarda) 
yaratilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan yuksak baholangan. Rus turkologi A.A,Romaskevich bu 
lugat bo'yicha maxsus tadqiqot olib bordi. 
Asarning kirish qismida chig'atoy (eski o'zbek) tili va Alisher Navoiy asarlari to'g'risida 
ma'lumot berilgan. Asarning lug'at qismi uch bo'limdan iborat: 1) o'zbekcha-forsclui lug'at; 2) 
«Maboni-ul-lug'at» asarining muallijl Mirza Mehdixon tushunmagan so'zlar izohi; 3) Alisher Navoiy 
asarlarida ishlatilgan ba'zi forscha so'zlar izohi. 
Fath Alixon Kojariyning lug'ati so'z ma'nolari izohlarining puxtaligi, Alisher Navoiy va 
boshqa shoirlarning asarlaridan keltirilgan misollarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Lug'atda 
hammasi bo'lib 8000 ga yaqin so'z izohlangan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə